Sabirov Shahzod Oybek o‘g‘li Milliy Gvardiya hti kursanti Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va chek qoʻyishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik nazoratining ahamiyati


Download 28.38 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi28.38 Kb.
#208680
Bog'liq
Сабиров Мақола


Sabirov Shahzod Oybek o‘g‘li

Milliy Gvardiya HTI kursanti



Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va chek qoʻyishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik nazoratining ahamiyati.
Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan sharoitda davlat xizmatchilari tomonidan mansab mavqeini suiste’mol qilish,poraxoʻrlik, mulkni talon taroj qilish hollari davlar hokimiyatining obroʻsizlanishiga olib keldi, boshqaruv tizimining buzilishiga yoki zararsizlanishiga sabab boʻladi, davlatning siyosiy, iqtisodiy,huquqiy tizizmiga putur yetkazadi, davlat hokimiyati shaxsiy manfaatlarga boʻysundirilgani bois, xalqning noroziligiga sabab boʻladi. ,,Xalqimiz bizdan rozi boʻlsin “degan siyosat asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qoʻyadigan adolat tuyg’usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda .

Bu borada “bugungi kundagi yana bir ustuvor vazifamiz – mamlakatimiz rivojiga toʻsiq boʻlayotgan yovuz illat,ya’ni korrupsiya va uyushgan jinoyatchikikka qarshi kurash ish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali hal etishdan iborat1”ekanligini alohida ta’kidlab oʻtganlar.

Davlat va jamiyat qurilishi tizizmini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan 2017-2021yillarga moʻjallangan “Harakatlar strategiyasi”2 ning 2-ustuvor yoʻnalishi bevosita Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud- huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qonunchilik asoslarini takomillashtirishda davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni imzolangan”Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻg’risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu qonunning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik,fuqarolarning huquqlari, erkinliklari,va qonuniy manfaatlari ustuvorligi ,ochiqlik ,shaffoflik va tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining oʻzaro hamkorligi ;korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi boʻyicha choralar ustuvorligi keltirib oʻtilgan.

Shu bilan birga qonunning 7-moddasida oʻtilgan“ keltirib boʻlib, ular quyidagilardan iborat:

-Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

Ushbu huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻz vakolati doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish,ularni aniqlash, ularga qarshi kurashish va poraxoʻrlik jinoyatlarining tizimli tahlili va holatini amalga oshiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi har bir davlat organi har yili davlat dasturini ishlab chiqadi va ushbu datur asosida faoliyat olib boradi. Shuningdek, ushbu davlat dasturida korrupsiya holati davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holati,rivojlanishi va tahlili oʻz aksini topgan boʻladi.

Davlat dasturi Idoralararo komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi.Komissiya Prezident tomomidan tuziladi va unga rahbar tayinlanadi.

Mamlakatimizda korrupsiya darajasini amalda pasaytirishga erishish va keng yoyilishini oldini olish maqsadida nafaqat bitta antikorrupsiyaviy chorani qoʻllash , balki Korrupsiyaga qarshi kurashishni ta’minlashga xizmat qiluvchi barcha tizimni qoʻllash maqsadga muvofiqdir.

Rivojlangan davlatlarda korrupsiya darajasini baholashda 2ta katta guruhga alohida e’tibor berishimiz lozim:

1.Muammoni muvaffaqqiyat bilan hal etayotgan;

2. Muammoning bartaraf etilishi qiyin boʻlgan davlatlar.

Ushbu davlatlarni hisobga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan va korrupsiyadan holi davlatlar 20 taligiga quyidagilarni koʻrsatish mumkin:Finlandiya, Kanada, Islandiya, Singapur va boshqalar. Ushbu davlatlar milliy qonunchiligini bevosita tahlil qiladigan boʻlsak, qonun ustuvorligi, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining roʻlini bevosita guvohi boʻlamiz.

1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan “Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslarning xulq- atvor kodeksida: “Korrupsiya tushunchasi milliy huquq tizimida belgilanishi lozim” degan qoida kiritilgan.

Shu oʻrinda Qadimgi yunon faylasufi Aristotelning “har qanday davlat tizimida qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarning noqonuniy yoʻl bilan boyisgiga yoʻl qoʻymaslik lozim”. Faylasuf bu oʻrinda qonun ustuvorligi prinsipini,insonning shaxsiy boyliklarini halollik yoʻli bilan topishi uchun mansabdor shaxslar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari halollik vaksinasi bilan emlanishi kerakligini aytib oʻtgan.

Fransuz mutaffakkiri Sharl Lui Monteyske esa “…har qanday hokimiyat vakolatiga ega boʻlgan shaxs, uni suiste’mol qilishga moyil boʻladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yoʻnalishda yuradi” deb ta’kidlagan.

Korrupsiyaning kelib chiqish tarixi va rivojlanishi masalasini oʻrgangan Nikollo Makiavelli uni yoʻtalga qiyoslab shunday deydi: “Korrupsiyani ham yoʻtalga oʻshab oldin aniqlash qiyin, ammo davolash oson, lekin bu kasalni oʻtkazib yuborsangiz, uni aniqlash oson, ammo davolash qiyin”.

Ushbu o‘rinda shuni ta’kidlash va e’tiborga olish lozimki, korrupsiyaga qarshi kurashni amalga oshiruvchi har bir davlat organi xodimi chuqur bilim va malakaga ega mustahkam tajribali va halol inson boʻlishi davlat mafaatini 1- oʻringa qoʻymog’i lozim.

Germaniya, AQSh, Fransiya va boshqa shu kabi davlatlar qonunchiligiga e’tibor qaratadigan boʻlsak,deklaratsiya tizimi, moliyaviy kirimlar va chiqimlar roʻyxatini shakllantirish tizimi ishlab chiqilgan.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida esa manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida “Axloq kodeksi”(Kanada, 1985 yil) ishlab chiqilgan.

Singapur tajribasiga koʻra, korrupsiyalashganlik prezumpsiyasi asosida Avtonom Byuroning tergovchisi tomonidan tergov qilinishi qonun ustuvorligidan dalolat beradi.

Ushbu davlatlar tajribasi asosida Oʻzbekistonda ham bir qator davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasini belgilamoqda va kurashmoqda.

Yuqoridagi davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, ulardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bir biridan istisno tariqasida oʻz faoliyatini amalga oshiradi va bu davlatlarda jamoatchilik nazoratining oʻrni ham katta. Korrupsiyaning oldini olishda fuqarolarning huquqqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish muhimdir.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda, eng birinchi navbatda, yosh avlodning bilim darajasi, mansabdor shaxslarning xalq bilan birgaligi va ularning xalq bilan birga ishlashi muhim ahamiyatga ega. Sababi jaholatga qarshi ma’rifat kuchli boʻlsa, hech kim jinoyatga qoʻl ura olmaydi, korrupsiya ham, huquqbuzarlik tushunchalari ham bizni tark etadi.

Har bir yosh avlod, Oʻzbekistonning har bir fuqarosi “Halollik vaksinasi” bilan emlanishi lozim. Shu maqsadda ta’lim va tarbiya jarayonida maktablar va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash nomli dasturlar asosida darslar tashkillashtirilishi lozim.

Shu bilan birga halollik, ezgulik va yaxshilikka oid va hikmatli soʻzlarga boy kitoblarni oʻqitish tizimini ishlab chiqish, konstitutsiya va shu kabi qonunlarni oʻrganish boʻyicha yoshlar oʻrtasida musobqalar tashkillashtirilishi lozim.

Korrupsiya qarshi kursh to’g’risidagi xalqaro huquqiy normalarni samarali bajarishning muhim omili xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, ichki davlat mexanizmlarini tashkil qilish hisoblanadi. Ko’pgina davlatlar xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish normalarini o’z milliy huquqiy tizimlarida aks ettirganlar.

O’zbekiston ham mustaqillikka erishgan kunlaridan boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qarab, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsionerlardan tozalash bo’yicha izchil va muntazam ishlar olib bormoqda. Xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari asosida, mansabdor shaxslarga korrupsiyaviy harakatlarni sodir etishi uchun imkoniyat yaratayotgan omillarni bartaraf qilishhar bir davlat organining muhim vazifasiga aylanmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻg’risida3”gi qonunning 26-moddasiga ko’ra” davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko’ndirish maqsadida biron-bir shaxs o’zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to’g’risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o’xshash huquqbuzarliklarning o’zlariga ma’lum bo’lib qolgan har qanday faktlari haqida o’z rahbarini, yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmaganlik javobgarlikka sabab bo’ladi” degan g’oya ilgari surilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish yo’lida jamoatchilik nazoratining va fuqarlarni o’zini o’zi boshqarish organlarining ahamiyati ham kattadir.

Prezidentimiz Sh.M Mirziyoyevning 2019 yil 27 maydagi “PF-5729-son” Farmoniga asosan Idoralararo komissiya tarkibida maxsus komissiya tuzilgan bo’lib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratining amaliy charalarini va qo’llanilayotgan huquqiy mexanizmlarning joriy holatini tahlil etish;

korrupsiyaga va boshqa jinoyatlarga qarshi tizimli kurashayotgan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari ,ichki idoraviy nazoratni amalga oshirish ;

korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan standartlar va chet el tajribasini o’rganish;

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ushbu Farmonning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda, shu jumladan chet el ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamdagi axborot-targ‘ibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini doimiy asosda amalga oshirib, ularda taniqli olimlar, davlat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillarining chiqishlarini nazarda tutsin hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion ko‘rsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini ta’minlash belgilab qo’yilgan.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, jamiyatda ta’sirchan nazorat o’rnatish tizimini korrupsiya degan baloga qarshi samarali kurashni jamoatchilik nazorati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga qarshi kurashish kerakligi g’oyasini xalqimiz ongiga singdirishimiz zarur. Buning uchun hozirdanoq har bir xodim har bir fuqaro o’z ishiga mas’uliyat hissini tuygan holda xalq manfaatini o’ylab ish ko’rishi kerak.



1 Prezident Sh.M.Mirziyoyevning milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.-T.;O’zbekiston, 2017. 52-b.

2 O’zbekiston respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi PF-4947-sonli 11-bet.

3 Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida gi O’RQ-419-sonli. WWW.LEX> UZ


Download 28.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling