Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani, prof. J. Eltazarovga


Download 28.71 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi28.71 Kb.
#1368744
  1   2   3
Bog'liq
matnlar


Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti dekani, prof. J.Eltazarovga
shu fakultet o`zbek filologiyasi bo`limi
4- kurs talabasi Eshonqulova Charosdan


TUSHUNTIRISH XATI
2018-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida dugonam Turdiyeva Sitora bilan malakaviy-bitiruv ishimizning xulosa qismini qanday yakunlash to`g`risida suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt qattiq shamol tufayli qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza oldidagi gullar ekib terib qo`ylgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar va gultuvaklarning siniqlarini yig`ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech kim aybdor emas.

2018.27.03. imzo Eshonqulova Ch.


TILXAT
Men, Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika bo`limi III kurs “A” guruhi talabasi Abdullayev Abdumalik Erkinivich, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha fakultet dekani o`ribosari Rozmurodov Do`stmurod Azizovichdan talabalar spartakiadasida voleybol bo`yicha ishtirok etayotgan fakultet terma jamoasi a’zolari uchun 12 dona yangi sport kiyimi, bir dona voleybol to`pi oldim. Kiyimlar va to`pni sport musobaqalari tugagach dekanatga keltirib topshirishni o`z zimmamga olaman.

2018.18.01. imzo ABDULLAYEV A.E.


Samarqand shahar 17-o`rta umumta’lm
maktabining kimyo fani o`qituvchisi
Elomonova Marjonaning IX sinf
o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan
I bosqich olimpiadasi natijalari
yuzasidan qisqacha
HISOBOTI

2018-yil 26-yanvar kuni avvaldan tayinlangan hakamlar ishtirokida IX sinf o`quvchilari o`rtasida kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasi o`tkazildi. Olimpiadada to`rtta to`qqizinchi sinfdan 20 o`quvchi ishtirok etdi. Olimpiada ishtirokchilarining har biri 50 tadan test savollariga javob berishdi, turli mavzularga doir uchtadan masala yechishdi va ikkitadan kimyoviy reaksiyalarni tavsiflashdi. Yozma ishlar va test javoblari maktab direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari Davlatova Guliston tomonidan shifrlanib, hakamlar tomonidan adolatli tekshirildi. Tekshirish natijalariga ko`ra IX ”A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon 90 ball to`plab birinchi, IX ”D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbek 88 ball to`plab ikkinchi, IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarning har biri 80 balldan to`plashib uchinchi o`rinni egallashdi. Hakamlar kimyo fanidan birinchi bosqich olimpiadasida faxrli birinchi va ikkinchi o`rinlarni egallab, g`oliblikni qo`lga kiritgan IX “A” sinf o`quvchisi Madaminov Ramazon va IX “D” sinf o`quvchisi Jahongirov Temurbeklarni kimyo fani bo`yicha Samarqand shahar o`rta umumta’lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan ikkinchi bosqich olimpiadasida ishtirok etishlari uchun tavsiya etdi. Hakamlar faxrli uchinchi o`rinni egallashgan IX ”A” sinf o`quvchisi Raupov Javohir va IX ”B” sinf o`quvchisi Azizov Ro`zmurodlarni tuman xalq ta’limi bo`limi faxriy yorlig`i bilan taqdirlashga tavsiya etdi. Olimpiada Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizom qoidalariga to`la rioya etilgan holda o`tkazildi.


Kimyo fani o`qituvchisi: imzo ELOMONOVA M. 2018.27.01.


Ariza kiritilayotgan davlat organi yoki tashkilotning toʻliq nomi va uni (tashkilotni) tashkiliy huquqiy shakli
Ariza kiritilayotgan davlat organi yoki tashkilot rahbarining lavozimi
Ariza kiritilayotgan davlat organi yoki tashkilot rahbarining F.I.O.ga
Ariza beruvchi shaxs ishlayotgan davlat organi yoki tashkilot toʻliq nomi va uni (tashkilotni) tashkiliy huquqiy shakli
Xodim ishlaydigan boʻlim (tarkibiy tuzulma) nomi
Xodimning ishlab kelgan vazifasi (lavozimi)
lavozimida
faoliyat yuritayotgan
Ariza beruvchi shaxsning F.I.O.dan
ARIZA
(Moddiy yordam olish huquqi asosida yillik mehnat taʼtili berish toʻgʻrisida)
Menga Taʼtil berilishi uchun asos boʻladigan mehnat davrining boshlanish vaqtidan Taʼtil berilishi uchun asos boʻladigan mehnat davrining tugash vaqtiga qadar boʻlgan ish yilim uchun joriy yilning Mehnat taʼtilining boshlanish sanasidan Taʼtil vaqtining davomiyligi ish kunidan iborat boʻlgan yillik mehnat taʼtili berishingizni soʻrayman.
Shuningdek, mehnat layoqatim va jismoniy imkoniyatimni tiklab olish maqsadida, korxona hisobidan moddiy yordam ajratishingizni soʻrayman.
Ariza berilgan sana
Ariza beruvchi shaxsning F.I.O. ________________
Samarqand davlat universiteti
rektori, professor R.I.Xalmuradovaga
amaliy matematika va informatika
fakulteti 104-guruh talabasi
Iskandorov Akmaldan


ARIZA

Meni Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti “Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasiga 0.5 (yarim) shtat birligida kabinet mudiri lavozimiga ishga qabul qilishingizni so‘rayman.


2020.02.09. imzo Iskandarov A.

Download 28.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling