Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi (/)


Download 337.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2020
Hajmi337.6 Kb.

 (/)

Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi (/)

RESOURCE

Rezyume yozish qoidalari (/content/rezyume-yozish-qoidalari)

Hozirgi paytda ko'plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar

ishga topshirayotgan shaxslardan rezyume yuborishlarini talab qilishadi.

Rezyume o'zi nima degani? Rezyume fransuzcha “résumé”  so'zidan kelib

chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume

ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi,

ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.

Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida

 bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi

mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume

asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat

hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha

menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.

Rezumeda ish izlovchi shaxs to'g'risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo'lib aynan

rezyumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko'rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan

tanishadi. Shuning uchun, rezyume ishga topshiruvchi shaxs to'g'risida bexato, aniq va eng asosiysi

topshirilayotgan ishga tegishli bo'lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezyume ishni qo'lga

kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezyumengiz orqali ish beruvchini ishontira

olmasangiz, keyingi bosqichga o'tish imkoni bo'lmaydi!

Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:

1.      Shaxsiy ma’lumot

a.       Ism-sharif (talab qilinadi)

b.      Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)

c.       Jins (majburiy emas)

d.      Millat (majburiy emas)

e.       Tug'ilgan sana (majburiy emas)

 

2.      Qisqacha mazmun  va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)



a.       Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.

Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi.



2008-yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va  ilmiy

darajaga ega.

3.      Ma’lumot

Seshanba, 25/03/2014 kuni joylandi

Tweet


 

Baham ko‘rish

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



a.       Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o'qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o'quv yurtining nomi,

manzili  (shart)

b.      Topshirilayotgan ishga taaluqli fanlar nomi va soati (shart emas)

c.       Agar a’lo darajada bitirgan bo'lsa, shuni ham bildirib o'tish kerak

Misol: 2006-2008  Magistratura, Biznesni Boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri,

Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz (http://www.nuu.uz/).

Taaluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Markoiqtisodiyot (25 soat)

 

4.      Tajriba



a.       Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari

b.      Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi

Misol: 25.01.2008 – 10.02.2011  Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”.

NNT “Faol”, Shaxrisabz ko'chasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00

·         Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb



qilish; joy va kerakli jihozlarini tayorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni

koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.

·         BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash



muammolari” mavzusi bo’yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda

ko'maklashganman.

·         Loyiha chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.

5.      Qo'shimcha ma'lumotlar:

a.       Xorijiy tillar

b.      Kompyuter darturlari to'g'risida bilimlar

c.       Yutuqlar (sport bo'yicha, stipendiyalar va boshqa muhim yutuqlar)

d.      Qo'shimcha treninglar va kurslar

e.       Tajriba orttitirsh (stajorlik) paytlari

f.       Qiziqishlar

g.      Ilmiy maqolalar

h.      Konferensiyalardagi ma’ruzalar

Maslahatlar:

·         Rezyume iloji boricha bir varoqdan oshmasligi kerak.

·         Har bir ishga topshirganda alohida rezyume yozish maslahat beriladi. Rezyumeda asosan topshirilayotgan

ishga taaluqli ma’lumotni kiritish kerak. Buning uchun topshirayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab o'rganib

chiqing va tashkilotni o'zini ham o'rganishga harakat qiling.

·         Tug'ilgan yili, jinsi va millatini yozish shaxsning o'ziga bog'liq. Ba’zida ish beruvchi tomonidan shu

ma’lumotlar asosida farqlash va diskriminatsiya qilish hollari ham uchragan, shuning uchun ko'plab tashkilotlar

bunday ma’lumotni majburiy ko'rmaydilar.

·         Ba’zilar rezyumega o'z rasmlarini ham qo'shadilar. Rasm qo'shish ixtiyoriy.

·         Agar shaxsiy vebsaytingiz bo'lsa, uni ham qo'shing. Ba’zi mutaxassislar, ayniqsa disayner va rassomlar,

o'zlarining ishlarini ko'rsatish maqsadida tashqi saytda joylashgan manzillarni qo'shishlari ham mumkin.

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



·         Agar ishga topshiruvchi hozirda talaba bo'lsa, unda kutilayotga bitirish sanasini ko'rsatish kerak.

·         Agar talabalik davrida biror qo'shimcha tajriba orttirilgan bo'lsa, shuni ham yozib o'tish tavsiya etiladi.

Masalan: universitet qoshidagi gazetaga muharrirlik qilgan;  yoki “Yosh lider” talabalar tashabbusini boshqargan.

Ishga topshiruvchining tajribasi uncha ko'p bo'lmasa shu kabi ishlarni ham Ish Tajribasi bo'limida sanab o'tish

mumkin.

·         O'rta maktab ta’limi to'g'risidagi ma’lumot ham ba’zida so'ralishi mumkin. Shunda o'qigan yillari, maktab



nomi va/yoki soni va manzili yozilishi kerak.

·         Agar shaxsning tajribasi ko'p bo'lsa va ko'p joyda ishlagan bo'lsa oxirgi 5 yillik yoki oxirgi 5 ta ish joyini to'liq

ko'rsatib o'tib, qolganlarini qisqacha sanab o'tsa ham bo'ladi.

·         Tajribani yozganda topshirilayotgan ishga taaluqli vazifa va funksiyalarni sanab o'tish ma’qul. Agar

imkoniyat bo'lsa, aniq ma’lumot berib o'tgan yaxshi. Masalan, seminar-trening mutaxassisi lavozimiga ishga

topshirayotgan bo'lsangiz unda oldin qanday mavzudagi treninglarni tashkil qilganingiz, trening kimlar uchun va

qanday tashkil qilinganligi to'g'risida yozsangiz shu kabi ma’lumot ishga oluvchi uchun muhimroq bo'ladi.

Rezyume namunasi:

Alloma  Kamalova

Toshkent sh., Firdavs mavzesi, Shahrisabz ko'chasi 7-uy.

Tel: +998902220000;  Alloma.kamalova@mail.uz

(mailto:Alloma.kamalova@mail.uz)



Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish

mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2008 yilda

Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada

tamomlagan va  ilmiy darajaga egaman.



Ma’lumot:

 

2006-2008       Magistr, Biznesni boshqarish. O'zbekiston Milliy



Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4

ko'chasi. www.nuu.uz (http://www.nuu.uz/). Fanlar: Loyiha tuzish va

boshqarish (22 soat) Makroiqtisodiyot (25 soat)

2002-2006       Bakalavr, Menejment. Farg'ona Politexnika Instituti.

Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi 86-uy. www.ferpi.uz

(http://www.ferpi.uz/)

 

Ish tajribasi:

25.01.2011 – 10.02.2014  Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish

ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Toshkent sh.,

Shaxrisabz ko'chasi 1-uy. Tel: 267-00-00

·         Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening

rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini

tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni

koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.

·         BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish

bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo'yicha izlanishlarni olib

borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



File Attachment: 

 Rezyume_Allomahon Kamalova Eng.pdf

(http://saharschool.org/sites/default/files/Rezyume_Allomahon%20%20Kamalova%20Eng.pdf)

Tags: 

Rezyume (/article-tags/rezyume)

resume (/article-tags/resume)

ish (/article-tags/ish)

loyiha (/article-tags/loyiha)

menejment (/article-tags/menejment)

shaxsiy ma’lumotnoma (/article-tags/shaxsiy-ma%E2%80%99lumotnoma)

Kirish


Registratsiya (/user/register)

Parolni tiklash (/user/password)

·         Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha

prezentatsiyalar berish.

 

01.06.2008 – 28.12.2011  Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish



markazi, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-

00

·         Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni



tashkil qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash;

treninglar uchun o'quv zallarini tayyorlash;

·         Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari

to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;

·         Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.

 

Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida to'liq yozish, o'qish va muloqot qila

olish.

 

Kompyuter dasturlari: Windows 7; Microsoft Office 2008 (Power



Point, Word, Excel); Internet

 

Qo'shimcha kurslar: 2011, Toshkent menejment markazi tomonidan

tashkil qilingan 6-haftalik “Loyiha tuzish va boshqarish kursi”ni

muvaffaqiyatli tamomlaganman.

 

Yutuqlar: 2008 O'zbekiston Respublikasi Presidentining davlat

stipendiyasi sohibasi.

 

* Rezyume namunasining ingliz tilidagi nusxasi ushbu maqolaga biriktirilgan.



Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki

registratsiya (/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling



Foydalanuvchining ismi

Parol

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



Izohlar

Kamronbek - 

5 years ago

ajoyib


Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya

(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

Patriot - 

4 years ago

judayam foydali maslaxat

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya

(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

Shuxrat - 

4 years ago

Judayam foydAli maslahat, keyngi maqolalarda assesment sentrlar haqida ma'lumot beriwhingizni sorab qolar

edik.

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya



(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

Sharofiddin - 

4 years ago

Kompyuter dasturlari nazarda tutilganda, barcha o'rganilgan kompyuter dasturlari haqida ham to'liq ma'lumot

berilishi kerakmi? Shu mavzudagi javobingizni kutamiz!!

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya

(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

saharschool - 

4 years ago

Sizning rezyumengiz siz qayerga ishga topshirishingizga qarab o'zgartirib borilishi kerak. Odatda rezyume 1

varoqdan oshmasligi kerak, agar ko'p tajribaga ega bo'lsangiz ko'pi bilan 2 varoq bo'lishi lozim. Shunday ekan,

siz rezyumeda faqat kerakli ma'lumotlarni kiritishingiz kerak. Agar siz topshirayotgan ish kompyuter

dasturlarini bilishni talab qilsa, unda har bir o'rgangan dasturlarni batafsil yozishingiz kerak. Agar ularning

ishga unchalik aloqasi bo'lmasa ularni guruhlab yozishingiz tavsiya qilinadi. Masalan, Microsoft Word, Excel,

PowerPoint, Publisher deb alohida yozgandan ko'ra ularni "Microsoft Office" dasturi deb yozishingiz mumkin.

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki

registratsiya (/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

Maftuna - 

3 years ago

Resume bu hikoya emas... Ana endi menimcha hamma RESUME to'ldirishni bilib oldi

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya

(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

Jamoliddin WEB - 

3 years ago

Faqat biror ishga joylashish maqsadida emas, shunchaki o'z faoliyati, ko'nikma va tajribalarini tahlil qilish uchun

ba'zi-ba'zida rezyume to'ldirib turish foydadan holi emas!

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



Saralash usuli  Nashr kuni

Tartiblash usuli

Desc


Natija

 (/content/yurak-kasbini-topish-uchun-10-ta-sir-oz-tajribam)

Umumiy ball: 10

 (/content/ideal-qomat)

Umumiy ball: 35

 (/content/%D1%8D%D0%BD%D0%B5%D1%80%D0%B3%D0%B8%D1%8F-

%D1%82%D0%B5%D0%B6%D0%B0%D0%BC%D0%BA%D0%BE%D1%80-

%D1%84%D0%B8%D0%BA%D1%80%D0%BB%D0%B0%D1%88-

%D0%BC%D0%B0%D0%B4%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82%D0%B8%D0%BD%D0%B8-

%D1%80%D0%B8%D0%B2%D0%BE%D0%B6%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D1%82%D0%B8%D1%80%D0%B8%D1%88-

%D0%BB%D0%BE%D0%B9%D0%B8%D2%B3%D0%B0%D1%81%D0%B8)

Umumiy ball: 15

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya

(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling

Bakhtiyor Sheraliev - 

3 years ago

Resume bo'lgan e'tibor bizning mamlakatimizda biroz past, lekin chet elda bunga juda katta e'tibor berishadi,

hattoki qanday qog'zoga yozganligingizu, qanday ruchka yoki qlaamda yozganingizgacha. Shu bois resume yoki

CV yozayotganda qisqa, lo'nda, aniq ma'lumotlarni berish kerak. Har ehtimolga qarshi Resumeni o'zbek, rus va

ingliz tillarida tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya

(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling



1

YURAK KASBINI TOPISH UCHUN 10

TA SIR (o'z tajribam)

(/content/yurak-kasbini-topish-

uchun-10-ta-sir-oz-tajribam)

Diyora Turabekova

25/03/2018 - 14:00

Siz har kuni faqat yaxshi ko'rgan ishiz bilan band bo'lishni ham buni evaziga pul olishni  xohlarmidingiz?



Ideal qomat (/content/ideal-qomat)

Rufat


25/03/2018 - 11:24

 

Энергия тежамкор фикрлаш маданиятини ривожлантириш лойиҳаси



(/content/%D1%8D%D0%BD%D0%B5%D1%80%D0%B3%D0%B8%D1%8F-

%D1%82%D0%B5%D0%B6%D0%B0%D0%BC%D0%BA%D0%BE%D1%80-

%D1%84%D0%B8%D0%BA%D1%80%D0%BB%D0%B0%D1%88-

%D0%BC%D0%B0%D0%B4%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82%D0%B8%D0%BD%D0%B8-

%D1%80%D0%B8%D0%B2%D0%BE%D0%B6%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D1%82%D0%B8%D1%80%D0%B8%D1%88-

%D0%BB%D0%BE%D0%B9%D0%B8%D2%B3%D0%B0%D1%81%D0%B8)

Baxtiyor G'oziyev

23/03/2018 - 14:42

keyingi › (/content/rezyume-yozish-qoidalari?page=1)

O’rtacha: 5 (2 ovozlar)

O’rtacha: 5 (7 ovozlar)

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



 (/content/texnolifeuz)

Umumiy ball: 5

 (/content/%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80-

%D0%B7%D0%B0%D0%BD%D0%B6%D0%B8%D1%80%D0%B8-

%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D0%B7%D0%BB%D0%B0%D1%80-

%D1%9E%D2%9B%D0%B8%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%B8%D0%BD)

Umumiy ball: 129

 (/content/%D0%B4%D0%B0%D1%81%D1%82%D1%83%D1%80%D1%87%D0%B8-

%D0%B1%D1%9E%D0%BB%D0%B8%D1%88-%D2%9B%D0%B8%D0%B9%D0%B8%D0%BD%D0%BC%D0%B8)

Umumiy ball: 5

 (/content/bugungi-kunda-ozbekistonda-elektron-tijorat-sohasidagi-mavjud-tosiqlar-kamchiliklar-

va)


Umumiy ball: 4

 (/content/qiyinchilikda-lazzat-bor)

Umumiy ball: 34

Ёшликдан берилиши керак бўлган билим, одат, кўникмалар қаторига мен табиатга муҳаббат ва энергия

тежамкор фикрлаш маданиятини ҳам қўшган бўлар эдим. Агар ёш болаларга бу икки тушунчани

биргаликда бериш методикаси фойдаланилса, янада яхши самара беради деб ўйлайман.



texnolife.uz (/content/texnolifeuz)

Lazizbek Ergashev

23/03/2018 - 10:44

Ваъдалар занжири (Ваъдабозлар ўқимасин)

(/content/%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80-

%D0%B7%D0%B0%D0%BD%D0%B6%D0%B8%D1%80%D0%B8-

%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D0%B7%D0%BB%D0%B0%D1%80-

%D1%9E%D2%9B%D0%B8%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%B8%D0%BD)

Абдували Қурбонов

23/03/2018 - 10:05

Дастурчи бўлиш қийинми? (/content/%D0%B4%D0%B0%D1%81%D1%82%D1%83%D1%80%D1%87%D0%B8-

%D0%B1%D1%9E%D0%BB%D0%B8%D1%88-%D2%9B%D0%B8%D0%B9%D0%B8%D0%BD%D0%BC%D0%B8)

Aziz Abdulhakimov

21/03/2018 - 12:35

Мана 4йилдирки, ушбу соҳа буйича ўз билимларимни ошириб бормоқдаман.



Bugungi kunda O`zbekistonda elektron tijorat sohasidagi mavjud to`siqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish

yo`llari (/content/bugungi-kunda-ozbekistonda-elektron-tijorat-sohasidagi-mavjud-tosiqlar-kamchiliklar-va)

Nodirbek Osimjonov

19/03/2018 - 16:26

Bugungi kunda O`zbekistonda elektron tijorat sohasidagi mavjud to`siqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish

yo`llari.

Qiyinchilikda lazzat bor (/content/qiyinchilikda-lazzat-bor)

Orifjonova Muxlisaxon Alisher qizi

19/03/2018 - 02:27

Kutubxonada tadbir bo'ladigan bo'

O’rtacha: 5 (3 ovozlar)

O’rtacha: 5 (1 ovozlar)

O’rtacha: 5 (26 ovozlar)

O’rtacha: 5 (1 ovozlar)

O’rtacha: 4 (1 ovozlar)

O’rtacha: 4.9 (7 ovozlar)

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 



 (https://www.facebook.com/SaharMaktabi) (https://www.facebook.com/SaharMaktabi) 

(https://plus.google.com/u/0/114173182494427021914/posts)

(https://plus.google.com/u/0/114173182494427021914/posts) 

(https://www.youtube.com/channel/UC_9Aizi82kgHuUsS_bK7hEA/feed)

(https://www.youtube.com/channel/UC_9Aizi82kgHuUsS_bK7hEA/feed) 

(https://twitter.com/saharmaktab) (https://twitter.com/saharmaktab) 

(http://www.odnoklassniki.ru/saharijtimoiytadbirkorlik) (http://www.odnoklassniki.ru/saharijtimoiytadbirkorlik)

 (/content/koreys-tarbiyachisi-qoraqalpog%E2%80%99istonda-faoliyat-olib-bormoqda-suhbat)

Umumiy ball: 4

 (/content/%D0%BF%D0%BE%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8-%D0%B1%D1%83-

%D1%81%D0%BE%D0%B2%D2%93%D0%B0-%D1%91%D1%85%D1%83%D0%B4-

%D0%BA%D0%BE%D1%80%D1%80%D1%83%D0%BF%D1%81%D0%B8%D1%8F-%E2%80%94-

%D0%B8%D0%BD%D1%81%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82-

%D0%B2%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D1%81%D0%B8)

Umumiy ball: 5

Koreys tarbiyachisi Qoraqalpog’istonda faoliyat olib bormoqda : Suhbat (/content/koreys-tarbiyachisi-

qoraqalpog%E2%80%99istonda-faoliyat-olib-bormoqda-suhbat)

Bawirjan


17/03/2018 - 14:06

-O’zingiz va



Порами бу, совға? Ёхуд коррупсия — инсоният вабоси

(/content/%D0%BF%D0%BE%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8-%D0%B1%D1%83-

%D1%81%D0%BE%D0%B2%D2%93%D0%B0-%D1%91%D1%85%D1%83%D0%B4-

%D0%BA%D0%BE%D1%80%D1%80%D1%83%D0%BF%D1%81%D0%B8%D1%8F-%E2%80%94-

%D0%B8%D0%BD%D1%81%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82-

%D0%B2%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D1%81%D0%B8)

Аслонов Комилжон

17/03/2018 - 03:10

1

O’rtacha: 4 (1 ovozlar)

O’rtacha: 5 (1 ovozlar)

keyingi › (/content/rezyume-yozish-qoidalari?page=1)

Bosh Sahifa (Http://Saharschool.Org/)   Biz Haqimizda (Http://Saharschool.Org/About)   Ko’p Beriladigan

Savollar (Http://Saharschool.Org/About#Faq)   Bizga Bog'laning (Http://Saharschool.Org/About#Contact)

Saytdagi barcha materiallar mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq himoyalangan. Saytdan material ko’chirilganda sayt manzili ko’rsatilishi shart. © 2015

“O'quv xona” (/training)

 

 (/)    (/user)  



 





Download 337.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling