Renessans ta’lim universiteti Pedagogika psixologiya yo’nalishi


Download 28.05 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi28.05 Kb.
#1577939
  1   2   3   4
Bog'liq
Karimov Shuhrat


Renessans ta’lim universiteti
Pedagogika psixologiya yo’nalishi
302-guruh talabasi
Karimov Shuhratning
Tarbiya diagnostikasi fanidan
Tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Validlik- psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida validlikning asosiy turlari
Reja:
1.Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari.
2.Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari.
3.Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi.



1.Validlik – psixodiagnostik metodikalarning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida validlikning asosiy turlari va ularni aniqlash usullari
1. Validlik atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.
2. Nazariy validlik– qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya'ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
3. Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi.
4. Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi.
5. Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi.


 Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo‘lishi hamda natijalarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun tadqiqotda qo‘llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak, bunda metodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik va aniqlik. Endi har bir talabni alohida ko‘rib chiqamiz.
«Validlik» atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.
Metodikaning validlik tavsifi ushbu metodika orqali haqiqatdan ham psixologik sifatni o‘lchash mumkin, degan xulosadan tashqari uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohani va uning sharoitlari haqidagi ma'lumotlarni ham o‘ziga qamrab oladi.
Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir necha turi borligini va ularning har birini alohida ko‘rib chiqish hamda baholash zarurligini qayd etamiz. Validlik – nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.
Nazariy validlik – qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya'ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
Nazariy validlik bitta nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‘rsatkichlarni korrelyatsiyasi bilan tekshiriladi.
Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining xarakterini qo‘llanilgan metodika yordamida baholasak, ushbu odamning hayotdagi xarakter ko‘rinishining qo‘llanilgan metodikadan olingan ko‘rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‘ladi.
Empirik validlik mezonlari bo‘yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.
Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman butunlay biz o‘rganayotgan xususiyatni o‘lchay olmasa, u holda ushbu metodika ichki validli emas yoki ichki validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi.
Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi.
Metodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda murakkabdir. Odatda metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika uzoq muddat qo‘llanilgandan so‘ng u haqida xulosa chiqarish mumkin, chunki Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan validlikning to‘rt turi ham tekshirilishi zarurdir.
Validlikning turlaridan tashqari uning mezonlarini bilish ahamiyatga molikdir:
A) Xulqiy ko‘rsatkichlar – sinaluvchining har xil hayotiy voqeliklardagi reaktsiya va xatti-harakatlari;
B) Sinaluvchining faoliyatidagi Yutuqlari: o‘quv, ish, ijodiy va hokazolar;
V) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida ma'lumotlar;
G) Boshqa metodikalar yordamida olingan ma'lumotlar – validlik tekshirilayotgan metodikaning boshqa metodika bilan bog‘liqligining etarli darajadaligi.

Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling