Samarqand davlat universiteti yo’nalish: Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha) Guruh: 350-a bajardi: Suratov Mirzobek Tekshirdi: Qurbonov D. Fan: Jinoyat huquqi. Mavzu: Odil sudlovga qarshi jinoyatlar
Download 16.05 Kb.
|
Jinoyat huquqi,Mustaqil ish
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Yo’nalish:Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo’yicha) Guruh: 350-A Bajardi:Suratov Mirzobek Tekshirdi:Qurbonov D. Fan:Jinoyat huquqi. Mavzu: Odil sudlovga qarshi jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Odil sudlovni ta’minlash sud tizimining har qanday huquqbuzarliklardan, jinoiy tajovuzlardan va turli xildagi suiiste’molchiliklardan himoya qilingan holda amalga oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Odil sudlovni ta’minlash, nafaqat, odil sudlov tizimining huquqiy himoyalanishi uchun, balki inson huquqlarining ta’minlanishi uchun ham muhim hisoblanadi. Aynan odil sudlovning buzilishi inson huquqlarining buzilganligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Jinoyat kodeksining XVI bobida «Odil sudlovga qarshi jinoyatlar» uchun jinoiy javobgarlik belgilangan:
Aybsiz kishini javobgarlikka tortish (Jinoyat kodeksining 230-moddasi). Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish (Jinoyat kodeksining 231-moddasi). Sud qarorini bajarmaslik (Jinoyat kodeksining 232-moddasi). Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (Jinoyat kodeksining 233-moddasi). Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish (Jinoyat kodeksining 234-moddasi). Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash (Jinoyat kodeksining 235-moddasi). Тergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish (Jinoyat kodeksining 236-moddasi). Yolg‘on xabar berish (Jinoyat kodeksining 237-moddasi). Yolg‘on guvohlik berish (Jinoyat kodeksining 238-moddasi). Surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish (Jinoyat kodeksining 239-moddasi). Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani bajarishdan bo‘yin tovlashi (Jinoyat kodeksining 240-moddasi). Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish (Jinoyat kodeksining 241-moddasi).
Bu jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikning Jinoyat kodeksiga kiritilishi bilan sud tizimida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish va ogohlantirish masalalari nazarda tutiladi. Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi ham aynan O‘zbekistonda odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlash va inson huquqlarining sud organlarida himoya qilinishi tartiblarining buzilishi bilan xavfli hisoblanadi. Bu jinoyatlar uchun ham jinoiy javobgarlikning qonuniy asoslarini to‘g‘ri belgilash lozim. Jumladan, odil sudlovga qarshi jinoyatlarning yuridik xususiyatlari o‘ziga xos belgilariga ega. Bu jinoyatlarning obyektini aynan odil sudlovning normal holatlari va fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan huquq va manfaatlari bo‘lishi mumkin. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan odil sudlovning huquqiy asoslarining buzilishi va inson huquqlarining buzilganligida ifodalanadi. Bu jinoyatlarning ayrimlarida iqtisodiy xarakterdagi zararning kelib chiqishligi bilan jinoiy javobgarlikning belgilanganligini ham ko‘rish mumkin. Jumladan, band solingan mulkni qonunga xilof ravshda tasarruf etish» (Jinoyat kodeksining 233-moddasi) jinoyati uchun jinoiy javobgarlik ancha miqdorda zarar yetkazishga sabab bo‘lganida jinoiy javobgarlikka asos bo‘la oladi. Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning obyektiv tomondan aksariyat jinoyatlari faol harakat bilan sodir etilsa (masalan, 230-modda – «Aybsiz kishini jinoiy javobgarlikka tortish»; 231-modda – «Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish» va h.k.), ayrimlarining faqat harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin (masalan, 240-modda – «Jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani bajarishdan bo‘yin tovlashi», 241-moddaning 1-qismi — «Jinoyat haqida xabar bermaslik»). Bu jinoyatlarning ayrimlari ham harakat bilan, ham harakatsizlik bilan sodir etiladi. Bunday jinoyatlarga Jinoyat kodeksining 232-moddasi – «Sud qarorini bajarmaslik» jinoyati sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini qasddan bajarmaslik (harakatsizlik) yoki ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi (harakat)da ifodalanadi. Odil sudlovga qarshi jinoyatlar subyektiv tomondan faqat qasddan sodir etilishi mumkin bo‘lib, ehtiyotsizlikdan sodir etilganligi uchun jinoiy javobgarlikning qo‘llanilishi mumkin emas. Odil sudlovga qarshi jinoyatlarning subyektlarini uch guruhga bo‘lish mumkin. Jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari (Jinoyat kodeksining 230-moddasi; 231-moddasi; 234-moddasi; 235-moddasi); odil sudlovni amalga oshirishga jalb qilingan shaxslar (Jinoyat kodeksining 232-moddasi; 233-moddasi; 238-moddasi; 239-moddasi; 240-moddasi); boshqa shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 236-moddasi; 237-moddasi; 241-moddasi). Bu jinoyatlarning subyekt yoshlari asosan 16 yoshdan belgilangan bo‘lsa, ayrim jinoyatlar (Jinoyat kodeksining 230-moddasi; 231-moddasi; 232-moddasi; 234-moddasi; 235-moddasi) uchun jinoiy javobgarlik o‘n sakkiz yoshdan belgilangan. Download 16.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling