1. Diqqat xajmi Diqqatning boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash
Download 34.78 Kb.
|
Diqqat xajmini o’lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat haqida tushuncha.
- Diqqatning nerv-fiziologik asoslar.
- Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat , ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
Diqqat haqida tushuncha. DIQQAT – psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli bo`lgan ob’ekt ustida to`planishdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o`z diqqatini etishish faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo`ladi. O`quvchining biror boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zexn qo`yib o`tirishida uning diqqatini yo`nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo`llab – quvvatlash ham tushuniladi. Diqqat psixik faoliyatining yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishini taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi – mazkur faoliyatga xech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalgitish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi ko`pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Diqqat xar qanday faoliyatning muxim shartidir. Diqqatsiz xatto eng oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mexnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, o`qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega. K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o`tib kiradi», - deb yozgan edi. O’quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo’ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko’rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to’planishi kuchli bo’lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o’zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o’qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to’planishi juda kuchli bo’ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o’tirgan o’quvchi ba’zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to’planishi kuchli bo’ladi. Diqqatning nerv-fiziologik asoslar. Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha orientirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko`zgolishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog`liqdir. 1.I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv prosesslarining induksiyasi qonuni diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muxim ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofik bosh miya po`ustining bir joyida paydo bo`lgan ko`zgolish bosh miya pustining boshqa joylarida tormozlanshni yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`olishni paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning xar bir onida miya pustida qo`zgolish uchun optimal, ya’ni nixoyatda qulayligi bilan xarakterlanuvchi kuchli qo`zg`alish o`chogi mavjud bo`ladi. Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zgalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir, bu esa ob’ekt uchun ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. har qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo’lsa tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek «bu nima» degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. 2.A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINONTA prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. SHu dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo`zgolishning xar doim ustun turadigan xukmron o`chogi ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zgolishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zgolishlarga nisbatan uning xukmronligi yanada oshadi. Odatda dominonta subdominontaga, subdominonta esa dominontaga o`tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko`chib turishining nerv fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, Pavlov bilan Uxtomskiy ta’limotlari bir – biriga qarama – qarshi emas, balki mazmun jixatdan o`xshashdir. Jiddiy diqqat, odatta o`ziga xarakterli bo`lgan tashki ifodalar bilan bog`liq bo`ladi, narsani yaxshilab idrok qilishga karatilgan xarakatlar bilan /tiqilib qarash, diqqat bilan eshitish/, ortiqcha xarakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xarakterli bo`lgan yuz xarakterlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat. Diqqat uch turli bo`ladi: ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiklashgan diqqat. Download 34.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling