Respublikaning Sanoat majmuasi Sanoat


Download 1.79 Mb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1438322
  1   2   3   4
Bog'liq
1 guruh. Sanoat

Respublikaning Sanoat majmuasi

Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, yetakchi tarmog‘idir. Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral, o‘simlik va hayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyyorlanadi


Sanoat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishida band. O‘zbekiston sanoatida 1,6 millionga yaqin xodim ishlamoqda. Ulardan 650 ming nafari oliy, 950 ming nafardan ortig‘i o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli xodimlardir.(2019- yil)
2022 yilning yanvar-iyun oylarida jami 5 514,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 110,4% ni (3-o‘rin), respublikadagi ulushi 2,2% ni (12-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Mirzaoobod (122,1%), Sirdaryo (117,4%) tumanlari va Shirin (114,8%) shahrida qayd etilgan bo‘lsa, Yangiyer (93,2%) shahrida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.
Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 62,6 foizi Shirin shahri (41,4%) va Sirdaryo (21,2%) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.
YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 27,2% ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,6 punktga kamaygan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 6 246,5 ming so‘mni (5-o‘rin), o‘sish sur’atlari 108,1% ni (4-o‘rin) tashkil etdi.
Shirin (119 487,2 ming so‘m), Yangiyer (5 819,2 ming so‘m) shaharlari va Sirdaryo (8 793,6 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Sardoba (732,4 ming so‘m) va Xovos (1 094,2 ming so‘m) tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling