Mavzu: sifat so’z turkumi reja: Kirish Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti


Download 98 Kb.
bet1/16
Sana02.01.2022
Hajmi98 Kb.
#184753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
SIFAT SO’Z TURKUMI


MAVZU: SIFAT SO’Z TURKUMI
Reja:
Kirish

1.Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti.

2.Sifat yasalishi.

3.Sifat darajalari va uning intensiv formalari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Turkiy tillarda, jumladan, o’zbek tilida sifat tarixan maxsus morfologik ko’rsatkichga ega bo’lmagan. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra sifat dastavval mustaqil so’z turkumi sifatida mavjud bo’lmagan, u so’ngroq ot turkumidan o'sib chiqqan va shakllanib rivojlangan.E.V.Sevortyanning ta'kidlashicha, sifatning otdan differensiasiyalanish jarayoni ancha ilgarigi davrlarda boshlangan, V—VIII asrlarga kelib bu jarayon ancha keng tus olgan. Sifatning jamlanishi va kristallashishi asta-sekinlik bilan turli davrlarda paydo bo'lgan turli formalar hisobiga yuz bergan. Bu formalarning ayrimlari qadimdayoq, kammahsul bo’lgan, ayrimlari esa o'z sermahsulligini hozirgi kunlargacha saqlab qolgan va hatto yanada kengaytirgan. Ayrim formalar ot va sifat uchun mushtarak bo’lgan, ayrimlari faqat sifatgagina tegishli bo’lgan, lekin keyingi davrlarda taraqqiy qilmagan.
1.Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti.

XV—XIX asrlarga mansub manbalar tilida qayd etilgan sifatlar, umuman, turkiy tillardagi, xususan, o’zbek tilidagi sifatlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo'lib, bulardan asosiylari quyidagilar:

•narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning semantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub (asliy) va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o’zgachaliklarga egadir;

• tub sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi shu sifatning to’gridan-to’gri ma'nosidan anglashiladigan rang, tus, tur, ta'm, maza, hajm, vazn, me'yor, sath, miqyos kabi doimiy sifat belgilari bilan bog’liq bo’ladi, bu doimiy sifatiy belgilar konkret va abstrakt xarakterda bo'lishi mumkin: aq alma, aq kynyl, achchi’q danak, achchiq dard kabi;

• nisbiy sifatda esa belgi tushunchasi shu yasama sifatga asos bo’lgan so’zdan anglashiladigan narsa-predmet yoki hodisa ma'nosi bilan bog’liq bo’lib, uning belgi-xususiyati boshqa turdagi narsa-predmet yoki hodisaga turli darajada nisbat berilishi orqali ifodalanadi.

Turkiy tillar taraqqiyot bosqichining qadim davrlaridan boshlangan sifatning otdan ajralib chiqishi uzluksiz hodisa bo’lib, bu jarayon hanuz davom etmoqda. Bundan hamma sifat ham otdan ajralib chiqqan, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Chunki sifat mustaqil kategoriya sifatida ajralib chiqqandan keyin bu turkum tarkibiga yangidan qo’shilgan belgi ifodalovchi bir qator tub va yasama so’zlar, yasovchi affikslar mavjudki, ularning kelib chiqishi va tabiati hozircha aniqlangan emas.



Sifat turkumiga oid so’zlarning katta qismini yasama sifatlar tashkil qiladi. Yasama sifatlar ikki xil yo’l bilan: morfologik (affiksasiya) va sintaktik (kompozisiya) usuli bilan hosil qilinadi.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling