Saf mashqlari haqida umumiy tavsif Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi


Download 24.19 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi24.19 Kb.
#1006899
Bog'liq
16.mustaqil ish


Reja:

  1. Saf mashqlari haqida umumiy tavsif

  2. Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi

  3. Saflanish va qayta saflanishlar

  4. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi

  5. Jismoniy tarbiyaning rivojlanish bosqichlari

Saf mashqlari - bu shug’ullanuvchilaning ma’lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg’ulotni tashkil etish marom va sur’at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo’lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi. Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to’g’ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo’lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi. Saf mashqlari o’quv mussasalarida saf mashqlari turli xil o’lchamlardagi(12x24, 15x30 metr va h.k.) zallarda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarni tashkil etishda o’qituvchi va murabbiylar zalning tomoni va burchaklariga tayangan holda tashkil etadi.


Saf mashqlari to’rtta guruhga bo’linadi:
1.Saf usullari.
2.Saflanish va qayta saflanish.
3.Joydan - joyga ko’chish.
4.Orani ochish va yaqinlashtirish.
Saf - shug’ullanuvchilarning birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko’ra joylanishidir. Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar guruh o’qituvchisi, o’quv bo’linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali bosh- qaradilar Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi Zich saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft keng- ligida (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qoi uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.
Orasi ochiq saf - shug’ullanuvchilarning qatorda bir qadam yoki o’qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir. Qator-shug’ullanuvchilarning bir chiziqda yonma-yon turishi. ket qatordagi orasi.
Ketma-ket qator- shug’ullanuvchilarni bir-biri orqasida tizilishi. Boshlovchi-ketma-ket qatordan birinchi-boshida turgan talaba(o’quvchi). Oxirgi- ketma-ket qator oxirida turgan talaba(o’quvchi). Front-shug’ullanuvchilar safining old tomoni(qatorda). Ichkari-front teskarisi, yani orqa tomoni, 2-,3-,4-qatorlar. Qanot-safning chap yoki o’ng tomoni. Saf chuqurligi-ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi talaba(o’quvchi) orasidagi masofa. Saf kengligi-o’ng qanotdan chap qanotgacha bo’lgan masofa. Masofa-yonma-yon turgan shug’ullanuvchilar orasidagi masofa(ketma-ket qatorda). Uch, to’rt qatorga yoyilish. 8.2.Saf usullari Saf usullari - turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlardan iborat. Bu mashqlarning ahamiyati eng avvalo shundan iboratki, ular yordamida intizomlilik va uyushqoqlik tarbiyalanadi.
1. «Saflaning!» - bu buyruqqa ko’ra shug’ullanuvchilar safga turadilar.
2. «Rostlan!» - bu buymqqa ko’ra saf tik turish holatini qabul qiladi. U gimnastikada asosiy tik turish holatiga to’g’ri keladi. 3. «Tekislan!», «Chapga qarab tekislan!», «O’rtaga qara!». 4. «To’xta!»- bu buyruqqa ko’ra harakat (mashq) to’xtatiladi. 5.«Erkin» - bu buyruqqa ko’ra shug’ullanuvchilar turgan joylaridan jilmasdan, bir oyoqni tizzadan bo’shatib, erkin turadilar. 5. «O’ng (chap) oyoqda erkin tur!»- shug’ullanuvchi o’ng (chap) oyoqni o’ngga (chapga) bir qadam jildirib, gavda og’irligini ikkala oyoqqa taqsimlaydi va qo’llarini orqada tutadi. 6. «Tarqal!» - shug’ullanuvchilar safdan chiqib, zalda (maydonchada) erkin joylashadi. 7. «Tartib bo’yicha- Sana!», «Bir-ikkiga - sanang!», «Uchtalab (to’rt, besh va hokazo)- sanang!» va boshqalar. Hisob o’ng qanotdan boshlanadi. O’z raqamini aytayotgan shug’ullanuvchi ayni vaqtda boshini tez chap tomondagi shug’ullanuvchiga qarab buradi va keyin dastlabki holatga qaytadi. Safni oxirida turuvchi bir qadam oldinga odimlab, «sanash tugadi» deb o’z joyiga turadi. Turgan joyda burilishlar (buyruqlar «O’ng-ga», «Chap-ga», «Ort-ga», «Yarim o’ng-ga») Ayrim hollarda buyruqlar topshiriqlar bilan almashtirilishi mumkin, biroq qayd etilgan mashqlar turgan joyda burilishlardan tashqari buyruqqa ko’ra ijro etilishi lozim.
Saflanish va qayta saflanishlar
Saflanishlarda o’qituvchi barcha o’quvchilarni ko’ra oladigan joyda turishi kerak. Saflanish - shug’ullanuvchilaning o’qituvchi buyrug’idan so’ng biron-bir safni qabul qilish uchun bajaradigan harakatlaridir. Mashg’ulot oldidan guruh qoida bo’yicha bir qator bo’lib, ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi. Saflanish uchun: «Bir (ikki, uch) qatorga - Saflaning!» buyrug’i beriladi. Buyruq berilishi bilan o’qituvchi yoki navbatchi old tomonga qarab «Saf tik turish» holatida turadi. Guruh uning chap tomonida saflanadi. Mashg’ulotga hozirlik to’g’risida raport berishdan oldin o’qituvchi (navbatchi) guruhni tekislaydi, uni sanatadi, keyin: «Rost-lan!», «O’ngga (chapga, o’rtaga)- qara!»- buyrug’ini beradi.
O’qituvchi ( navbatchi) o’qituvchiga ikki-uch qadam yetmasdan ( saf yurishi bilan) to’xtaydi va raport beradi: O’rtoq o’qituvchi! ___________________ Fakultetining __bosqich ____ guruh talabalari mashg’ulot o’tish uchun saflandi. Ro’yxat bo’yicha __nafar talaba, safda ___ nafar talaba. Keyin eng qisqa yo’l bilan o’qituvchi turgan tekislikka borib, safga yuz tomoni bilan turadi. o’qituvchi salomlashib, guruh javob qaytargandan so’ng navbatchi o’qituvchining «Erkin!» buyrug’ini takrorlaydi va safning o’ng qanotiga turadi. Saflanish va raport berish marosimini tantanaviy ruhda o’tkazish lozim. Bu muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, butun mashg’ulotni tashkil qilishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Saflanish tugamagunga qadar o’qituvchi raport qabul qilishga tayyorlanmasligi, shuning bilan birga saflanish jarayoniga aralashmasligi zarur. Yo’l qo’yilgan kamchiliklarni keyinchalik muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Mashg’ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga o’qituvchining jiddiy munosabatda bo’lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi - qomati bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatish lozim. Bir qatorga saflanish - «Bir (ikki, uch) qatorga - Saflan!»- buyrug’iga binoan bajariladi. Guruh O’qituvchi (navbatchi) ning orqasida saflanadi. Topshiriq bo’yicha qator, ketma- ket qator, doira va hokazo bo’lib saflanish. Masalan: «Doiraga turing!», «Ikki qatorga turing!». Qayta saflanish - bir safdan ikkinchi safga o’tish. Bir qatordan ikki qatorga saflanish . Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan keyin, «Ikki qatorga- saflan!» buyrug’i beriladi, bu buyruqqa ko’ra ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo’yadilar (hisob - «bir), o’ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o’ngga qo’yadilar (hisob - «ikki») va birinchi turganning orqasiga o’tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob- «uch»).
Bir qatordan uch qatorga saflanish). Dastlab sanab chiqilgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «Uch qatorga- saflan!». Bu buyruqqa ko’ra ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar birinchi raqamdagilar o’ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib bir qadamni yonga qo’yadilar va o’ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga o’tadilar. Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o’ng oyoqni juftlamasdan yonga qadamlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilaning oldiga o’tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «Bir qatorga saflan!». Qayta saflanish saflanishga teskari tartibda bajariladi.
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan bo`lib, XX asrda dunyo miqyosida e’tiborga loyiq ta’limotlar paydo bo`ldi. Bu ta’limotlar insonning jismoniy kamolotini va imkoniyatlarining chegarasini ancha kengaytirdi. Jismoniy tarbiya, sport musobaqalari, xalq o`yinlari qiladigan, ularni birbiri bilan taqqoslay olish hamda o`zicha baholay oladigan, ya’ni tahlil qila olishni jismoniy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. Uning fikricha har taraflama kamil topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt orasida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi. Jismoniy ta’lim shug`ullanuvchining yoshiga, jinsiy va individual xususiyatlariga mos holda amalga oshirishning tarafdori bo`lgan. Asta-sekin murakkablashib borishi, ko`nikma va malakalarning mukammal bo`lishi kerakligi qayd etilgan. P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini o`qituvchi tushuntirishi orqali tashkil etishning tarafdori bo`lgan. Shaxsiy namuna sifatida ko`rsatib borishni ma’qullamagan. Tarbiyalanuvchi fikr yuritmaydigan, mexanik tarzda bajaradigan bo`lib qoladi deb sanagan. Uning ta’limoti asosida jismoniy ta’lim aqlga suyanishi, aqlni ishlatgan holda jismoniy ko`nikma va malakalar hosil qilishi, takomillashtirib borib, jismoniy mahorat va madaniyatga aylantirish kerakligi ta’kidlangan. P.F.Lesgaft ommaviy jismoniy ta’limning tarafdori sifatida barcha turdagi o`quv muassasalarida jismoniy mashg`ulotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida olib borishning targ`ibotchisi bo`lgan va o`zining barcha bilim va tajribalarini shunga qaratgan. Nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo miqyosida uning jismoniy tarbiya tizimi haqidagi ta’limoti ijobiy ahamiyat kasb etadi va hozirgi davrgacha dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda. Jismoniy tarbiya darslarini ilmiy tashkil etishning pedagogik asoslari Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan bo`lib, XX asrda dunyo miqyosida e’tiborga loyiq ta’limotlar paydo bo`ldi. Bu ta’limotlar insonning jismoniy kamolotini va imkoniyatlarining chegarasini ancha kengaytirdi. Jismoniy tarbiya, sport musobaqalari, xalq o`yinlari dunyo miqyosida keng yoyilib boshladi. Turli xalqlarning jismoniy tarbiya va sport o`yinlari xalqaro miqyosda tarqalib, baynalminalchilik va vatanparvarlik tuyg`ulari kuchliroq shakllanadigan darajaga yetdi. Bu davrdagi va sharoitdagi jismoniy tarbiyani tashkil etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishda A.D.Novikov, L.P.Matveev, V.A.Ashmarin, Ch.T.Ivankov, N.I.Ponomarev, V.V.Popchenko, B.M.Shiyan, A.Abdullaev, A.Akramov, F.Nasriddinov, F.Karimov, F.Xo`jayev, va boshqa olimlar faol ishtirok etdilar. A.D.Novikov va L.P.Matveevlar jismoniy tarbiyaning nazariyasi va o`qitish pedagogikasiga doir ko`pgina asarlar yozgan. Ular olib borgan tadqiqotlarning asosiy mavzusi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi muammolari bo`lib, fan sifatida shakllanishi, jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari, vositalari, asosiy prinsiplari, jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya yo`nalishlari bilan uzviy bog`liqligi va jismoniy ta’limning qonun-qoidalarini o`rganishga qaratilgan. Jismoniy ta’limning didaktik asoslari pedagogika fani qonuniyatlariga chuqur bog`langan holda bayon etilgan. Ba’zi hollarda ayrim didaktik masalalar jismoniy tarbiya borish muammolari bilan aralash holda talqin etilgan. Masalan, jismoniy mashg`ulotlarning shakllari, sport trinirovkasi, amaliy jismoniy tayyorgarlik jismoniy ta’lim sifatida o`rganilishi, didaktik muammo sifatida tadqiq etilsa ma’qul bo`lar edi. O`zbekistonlik olimlar sho`rolar tuzumi davrida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari va uni o`qitish metodikasi bo`yicha olib borgan tadqiqotlari to`laligicha rus olimlarining g`oyalariga aynan mos kelar edi. Mustaqillikka erishgandan keyin milliy jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi muammolarini ishlab chiqishga jadallik bilan kirishildi va e’tiborga loyiq natijalarga erishildi. O`zbekistonlik olimlar bu yo`nalishda samarali ilmiy faoliyat yuritishmoqdalar. A.Akramovning “O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tarixi”, K.Nurmuhammodovning “Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari”, Nasriddinov F. va E.Shoternikovlarning “Inson omilini dunyo miqyosida keng yoyilib boshladi. Turli xalqlarning jismoniy tarbiya va sport o`yinlari xalqaro miqyosda tarqalib, baynalminalchilik va vatanparvarlik tuyg`ulari kuchliroq shakllanadigan darajaga yetdi. Bu davrdagi va sharoitdagi jismoniy tarbiyani tashkil etishning ilmiy- pedagogik asoslarini ishlab chiqishda A.D.Novikov, L.P.Matveev, V.A.Ashmarin, Ch.T.Ivankov, N.I.PonomarEv, V.V.Popechenko, B.M.Shiyan, A.Abdullaev, A.Akramov, F.Nasriddinov, F.Kerimov, F.Xo`jaev, va boshqa olimlar faol ishtirok etdilar. Maktab va maktabdan keyin o`quvchilarini harakatga o`rgatish va jismoniy sifatlarning rivojlantirish prinsiplari Maktab yoshi harakatga o`rgatish uchun eng qulay yoshdir. Huddi mana shu yillarda bolalar yuqori egiluvchanlikga, kuchli va tez nerv qo`zg`alishiga ega va shunga ko`ra harakatlarning shartli reflekslarini yengil hosil bo`lishi bilan ajralib turadilar. 14- 15 yoshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi me’yoriga yetadi. Maktabni tugallash davriga kelib o`quvchilar xilma-xil darajadagi harakat malakalariga ega bo`ladigan. Bu o`z navbatida jismoniy mashqlarni, mehnat faoliyatida va ijtimoiy hayotda turmushda, o`zlarining sog`ligini mustahkamlashda, jismoniy tayyorgarlikni oshirishda qo`llay oladilar. Harakat o`rgatish shug`ullanuvchini jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy sifatlarini darajasiga qarab amalga oshiriladi. Katta, o`rta, kichik yoshdagi o`quvchilarni harakatga o`rgatishda umumiy metodik prinsiplarni qo`llashga alohida e’tibor beriladi. Onglilik va faollilik prinsipiga muvofiq yildan yilga bolalar o`rgatilgan harakat faoliyati haqida bilimlarga ega bo`la borishlari, bajarilgan harakat nimaga faqat aynan shunday bajarilishi kerakligi, boshqacha bajarilsa qanday xatolar sodir bo`lishi mumkinligi haqida fikr yurita oladigan bo`lishlari lozim. Bu bilan ularning fikrlash doirasi kengayadi. Kichik yoshdagi jismlarni ko`rish orqali fikrlaydiganlarda hayotiy misollar bilan, jismoniy mashqning ahamiyati uni kundalik turmushda qo`llanilishi shug`ullanuvchini sog`ligi uchun ahamiyati va boshqalar haqida hayotiy misollar keltirilsa bas. Bu jarayon o`rganilgan materiallarni ko`p marotaba qaytarish orqaligina amalga oshirilishi, shundagina yuqori natijalar uchun ko`p ter va og`ir mashaqqatlar tortish kerakligi ularning ongiga singdiriladi. Bu yoshdagilar psixikasiga e’tibor borish muhim ahamiyatga ega. Ular o`rganilayotgan harakat faoliyatini tezdagina egallab olishga urinadilar. Bu bilan ular xatolarga yo`l qo`yadilar. Shuning uchun harakat texnikasi ustida ishlash og`ir ekanligini alohida tushuntirish muhim ahamiyatga ega. Ularni harakatlarni o`zlashtirishda bir-biridan xatolar topishga majbur qilish, xatolarni ko`ra bilish, tahlilga o`rgatish va bo`lajak xatolarni oldini olishga zamin yaratadi. Qolaversa o`qitilgan mavzularni qaytarishda ularni guruhchalarga rahbarlik qilishga o`rgatishni hayotiy ahamiyati katta. Mustaqil fikrlashga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Sport taktikasi haqida tushunchalar, mustaqil shug`ullanishlari uchun maslahatlar borish maqsadga muvofiq bo`ladi. Harakatni bo`laklarga ajratish bilan o`rgatish va o`qitishni individuallashtirish prinsipi – kichik maktab yoshdagilarga qo`llanganda ayrim harakatlarni ajratib olish va uni aniq bajarishi qiyinroq kechadi. Ular tez charchaydilar va tez tiklana oladilar. Ayniqsa bir xil harakatlar tez charchashni tezlashtiradi. Bulardan tashqari tananing ayrim muskullarini ma’lum muddatga ushlab turish (statik holatdagi) mashqlari tez toldiradi va shuning uchun bunday mashqlarni qo`llashdan qochish lozim. Birinchi sinfdan boshlaboq o`quvchilardan ayrim mashqlarni bajarish uchun imkoniyatlarni sarflashini talab qilish kerak bo`ladi. Chunki ularning jismoniy tayyorgarligi va nerv faoliyatining tipologik xususiyatlariga katta e’tiborni talab qiladi. Muntazamlilik prinsipi harakatga o`rgatish rejalashtirilgan materialni qator mashg`ulotlarda ko`proq qaytarish talabini qo`yadi. Mavzu o`zlashtirilgandan so`ngina boshqa vazifaga o`tiladi. Kichik, o`rta va katta maktab yoshdagilar bir yoki bir necha darsni (yoki trenirovkani mashg`ulotini) qo`yib yuborishi, ularda tizimli qatnashmasligi, ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko`rsatadi va o`zlashtirish jarayonini cho`zilishiga sabab bo`ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Axatov M.S Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlarini boshqarish” Toshkent 2005-yil 235-bet
2. Abdullayev. A Xonkeldiyev.Sh “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati” darslik Toshkent -2005 199-bet
3. Salomov.R.S “Sport mashg’ulotining nazariy asoslari” o’quv o’llanma Toshkent 2005-yil 238-bet
Download 24.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling