Reyganomika siyosati


Download 0.63 Mb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1478764
  1   2
Bog'liq
Мусайбекова Жадыра,Мехнат

Xorijda ish haqini tashkil etish va tartibga solish

Bajardi:

Musaybekova Jadira

Reja:


Xorijda ish haqini tashkil etish tizimi.
AQSH da ish haqi to’lash tartibi
Xorijda ish haqini tashkil etish shakllari
Ish haqi korxona, muassasa, tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati uchun to’lashi shart bo’lgan haq shaklidir. Ish haqi asosiy va qo’shimcha qismlardan iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar muayyan muddatga belgilangadi, hamda ish yomonlashgan taqdirda (mehnat sharoiti uchun to’lanadigan haqda tashqari) bekor qilinadi.
Haq to’lashning qaysi tizimini: tarif stavkalari, maoshlar, tarifsiz tizimni asos qilib olishni korxonaning o’zi mustaqil ravishda hal qiladi. Ish haqining funktsiyalari va uni tashkil etish tamoyillari. Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funktsiya (vazifa)larida namoyon bo’ladi:
.
.
1.Takror hosil qilish funktsiyasi. Mazkur funktsiya ish haqining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror hosil qilishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir.
4.Joylashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda.
2.Rag’batlantiruvchi funktsiya. Xodimni o’z mehnati, natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim
3.O’lchov-taqsimlash funktsiyasi. Bu funktsiya iste’mol fondlarini yollanma xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan.
5.Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funktsiyasi
Ish haqi tizimi va ularni tavsiflash.
Ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o’lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) dan foydalaniladigan bo’lsa, u holda mehnatga haq to’lashning ishbay shakli tushuniladi. Agar bunday o’lchov sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi
.
Vaqtbay haq to’lashda mehnatning asosiy normasi qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo’lib, bunda xodimning mehnat vazifalari ko’rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o’rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalari ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to’lasho’lchovi-tarif stavkasidir.
Ishbay haq to’lashda asosiy mehnat normasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish normasi namoyon bo’ladi. Bu norma ham qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatidan kelib chiqib hisoblanadi. Xodimning asosiy mehnat vazifasini-normani bajarganligi uchun u tarif stavkasi miqdorida ish haqi oladi. Agar bu norma bajarilmasa yoki oshirib bajarilsa, xodimga to’lanadigan haq tegishli ravishda tarif stavkasidan kam yoki yuqori bo’ladi.
Iqtisodiy mohiyat nuqtai nazaridan, ish haqining ishbay va vaqtbay shakllari o’rtasida unchalik katta farq yo’qday tuyuladi: ularning har ikkalasi ham mehnat bozori tomonidan belgilangan ish kuchi (mehnat xizmati) bahosi va qonun bilan belgilangan ish vaqti muddatiga asoslanadi. Biroq, iqtisodiy adabiyotlarda vaqtbay haq to’lash shakli birlamchi, ishbay haq to’lash shakli undan paydo bo’lgan hosila haq to’lash shakldir, degan fikrni uchratish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ish haqining xilma-xil tizimlari qo’llaniladi.
Bu tizimlarning hammasi mehnatga haq to’lashning keng tarqalgan asosiy ikki turi-ishbay va vaqtbay haq to’lashga asoslanadi. Ishbay haq to’lash shakli yaqin o’tmishda ham ko’pgina korxonalarda keng qo’llanib kelingan, u vaqtda mashina-qo’l mehnati va qo’l mehnati ustunroq bo’ladi.
Xuddi shu davrda mehnatni normallash keng joriy qilinib, normalarning ancha zo’r berishni talab qiladigan mashhur Teylor tizimi vujudga kelgandi.
.
Biroq, sanoatda ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va ayniqsa, avtomatlashtirishning rivojlanib borishiga ko’ra ish haqini tashkil etishning ishbay shakli asta-sekin o’rnini vaqtbay shaklga bo’shatib bera boshladi.
Hozirgi vaqtda mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli va uning tarkibiga kiruvchi vaqtbay–mukofotli shaklining salmog’i AQShda qariyb 70%, Buyuk Britaniyada taxminan 60%, Frantsiyada 80%ni tashkil etadi
Ishchilar mehnatiga haq to’lashning xorijdagi asosiy tizimlarini tarixiy izchillikda quyidagi guruhlarga kiritish mumkin. Ana shunday tizimlarning birinchisi mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi bo’lib, uni mashhur muhandis-tashkilotchi F.Teylor asrimiz boshlarida ishlab chiqqan
Ish haqi kamida har yarim oyda bir marta, ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar boshqacha bo’lishi ham mumkin. Ish haqi to’lashning avans avans va avanssiz tartibi mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Avans miqdori ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida kelishuv asosida belgilanadi. Avanssiz hisob-kitobda oyning birinchi yarmi uchun ish haqi amalda ishlab chiqarilgan mahsulotga qarab to’lanadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling