Otlardan sifat yasovchi affikslar. Otlar turkumiga oid so’zlardan sifat yasashda quyidagi affikslar qo’llangan.
-li'g’\lig,-luq\lug’,-luk\lug’. Ushbu affiks variantlarining ishlatilishidagi fonetik sharoit quyidagicha:
Tarkibida lablanmagan unlilardan biri bo’lgan bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so'nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ko’p bo’g’inli qattiq negizlarga affiksning asosan lablanmagan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga esa old qator variantlari qo’shiladi: ag’i'zli'q, yazli'q, bag’li'g’, tatli'q, yashli'q, qanli'q, biliglig, qorg’anli'q, atli'q, yevlik, yamag'li’q, kechalik.
Lablangan unlili bir bo’g’inli, shuningdek, barcha yoki so’nggi bo’g’inda lablangan unlisi bo’lgan qattiq negizlarga affiksning lablangan orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo’shiladi: boyluq, qayg’uluq, otluq, anduhluq, kychlyk, yyzlyk, olturushluk. Ba'zan bu umumiy qonuniyatning buzilishi kuzatiladi; lablanmagan unlili negizlarga affiksning lablangan variantlari, shuningdek, orqa qator variantlari yumshoq o’zaklarga va aksincha, old qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilib keladi. Bu hodisa, ayniqsa, XVII —XIX asrlarda ko’proq kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |