Robototexnikani o’qitishda grafik usuldan foydalanishning afzalliklari


Download 396.62 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi396.62 Kb.
#1610454
Bog'liq
2-mavzu seminar


2-Mavzu:Robototexnikada grafik usuldan foydalanishda dasturlashning afzalliklari.

Hozirgi zamonda dasturlash tillarini o’rganish eng ommabop va mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy etishi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, buning uchun juda katta mashaqqat va ilm talab etiladi. Dasturlash tillarini ko’pchiligi bir-biriga o’xshab ketsada, undagi kutubxonalarni o’rganish va operatorlar nomlarini o’zlashtirish talab etilganligii sababli ma’lum qiyinchiliklar uchraydi. Bu dasturlash tillari maktab yoshidagi o’quvchilar uchun biroz murakkab hisoblanadi. Shuning uchun dasturlash masalasiga boshqacha usullar orqali yondashish talab etiladi. Bunda dasturlashning grafik usullaridan foydalaniladi, chunki istalgan inson bu usul orqali dasturlashni bemalol bajarishi mumkin. Bu bilan yosh avlodga dasturlashning boshlang’ich ma’lumotlaridan qanday maqsadda foydalanish mumkin ekanligini va dasturlash tillarining eng asosiy o’zagi hissoblangan algoritm tushunchasini singdirib olish va kelajakda biror dasturlash tilidan bemalol foydalanib keta olishini ta’minlash mumkin. Bu borada Rossiya, Estoniya va shunga o’xshash ko’p mamlakatlar tajribasida bu usul juda katta foyda bergan. Bu maqsadda ular bolalarga robototexnika mashg’ulotlarida turli robotlarning dasturlarini yozishlari uchun blok sxemalar ko’rinishidagi dasturlash usulidan foydalanib, bu usulni an’anaviy usuldan ko’ra ko’proq foyda keltirganligini aniqlashgan. Qandaydir ma’noda bu usul eskirgan usuldir, lekin ixtiyoriy mantiqiy fikirlashi bor inson bu usuldan foydalanib hech qanday sintaksis yoki kutubxonaga murojaat qilmay faqat bloklarni terish orqali dasturlashni amalga oshirishi mumkin va natijada hech bir xatoliksiz o’zi tergan dasturni matn ko’rinishiga o’tkazib mikrokontrollerga yuklay olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu usuldan Rossiyaning Robotrack bolalar robototexnika klubi foydalanadi. Arduino bazasidagi Trekduino mikrokontrolleriga dastur yozish uchun Arduino IDE dasturiga maxsus yaratilgan Grafik usulda blok sxemalar tuzishga mo’ljallangan dasturiy interfeysi foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi.
Misol tariqasida oddiy motorning masofadan boshqarish dasturini ko’rib chiqamiz: buning uchun kerakli bo’lgan dasturlarni internet orqali yuklab olamiz [1]. Bunda Robotrack IDE dasturi kompyuterga o’rnatiladi. Unda quyidagi rasmda ko’rsatilgan interfeys mavjud (1-rasm).





Blok sxemalar bo’limi


1-rasm Robotrack dasturining interfeysi.
Rasmdan ko’rinib turibdiki chap tomondagi ustunda berilgan bloklar jamlanmalaridan foydalanib dastur yoziladi yani har bir bo’lim ichida shu jamlanmaga oid bloklar kiritilgan. Misol uchun ushbu “логика” (mantiq) bo’limida mantiqiy amallarni bajarish uchun blok sxemalar joylangan.
Ish bajarish maydonida joylashgan “программа” deb nomlangan blok ichiga dastlab “установка” yani sozlamalar joylashtirilishi mumkin bo’lgan joyga bo’limlarni ichidan “IMBP” (infraqizil masofadan boshqaruv pulti) bo’limiga kirib u yerdan “ик пду настройка” deb nomlangan blokni olib joylanadi. Buni xuddi arduino IDE dasturining “Void setup” bo’limiga o’xshatish mumkin. Chunki xuddi shu bo’lim singari mikrokontroller bu dasturda infraqizil masofadan boshqarish pulti ishtirok etganini bilib oladi va dastur davomida bu bo’limga faqat bir marta murojat qiladi. So’ngra “Цикл” ya’ni dasturning asosiy mazmuni bo’lgan qanday ish bajarishini yozish uchun ajratilgan joyga ishning algoritmiga xos bo’lgan tarmoqlanuvchi algoritm operatoriga murojaat qiluvchi blokni “Управление” (boshqaruv) bo’limidan tanlab olinadi va “если/иначе” (“agar/aks holda” bu blok c++ dasturlash tilidagi “If” va “else” operatorlari bloki hisoblanadi) ga olib joylashtiriladi [2]. Uning amallar bajariluvchi qismiga (“то”) “моторы” bolimidan dvigatel uchun mo’ljallangan blokini olib (bu bolimdagi kerakli mоtor turini tanlanadi. Ushbu misolda o’zgarmas tok dvigatelidan foydalanilgan) joylashtiriladi.
So’ngra kerakli shart bajarilganda dvigatelni harakatlantirsh uchun shartni “условиe” yani kerakli shart uchun mo’ljallangan qismiga joylashtiriladi, ya’ni masofadan boshqaruv pultini yuqoriga yo’nalgan tugmasining blok sxemasini “ик пду” bo’limidan olib joylanadi. Ushbu yozilgan dasturda pult tugmachasini qo’yib yuborilganda mоtorlar ishlashdan to’xtashi uchun “иначе”(aks holda) qismiga mоtorlardan yana olib joylanadi va uning tezligini 100 dan 0 ga kamaytiriladi.
Dastur tayyor va uning Arduino C tilidagi ekvivalentini olib Arduino IDE dasturiga o’tkazish uchun “Robotreck” dasturining menyulari qatoridan “сегенерировать” (kodni generatsiya qilish) tugmasi bosiladi (2-rasm). Undan keyin ekranni o’ng tomonidagi Arduino IDE dasturining ish oynasida tuzilgan dasturning Arduino C tilidagi sketchi yoziladi va uni “Загрузка” tugmasi orqali mikrokontrolleriga yuklanadi. Keyin dasturni ishlatish mumkin bo’ladi (3-rasm).




2-rasm Robotrack dasturida yig’ilgan masofadan boshqariluvchi motorlarning blok sxema ko’rinishidagi dasturi.
bu sxemadagi IN1 bu pultning ulangan pini (kontrollerdagi manzili), M1 va M2 motorlarning pini,



3-rasm Arduino C tilidagi dasturi IDE dasturidagi skechi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar:


1. www.robotrek.rus.ru
2. Learn C++ programming language www.tutorialspoint.com
Download 396.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling