Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich fikrnom a saidmurotov Sulaymon


Download 9.18 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1629667
Bog'liq
Fikrnoma Sulaymon


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali Telekommunikatsiya va texnologiyalar fakulteti “Dasturiy injiniring”
yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich
F I K R N O M A
Saidmurotov Sulaymon universitetda o’qishni boshlaganidan o‘zining qobilyatlarini a’lo darajada namoyon qila boshlagan. O‘qishi davomida barcha imtihonlarini a’lo baholarga topshirib soha bo’yicha chuqur bilimlar olishga astoydil harakat qilgan.
Saidmurotov Sulaymon Respublika va universitet darajasida o’tkazilayotgan turli tadbirlar, start-up tanlovlar, sport musoboqalari va Zakovat ko’rik tanlovida ishtirok etib kelgan. Saidmurotov Sulaymon turli xil tadbirlar va kechalarda, jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. Fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirishga harakat qiladi. Hozirgi kunda “Zamonaviy onlayn o’quv markazini yaratish”, “Yangi O‘zbekiston yangi yoshlari” loyihalari bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.
Respublika va Xalqaro konferensiyalarda ham faol qatnashib maqola va tezislarni chop qildirmoqda. Saidmurotov Sulaymon ustozlari bilan yaqinda “Breadth-first va Dijkstra algoritmining farqlari”, “NFC texnologiyasining inson hayotida tutgan o’rni va ahamiyati”, nomli ilmiy maqolalari chop etilmoqda.
Iqtidorli talaba Saidmurotov Sulaymon o’zining tirishqoqligi va ilmiy izlanishlari orqali iSpring, AutoPlay Media Studio, MikTex, TexStudio kabi dasturlarida va Windows, Linux, Android va MAC kabi operatsion tizimlarda ishlashni, C++, CSS, HTML, Python kabi dasturlash tillarida ilovalar yaratishni mukammal o’zlashtirdi.
Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich darslardan bo’sh paytlarda o’zining ustida ishlab yangi loyihalar kashb etmoqda undan tashqari Ustozlari tashkil qilgan to’garaglarda faol qatnashib, bilimlarini doimiy ravishda oshirib kelmoqda.
Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich filial professor-o’qituvchilariga va tengdoshlariga yaxshi va xushmuomala munosabatda. Nutqi ravon, dunyoqarashi keng, dadil. Shuningdek, chet tillarini va yangi dasturlash tillarini hamda dasturiy injeneringi bo‘yicha muntazam shug‘ullanadi.
Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich nomzodini “Hokim stipendiyasi” davlat mukofotiga qatnashishga tavsiya qilaman.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU UF “Telekommunikatsiya texnologiyalari”
fakulteti dekani: E.Avazov
Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling