Rivoyat qilishlaricha


Download 22.04 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22.04 Kb.
#227739
Bog'liq
Bilasizmi


 Bilasizmi…

Xorijda shoir ijodi haqida koʻp ishlar qilingan. Xususan, Yevropa, Amerika va Sharq davlatlarida, xususan, Turkiyada bir qancha izlanishlar olib borilgan.
Navoiyni jiddiy oʻrganish jarayoni Yevropada XIX asrdan boshlangan. Masalan, 2003 yili Germaniyada “Alisher Navoiy” nomli toʻplamdan Navoiy ijodi, uning shaxsiyati va Temuriylar muhiti boʻyicha nemis va ingliz tillarida yozilgan maqolalar, Barbara Kellner Xenkel, Yurgen Paul, Klaus Shonig, Erika Tauvbe, Klaudya Romer, Mark Kirshner, Zigrid Klaynmixel va Yoaxim Girlishs kabi germaniyalik olimlarning tadqiqotlari oʻrin olgan. Mazkur tadqiqotlarda Navoiyning oʻz davri madaniy muhitidagi muhim oʻrni koʻrsatilgan. Xorijlik mutaxassislar Navoiy ijodini u yashagan muhit, xususan, Husayn Boyqaro davri muhiti bilan bogʻlab oʻrganishadi. Bu davrga ular Sharq Uygʻonishi davri sifatida qarab, adabiyot, tarix, sanʼat, meʼmorchilik sohalarining rivojlanishini Navoiy faoliyati bilan bogʻliqlikda koʻrishadi. Shoirning hunarmandchilik, arxitektura yodgorliklari, oʻsha davrda amalga oshirilgan turli obodonlashtirish ishlariga qoʻshgan hissasini, ayniqsa, yuqori baholashadi.
Navoiy ijodi boʻyicha tadqiqot olib borayotgan olimalardan biri kanadalik Mariya Sabtelnidir. U 1979 yilda Garvard universitetida “Husayn Boyqaro saroyidagi adabiy muhit va uning siyosiy xususiyati” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Keyinchalik olima Navoiy ijodi boʻyicha bir qancha maqolalar yozgan. Mana shu maqolalar va Temuriylar davridagi adabiyot va sanʼatga doir barcha materiallarini toʻplab, 2007 yili Niderlandiyada “Temuriylar oʻtish davrida” degan kitob chiqargan.
Turkiyalik adabiyotshunos Yusuf Chetintogʻning “Alisher Navoiyning usmonli turk sheʼriyatiga taʼsiri” nomli 2006 yilda chop etilgan turkcha kitobi oʻzbek tiliga ham tarjima qilindi. Mazkur kitobda Navoiy gʻazallariga turk shoirlari taqlid qilib yozgan gʻazallar haqida soʻz ketadi.
Rivoyat qilishlaricha ,Alisher Navoiy hazratlari Samarqandda o‘qib yurgan kezlarida Buxoroyi sharifni ziyorat qilishni orzu qilibdilar. Samarqandda to‘xtab o‘tadigan karvonlarga qo‘shilib, bir guruh do‘stlari bilan Buxoroga yo‘l olibdilar.Karvon yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, Karmanadan o‘tib "Malik rabot" karvonsaroyiga kelib to‘xtabdi. Yo‘lovchilar dam olib, tuyalar va otlarini sug‘oribdilar. Meshlarni to‘ldirib suv olibdilar. Karvonda ketayotgan Navoiy hazratlari yon-atrofidagi cho‘l-u sahrolarni kuzatib, o‘yga tolibdilar. Malik robot va Sardobani barpo etganlar ruhiga tilovat qilibdilar.

“Qani endi, mening Farhodlarim, Shirinlarim shu bepoyon sahrolarga kelib, shu joylarni obod qilsalar, suv chiqarib, bog‘-rog‘lar barpo qilsalar, imoratlar, yo‘llar, masjid madrasalar, shifoxonalar barpo etsalar, sahrolar o‘rnida go‘zal bir yurt bunyod bo‘lsa,” deb orzu qilgan ekanlar Alisher Navoiy. Oradan asrlar o‘tib, Xudoning marhamati va bobomizning iltijolari, xalqimizning mehnati evaziga tilovat o‘qilgan joylar bog‘-rog‘ga aylanib, shoir nomiga “Navoiy” deb atalibdi.


Alisher Navoiyning 10 hikmati

  1. Kishining odobi uning boyligidan yaxshidir.

  2. Oxirat savobi dunyo rohatidan yaxshidir.

  3. Til zarbasi – tish og‘rig‘idan kuchliroq.

  4. Ko‘p toatdan–oz ma’rifat yaxshi, aqlli dushman axmoq do‘stdan yaxshiroqdir.

  5. Yomon do‘st – shaytondir.

  6. Til sukuti–inson salomatligi.

  7. Seni yomonlikka boshlagan kishi dushmaningdir.

  8. Kimki ko‘ngilni qattiq so‘z bilan jarohatlar ekan, unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi.

  9. Muloyim so‘z — vahshiylarni ulfatga aylantiradi; sehrgar — ohang bilan afsun o‘qib, ilonni inidan chiqaradi.

  10. Ko‘p, bemaza so‘zlaydigan ezma — kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshaydi. Tili yomon odam — xalq ko‘nglini jarohatlaydi, o‘z boshiga ham ofat yetkazadi.

Yangiqo’rg’on tumanidagi 30- sonli umumiy o’rta ta’lim maktab ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi Feruza Xasanova
Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling