Reja: Veb texnologiyaga kirish. Asosiy tushunchalar


Download 55.64 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi55.64 Kb.
#1477747
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MA’RUZA. WEB dasturlashga kirish. Asosiy tushunchalar. WWW rivojlanish bosqichlari.

1-MA’RUZA. WEB dasturlashga kirish. Asosiy tushunchalar. WWW rivojlanish bosqichlari.


Reja:

  1. Veb texnologiyaga kirish. Asosiy tushunchalar.

  2. WWW ning rivojlanish bosqichlari.

  3. Klient-server texnologiyalari, internet protokollar.

  4. Veb ilovaning tarkibiy qismlari. Frontend va backend texnologiyalar.

  5. Web-sahifa, Web-sayt, Web-server.

  6. Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML.


Kalit so’zlar: Web-sahifa, Web-sayt, Web-server, HTML, XML, XHTML, WML, klient-server web-sahifa, web-sayt, web-server
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server.
Web-sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi xujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali xujjatlar, boshqa xujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin.
Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi.
Biz Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi servisdan foydalanamiz.
World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgemchak to’ri) – bu klient-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir.
Web-texnologiya klassifikatsiyasi

Razmetkali tillar: HTML, XML, XHTML, WML.
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz.
Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga "ma’lumotlarni joylashtirish" va ular orasidagi aloqani (giperssilkalar) ta’minlashdan iborat.


Download 55.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling