Reja: Xotira-bu muqaddas insoniy fazilat


Download 29.1 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi29.1 Kb.
#227580
Bog'liq
2 5309804008607581835


Abdumanonov Bahromjon. 7-a sinf o’quvchisi

Xotira- muqaddas tuyg’u

Reja:


1.Xotira-bu muqaddas insoniy fazilat.

2.Inson, xotira bilan tirik, qadr bilan aziz.

3.Xotira va qadr so’nmas qalblardagi shiroq.

Tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l, o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi Ona tuprog’i uchun, aziz halqi uchun kurashib va mana shu jasorat va mardlik yo’lida, yurti va eli uchun jonini fido aylab halok bo’lgan sheryurak insonlar, yorug’ yuzli yaxshi insonlardir. Garchi vatan uchun jon bermoq ham, baxtning bir timsolidir. Hayot va hayol yo’lida tarixga bir nazar tashlasak, yurtdoshlarni ulkan tarixini ko’rishimiz mumkin. Xotirasiz kelajak yo’q deganlaridek, har doim ulug’vor tariximizga nazar tashlamog’miz joiz. Bamisoli bu uzun o’tmishimizni ulkan hayot izlari deb nomlasak, bu yerda fidoiylik, yaxshlik, mardlik va shu kabi ezgu xislatlarga ega insonlar o’rin olgan.

Ikkinchi jahon urushi yillaridagi, bu xalqparvar insonlarni biz To’maris, Shiroq, Amir Temur , Jaloliddin Manguberdi va shular kabi buyuk ajdodlarimiz yo’lidan borgan elparvarinsolar deb bilamiz.

Albatta urush yillari zahmatli kechgan bo’lsada, o’zbek xalqi bir-birini qo’lini qo’yub yubormagan, bag’rikeng xalq bo’lganligi sababli ham o’zga millat farzandlarini ham boqib olib, ”Sen yetim emassan” deya mehr qo’lini uzatgan. Xalqimiz mehr oqibatli bo’lganligi bois ham bu urushda ahilik va sabr bilan yo’l tutgan.

Inson xotira bilan tirik qadr bilan azizdir.

Xalqparvar, yurtparvar ajdodlarimiz urush yillarining fidoiylari, qalbimizda ,xotiramizda mangu yashaydi va biz avlodlarga vatanga bo’lgan muhabbat ruhini qalbimizda uyg’otadi, garchi biz kelajak

avlod ham yaxshi, buyuk ajdodlarimizdek bulishimiz joizdir.Shu bois, bizning qonimizda buyuklar qoni oqmoqda. Men urush yillarining fidoyi, elparvar xotirasiga bag’ishlab,shunday degim keladi:

Tarixga biz agar nazar tashlasak,

Ko’ramiz yurtiga fidoyi jonlar,

Xotira-yu qalbda mangu yashaysiz



Siz ila avlodlar gurilla porlar.
Shukronalik kunlari, mana shu kunlar sanalur, sababi oq kaputarlar samoviy osmonimizda tinchlik kuyini baralla kuylaydi. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz tinch, davlatimiz ham tinch. Xotira-bu muqaddas fidoiy insonlar-u, buyuk ajdodlarimiz xotirasi davlatimizda mangu so’nmas shiroq bo’lib, mangu porlaydi. Biz faxr bilan shuni ham ayta olamanki: Bobom Qodirov Abdulbosit, Ataxo’jayev Toshxoja, Raximov A. domla, Murodov Jalolhon, Razzokov N. kabi Kosonsoylik bobolarimiz ham, ikkinch jahon urushida qatnashib, jonbozlik ko’rsatganlar. Bobom Qodirov Abdulbosit 1944 yil Stalingrad jangida, ayanchli urushda, bir oyoqlaridan ayrilib keldilar. Bobomni qay darajada jonbozlik ko’rsatganlklari haqida onam doim bizga faxr bilan so’zlab beradilar. Bu bobokalonlarimizni xotirasi qalbimizda mangu yashaydi.

Download 29.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling