Sabzavot ekinlarini almashlab ekish ratatsiyasi ekish sxemasiga ko‘ra oziqlanish maydoni, joylanish qalinligi va xosildorlikni aniqlash
Download 311 Kb.
|
6 Тарқатма матриал Сабзавот экинларини далада экиш схемасига кўра
Sabzavot ekinlarini almashlab ekish ratatsiyasi ekish sxemasiga ko‘ra oziqlanish maydoni, joylanish qalinligi va xosildorlikni aniqlash. Ishdan maqsad: Sabzavot o‘simliklarn turlarini ekiladigan va ekish sxemalariga ko‘ra o‘simliklarni oziqlanish maydoni joylanish qalinligi hamda hosildorligini aniqlashni o‘rganish. USLUBIY KO‘RSATMALAR Oziqlanish maydoni va o‘simliklarni joylashtirish sxemalari. Oziqlanish maydoni deyilganda bir tup o‘simlikning egallaydigan joyi tushuniladi. U ekinning biologik xususiyatlariga nav hamda o‘stirish sharoitiga bog‘liqdir. O‘simliklarni joylashtirishning har xil sxemalari qo‘llaniladi, bunda qator oralarini mexanizatsiya vositasida ishlash va hosilni yig‘ishtirish hisobga olinadi. Ochiq yerdagi sabzavot ekinlari qatorlab, kvadratlab va kvadrat-uyalab, shuningdek lenta usulida hamda lenta usulida qo‘sh qatorlab ekiladi. O‘simliklarning oziqlanish maydonini qalinligini aniqlash uchun har bir talaba, ularning ekish usuliga doir masalalardan ikki-uchtasini yechadi. Masalalarning shartlari va ularni yechishdan olingan natijalar 21 forma bo‘yicha tuzilgan hisobotga qaratiladi. TOPShIRIQNI BAJARISh TARTIBI O‘simliklarning joylanish sxemasiga qarab ularning oziqlanish maydoni turli usullarda aniqlanadi. Ekinlar qatorlab , kvadratlab va to‘g‘ri burchakli ekilganda bir tup o‘simlikning oziqlanish maydoni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: P= RxL Bunda: P - bitta o‘simlikning oziqlanish maydoni, m2 R - qatorlar orasidagi masofa, m L - qatordagi o‘simliklar orasi, m Kvadrat uyalab hamda to‘g‘ri burchak-uyalab ekishda formula quyidagicha bo‘ladi: P= Bunda: G-uyadagi o‘simlikning soni. Lenta usulida ekilganda bir tup o‘simlikning oziqlanish maydoni quyidagi formula bo‘yicha belgilanadi P= xL Bunda: R- lentalar orasidagi masofa, m M- lentadagi qatorlar orasidagi masofa, m L- qatordagi o‘simliklar orasidagi masofa, m r- lentadagi qatorlar soni. Lentasimon - uyalab qo‘sh qatorlab ekilganda formula quyidagicha bo‘ladi: P= xL Bunda: L-qatorlardagi uyalar orasidagi masofa, m r- uyadagi o‘simliklar soni. Bir to‘p o‘simlikning oziqlanish maydoni ma’lum bo‘lgach, har sektorda qancha o‘simlik joylanishini, ya’ni o‘simliklarning qalinligini (N ni) osongina aniqlash mumkin. Buning uchun kvad- rat metrlarda ifodalangan gektar maydonini bitta o‘simlikning oziqlanish maydoni (P) ga taqsimlash kerak yoki bu N=10000:P xolida ifodalanadi. Oziqlanish maydoni yuqorida keltirilgan formulalar bo‘yicha aniqlanadi. Qatorlab ekilganda qatorlar orasini qatordagi maso- faga ko‘paytiriladi; kvadrat-uyalab ekishda - bu ko‘rsatkichlar va ko‘paytmani uyadagi o‘simliklar soniga taqsim qilinadi; lenta usulida ekishda lentalar orasi va ekinlar kator orasi jamlanadi so‘ngra esa ekin qatoridagi o‘simliklar orasidagi masofaga kupaytiriladi. Shundan keyin ko‘paytmani ekin qatorlari soniga, lentasimon uyalab ekishda esa, ekin qatorlari soniga hamda uyadagi o‘simliklar soniga taqsim qilinadi. Hisoblab chiqarilgan oziqlanish maydonini 8-grafaga, o‘simliklarning qalinligini yoki bir gektardagi o‘simliklar soniga esa 9-grafaga yozib qo‘yiladi. Gektardagi o‘simliklar qalinligi aniqlangandan so‘ng spravochnik materiallari hamda o‘qituvchidan olingan ma’lumotlardan foydalanib o‘simliklarni (ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlarini xisobga olib), taxminan, hosildorligi aniqlanadi va 10- grafaga yozib qo‘yiladi. Sabzavot o‘simliklarni gektardan olingan hosildorligi aniqlash uchun, gektardagi o‘simliklar sonini (9 grafadagi ma’lumotlar) bir o‘simlikni o‘rta hosildorligiga (10-grafadagi malumotlarga) ko‘payatiriladi va olingan natijalari t/ga. ga aylantirib 11 grafaga yozib qo‘yiladi. Materiallar va jihozlar: amaliyot darsligini 160 betidan olinadi. Download 311 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling