Salt ishlash va aralashma tarkibini kompensasiyalash tizimi. Tayanch so’z va iboralar


Download 139 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi139 Kb.

Aim.uz

Salt ishlash va aralashma tarkibini kompensasiyalash tizimi.

Tayanch so’z va iboralar

IYoD turlari, IYoD klassifikag’iyasi, IYoD chiqaradigan zavodlar, sikl, takt, yuqori chekka nuqta, quyi chekka nuqta, porshen yo’li, siqish darajasi, ish hajmi, to’la xajmi, yonish kamerasi, samarali va nominal quvvat.



Reja:

  1. Salt ishlash tartibi

  2. Aralashma tarkibini kompensatsiyalash tizimi

  3. Karbyuratorning salt ishlash tizimi

Sistemaning sistemasi 10.5-rasm keltirilgan. I.Yo.D salt ishlayotganda drossel-zaslonka 10 berk bo’ladi va karbyurator diffuzoridagi siyraklanish kam bo’lgani tufayli asosiy jiklyor 1 ning tuzatkichi orqali yonilg’i purkalmaydi. Kiritish taktida porshin harakatlanganida karbyuratorning patrubogida, drossel-zaslonkadan pastroqda yuqori darajada siyraklanish yuzaga keladi. Havo ushbu siyraklanish natijasida havo jiklyori 5 va teshik 7 orqali kiradi, shuningdek salt ishlash yonilg’i jiklyori 2 orqali yonilg’i oqib chiqadi. Yonilg’ining havo bilan aralashuvidan yuzaga kelgan aralashma kanal 6 dan o’tib, teshik 7 sohasidan havo ta’sirida suyuladi, vint 8 orqali o’tgach, karbyurator potrubogiga chiqib boradi. Drossel-zaslonkaning qirrasi bilan patrubok devori orasidagi tirqishdan kirayotgan havo zarur tarkibli aralashma hosil bo’lishini taminlaydi. Berkituvchi konusli vint 8 teshik 9 orqali chiqayotgan yonuvchi aralashma miqdorini o’zgartirish, binobarin, uning tarkibini rostlab turish uchun hizmat qiladi. Vint burab chiqarilganda aralashma o’tadigan teshik kattalashadi, natijada yonuvchi aralashma quyuqlashadi. Teshik 7 dan salt ishlash rejimidan kichik yuklanishlar rejimiga o’tilganda aralashmaning tarkibini o’zgartirish uchun foydalaniladi. Drossel-zaslonka biroz ochilganda I.Yo.D ga keladiga havo miqdori ortadi. Bunda teshik 7 yuqori siyraklanish soxasiga tushib qoladi, buning evaziga karbyurator porubogida havo bilan aralashuvchi yonilg’i-havo emulsiyasining miqdori ko’payadi va aralashma kerakli darajada quyuqlashadi. Punkter chiziq bilan ko’rsatilgan vint 12 salt ishlash rejimiga drossel-zaslonkaning eng ko’p yopilishini cheklab turadi. Vintni burab kirgizish orqali drossel-zaslonka kirrasi bilan patrubok devori o’rtasidagi tirqish kattalshtiriladi. Shunda I.Yo.D ga kirayotgan yonuvchi aralashma miqdori ko’payadi, bu esa salt ishlaganda ishlaganda ishlanish chastotasining ortishi sabab bo’ladi.

Xozirgi vaqtda karbyuratorlarda qo’llanilayotgan asosiy dozalovchi sistemalar aralashma tarkibini kompensatsiyalash tuzulmalari bilan jihozlanadi. Yonilg’i jiklyoridagi siyraklanishi o’zgartirish asosida ishlaydiga sistema eng soda bo’lganio, ishonchli ishlagani va yonilg’ining havoda yaxshi to’zitilishini ta’minlagani uchun eng tarqalgan. Bunday sistemalar ZIL-130 avtomobeli va uning modefikatsiyalaridagi K-88A karbyuratorida, Ural-375 avtomobili va uning modefikatsiyalaridagi K-89A karbyuratorlarida, GAZ-53 avtomobili va va uning modefikatsiyadagi K-126B karbyuratorlarida, shuningdek mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qator boshqa karbyuratorlarda qo’llaniladi.



32-rasm. Karbyuratorning calt ishlash tizimi



b da keltirilgan sistema ko’rib chiqilgan sistemadan salt ishlash sistemasi bilan birgalikda ishlaganligi sababli farq qiladi. Havo sarfi kam bo’lgada asosan salt ishlash sistemasi ashlaydi va u aralashmaning keragicha suyuqlashuvini ta’minlaydi. Diffuzordagi siyraklanish ortib borishi bilan teshiklar 8, 10, 12 orqali kompensatsiyalovchi quduqcha 3 ga havo kira boshlaydi va u jiklyor 1dan oqib chiqayotgan yonilg’iga aralashadi. Bu hol yonilg’ining uzatilish sifatini yaxshilaydi va zarur xususiyatli aralashma hosil bo’lganda qadar uni qo’shimcha ravishda suyultiradi.


Aim.uz


Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling