Ruza. Dialog mikroprotsesorli elektr markazlashtirish tizimining tuzilmaviy sxemasi va ishlash tamoyillari


Download 437.03 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi437.03 Kb.
#1130499
  1   2
Bog'liq
5-ma\'ruza


5-MA’RUZA. DIALOG MIKROPROTSESORLI ELEKTR MARKAZLASHTIRISH TIZIMINING TUZILMAVIY
SXEMASI VA ISHLASH TAMOYILLARI


Reja:

    1. Dialog mikroprotsesorli elektr markazlashtirish tizimining tuzilmaviy sxemasi;

    2. Dialog mikroprotsesorli elektr markazlashtirish tizimining hamda ularning ishlash tamoyillari.

5.1. DIALOG MIKROPROTSESORLI ELEKTR MARKAZLASHTIRISH TIZIMINING
TUZILMAVIY SXEMASI

Dialog tizimida markaziy va liniyaviy punktlarni bir biri bilan ulash uchun to’rtta simli aloqa kanali ishlatiladi. U mavjud bo’lgan havoda osilgan yoki kabelli aloqa liniyalar bo’yicha tashkil etilgan. Ma’lumot tonal diapazonda 2400 bit/sek teng tezlikda ma’lumotning yuqori darajadagi to’g’riligini ta’minlaydigan hatolardan himoyalangan kodlar yordamida.


Har bir liniyaviy punktta o’rnatilgan va maxsuslashtirilgan mikroEHM tomonidan dastur yordamida boshqariladigan modemaloqa kanali bo’yicha yuboriladigan ma’lumotni qabul qilib yuboradi. Bu aloqa kanallariga qo’yiladigan talablarni pasaytirishga, mavjud bo’lgan ajratilgan yoki ulanadigan aloqa liniyalarini ishlatishga, traktning yuqori darajadagi yashovchanligi va yuboriladigan ma’lumotning haqligini ta’minlashga imkoniyat beradi.



5.1-rasm. «Dialog» tizimida DNS ning avtomatlashtirilgan ish o‘rni sxemasi


ARM DNS bilan bitta honada joylashgan boshqa xizmatlar dispetcherlarining ish joylari bevosita umumiy aloqa kanaliga ulanishi mumkin. Uzoq masofada joylashgan ARMlar umumiy aloqa kanaliga liniyaviy punktga o’hshatib ulanishi mumkin. Turli xizmatlar ARMlari va liniyaviy punktlar bilan ma’lumot almashish bayonnomasi, umumiy aloqa kanali bilan foydalanish navbati markaziy post tuzilishlari tomonidan xizmatlar ahamiyatiga hamda uchastkadagi poyezdlar holatiga ko’ra aniqlanadi. Bundan tashqari umumiy chaqiruv yuborish uimkoniyati bor, yani ma’lumot hamma liniyaviy punklarga yoki boshqa xizmatlar ARMlariga yuboriladi.





BM-1602 tipidagi boshqaruv xavfsiz mikroEHM karkasi: KR - xavfsiz boshqaruv mikro EHM ning qutisi (konstruktiv); BP1 (BP2) - asosiy va zaxira quvvat manbalari; V – ventilyator bloki; P1 (P2) - markaziy protsessoriga mos birinchi va ikkinchi modullari; Z - ishga tushirish va boshqarish moduli; M - modem moduli; T - tok chiqishlarining moduli; I - diskret kirishlari moduli;O - diskret chiqishlari moduli; A - analog kirish moduli



Download 437.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling