Rentgen nurlari va uning difraksiyasi


Download 94.45 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi94.45 Kb.
#1740558
  1   2   3
Bog'liq
Rentgen nurlari va uning difraksiyasi

Rentgen nurlari va uning difraksiyasi


Reja:



  1. Rentgen nurlarining kashf etilishi

  2. Rentgen nurlari va uning difraksiyasi

Xulosa

1. Rentgen nurlari va uning difraksiyasi


O‘tgan asr oxirida Germaniyadagi Vyursburg universiteti professori V.Rentgen gazlarda elektr razryadi ustida tajribalar o‘tkazdi. U ikki kavsharlangan elektrodga ega bo‘lgan, atmosfera bosimiga nisbatan ~10-5 bosimgacha havosi so‘rilgan shisha trubkani ishlatdi. Elektrodlarga yuqori kuchlanish berilganida anod (musbat elektrod) atrofidagi shisha sarg‘ish-yashil yorug‘lik bilan yorug‘lana boshlangan. Bu yorug‘likni fiziklar katod nurlari deyiladigan nurlar ta’siri oqibati, deb tushuntirgan. Ularni katod nurlantiradi hamda u anodga va qisman trubka devoriga tushadi. Keyinroq, bu nurlar manfiy zaryadlangan zarralar-elektronlar oqimi ekanligi isbotlandi (10.1-rasm)
1895 yil noyabr oyi oqshomlaridan birida Rentgen laboratoriyada ishlayotib, ajoyib hodisani kuzatdi. Tajribalar o‘tkazish uchun u razryad trubkani oddiy yorug‘likni o‘tkazmaydigan qora qog‘ozga o‘radi. Xona qorong‘i edi, bu olimga trubkaga yaqin joyda yotgan bariy tuzi kristallari kuchsiz yorug‘lik chiqarayotganini payqashga imkon berdi. U trubkadagi kuchlanishni uzganda yorug‘lanish yo‘qoldi. Shundan keyin Rentgen bariy tuzi bilan qoplangan ekranni trubka yaqiniga o‘rnatdi. Ekran yorug‘landi. Olim trubka bilan ekran orasiga turli buyumlarni joylashtira boshladi. Karton, qog‘oz ebonit plastinka yorug‘lanish ravshanligiga ta’sir ko‘rsatmadi. Metall buyumlar ekranga soya tushirdi. Trubkaning moddadan o‘tib ketuvchi noma’lum nurlar manbai ekanligi ravshan bo‘ldi. Bu nurlarni Rentgenning o‘zi «X-nurlar» deb atadi, biz esa ularni Rentgen nurlari deymiz.



10.1-rasm. Rentgen trubkasining chizmasi. A-anod (suv bilan sovitiladi); K-katod.

X-nurlar yo‘liga tadqiqotchi o‘z qo‘lini qo‘ydi va ekranda qo‘l skeletning soya tasviri paydo bo‘ldi. Yumshoq to‘qimalar nurlanish uchun shaffof, suyaklar esa uni deyarli o‘tkazmas edi.


Olimning «Nurlarning yangi turi haqida» sarlavhali birinchi maqolasida Rentgen o‘zi kashf qilgan nurlar xossalarini tavsifladi, bu maqola butun dunyoni aylanib chiqdi va keyin barcha Yevropa tillarida alohida kitobcha shaklida bosildi.
Ammo, Rentgen sirli nurlar tabiatini tushuntirib bera olmadi. U elektronlarning mavjudligini bilmas edi, ana shu elektronlarning trubka shishasida tormozlanishi rentgen nurlar va ko‘rinadigan yashil yorug‘lik paydo bo‘lishining sababi edi. Zaryadli zarra modda ichiga uchib kirganda tormozlanadi va, o‘z tezligini yo‘qotadi va
Download 94.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling