Respublikada qon bilan ishlash xizmati


Download 0.57 Mb.
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1806290
Bog'liq
tadbir


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 3-TTJDA YASHOVCHI TALABALAR O’RTASIDA
Talabarning ta’lim jarayonidagi ijtimoiy adaptatsiya bilan bog’liq muammolar diagnostikasi”
mavzusidagi davra suhbati
Tadbir: Respublikada qon bilan ishlash xizmati
6.01.2023
Tadbir tashkilotchisining F.I.Sh., lavozimi – .U.Raxmanova Ch.I.Maxmudova
” Talabarning ta’lim jarayonidagi ijtimoiy adaptatsiya bilan bog’liq muammolar diagnostikasi”mavzusida ma’ruza.
Ma’ruzachi: D.U.Raxmanova
2.Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhitni o’rganish bo’yicha so’rovnoma o’tkazish.
Metodikani o’tkazuvchi psixolog: D.U.Raxmanova
Eshitildi: Adaptatsiya moslashuv – organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; sezgi a’zolarining oʻziga ta’sir etadigan qoʻzgʻatuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining oʻzgarishi. Qoʻzgʻatuvchining ta’sir kuchi oʻzgarishi bilan sezgirlik ham oʻzgaradi. Qoʻzgatuvchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi. Adaptatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (koʻrish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Har bir kishining turli yashash sharoitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sogʻligʻi va boshqalarga bogʻliq.
Bugungi kunda oliy ta’limga qadam qo’ygan birinchi kurs talabalarining universitet sharoitlariga va birinchi navbatda, psixologik nuqtai-nazardan, oliy ta'limning butun tuzilishiga oson moslasha olmasliklari muammosiga duch kelinmoqda va bu o’z navbatida birinchi kurs talabalarini oliy o’quv yurtlarida o'qish uchun moslashtirish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan biriga aylanmoqda, chunki kelajakdagi mutaxassisning kasbiy faoliyati va shaxsiy rivojlanishi moslashuv jarayonining muvaffaqiyatli kechishiga bog'liqdir. Ko'plab birinchi kurs talabalar o'zini o'zi rivojlantirishda, o’qish jarayoniga moslashishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ushbu muammoni hal qilish uchun talabalarning ta’lim jarayoniga moslashishini amaliy va nazariy bilimlarga tayanib talabalarni kuzatgan holda va ular bilan yaqindan muloqotda bo’lish o'rqali amalga oshirish zarur. Shunda talabalardagi oliy ta’limda moslashishning psixologik to'siqlarni yengish imkonini beradi. Avvalambor ushbu maqolada adaptatsiya so’zini izohlab ketadigan bo’lsak, Moslashish (adaptatsiya) - bu munosabatlarning tabiatini o'zgartirish, o'quvchining ta'lim muassasasidagi o'quv jarayonining mazmuni va uni tashkil etilishiga munosabatidir. Aqliy moslashuv inson yoki guruhning faoliyati bilan bog'liq bo'lib, atrof-muhitga moslashish yoki o’ziga atrof-muhitni moslashtirish jarayonlarining o'zaro ta'siri sifatida tushiniladi. Psixologiyada "moslashish" atamasi obyektiv atrof-muhit omillari ta'siri ostida shaxsning psixikasini qayta tuzishni, shuningdek, insonning turli xil atrof-muhit talablariga ichki noqulaylik sezmasdan va atrof-muhit bilan ziddiyatsiz moslasha olish qobiliyatini anglatadi. Bu moslashuv hodisasining protsessual tomonini, hayvonlaming moslashuvidan farqli o'laroq, qiyinchiliklarni yengib o'tish yoki ma'lum shaxsiy xususiyatlarning shakllanishi, masalan, kasbiy fazilatlarning yuzaga kelishida namoyon bo’ladi.


2.Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhitni o’rganish bo’yicha so’rovnoma o’tkazildi.So’rovnomada talabalarning yashash joylarida maishiy sharoitlarni (yuvinish xonasi, oshxona, hojatxona va h.k.), TTJ madaniy sharoitlarni (ma’naviyat xonasi, kutubxona, dam olish xonalari va h.k.), TTJ ma’muriyati bilan bo‘lgan munosabatlaringiz (bino mudirasi, tarbiyachi, qorovul), Fakultet rahbariyatining TTJ da ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishi, Fakultet ma’muriyatining TTJ hayotidagi ishtiroki haqida o’tkazildi.


Universitet psixologi: D.U.Raxmanova
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling