Rentgen nurlari va uning difraksiyasi
elektromagnit to‘lqinlarini
Download 94.45 Kb.
|
Rentgen nurlari va uning difraksiyasi
elektromagnit to‘lqinlarini nurlantiradi. Rentgen nurlar to‘lqin uzunligi diapazoni dan gacha oraliqda yotadi. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasida ular ul’trabinafsha nurlanish va gamma-nurlanish orasidagi joyni egallaydi. Tormozlovchi elektronlar dastasi turli to‘lqin uzunlikka () ega bo‘lgan to‘lqinlarni nurlantiradi. Bu to‘lqinlar uzluksiz rentgen spektr tashkil qiladi, lekin, bundan boshqa ning muayyan qiymatlariga ega bo‘lgan to‘lqinlar guruhiga tegishli ayrim spektral chiziqlar ham mavjud bo‘ladi. Ularning tabiati quyidagicha: tushayotgan zarralar atomni ionlaydi va hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarga yuqoriroq energiya sathlaridagi elektronlar o‘tadi. Bunda muayyan energiyali kvant nurlantiriladi. Bo‘sh sath atomning tashqi elektronlar qobig‘ida hosil bo‘lganda ko‘rinadigan yorug‘lik yoki ultrabinafsha nurlar kvanti nurlantiriladi, bo‘sh sath ichki qobiqda hosil bo‘lganda esa kattaroq energiyali va mos ravishda kichikroq to‘lqin uzunlikli kvant, ya’ni rentgen kvant nurlantiriladi. Bu nurlanish elektronlar dastasi bombardimon qilayotgan anod materialini xarakterlaydi. Shuning uchun u xarakteristik nurlanish deyiladi.
1962 yilni rentgen astronomiyasi to‘g‘ilgan yil, deb hisoblash mumkin. Yadro nurlanishlari detektorlari dastavval raketalarda, keyin esa sun’iy yo‘ldoshlarda kosmosga ko‘tariladi. Quyosh va yulduzlarning yer atmosferasidan o‘ta olmaydigan rentgen nurlanishi o‘rganildi. Ko‘p kosmik obektlar – rentgen nurlarini nurlantirgichlar kashf qilindi. Lekin rentgen pulsarlarining aniqlanishi bu sohadagi eng katta kashfiyot bo‘ldi. Olimlar bunday pulsarni ikki yulduzdan iborat sistema, deb tasavvur qiladilar, ularning biri neytron yulduzdir. Neytron yulduzning radiusi atigi 1030 km, massasi esa yulduzlar massasicha, binobarin, unda moddaning zichligi 10111015 g/sm3. Zichlik bunday bo‘lganida elektronlar yadrolarga «tiqilgan» va protonlar bilan birga neytronlar hosil qiladi. Ikkinchi yulduz, odatda, gazsimon yulduzdir. O‘zaro harakat jarayonida neytron yulduz o‘z yo‘ldoshining moddasini «tortib» oladi va uning sirtini, rentgen trubkasidagi anod singari, zarralar bombardimon qiladi. Mana shu sabab nurlanishni vujudga keltiradi. Bu nurlanish, sistema (juda katta tezlik bilan) aylanayotganligi va u bilan birga «rentgen projektori»ning gigant nuriga aylanganligi sababli, vaqt bo‘yicha Download 94.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling