Mavzu: sifat so’z turkumi reja: Kirish Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti
Download 98 Kb.
|
SIFAT SO’Z TURKUMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgining ortiqligi darajasi.
Belgining kamligi esa bir necha affikslar orqali hosil qilinadi: -raq\rak
Kimki ulug’raq, ana xi'dmat kerak, Ulki kichikrak, ana shaffip kerak. (Nav.MQ,).
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bo'lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi, balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavjudligini anglatadi.
Sifat oldidan ravishlari keltiriladi: Bag’ayat biyik kishi (Nav.MN), asru ken (BN). Ta'kidlash zarurki,-raq\-raq affiksli shakllarda qiyos ma'nosi emas, balki belgining kamligi ma'nosi bosh ma'nodir Dostonlar tilida sifat so`zlar o`zlarining ma`no va grammatik xususiyatlari hamda yasalishi jihatdan, deyarli, adabiy tildagidan farq qilmaydi. Ularning quyidagi semantik guruhlari mavjud: 1. Holat bildiruvchi sifat so`zlar. Bunday so`zlar ba`zi ishlarda 10 guruhga bo`lib o`rganilsa, boshqasida 6 guruhga ajratib o`rganiladi. Biz quyida dostonlar tiliga ko`p qo`llangan so`zlarni keltiramiz. Bu so`zlar predmet, hodisa, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyatning belgisini ifodalaydi: a) tabiiy holatning belgisini bildiruvchi sifatlar. Ijobiy holat: suluv (A.i=19; R.i=14), barno (R.i=6), chiroyli (A.i=1; R.i=1), yaxshi (A.i=19; R.i=14) kabi. Har qayerdagi yaxshi, suluv, barno qizlarning oti bor (Rav.48). Salbiy holat: kal (A.i=1; R.i=8), mayib (A.i=8; R.i=1), soqov (A.i=1) kabi. o`lmay chiqsam senday kalning baxtiga (Alp.260). ...tilini alahaqqa cho`qib, soqovtob bo`lib qolgan edi (Alp.370). Ba`zi sifatlar faqat hayvon va predmetlarning belgisi uchun ham qo`llanadi. Masalan: Urushda pand berar otning mayibi (O.62). Јozning bir oyog`i singan, bir qanoti mayib bo`lgan, o`q tegib, holati ketib, shu yerga yiqilgan (Alp.234). b) jismoniy va fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: bardam (A.i=7), pir (A.i=4; R.i=2) yosh (A.i=42; R.i=29), qari (A.i=4; R.i=5), ko`hna (A.i=7; R.i=2) kabi. qancha yosh barno kanizlar o`rtaga olib o`tiripti. (Rav.34) Ravshanxon qarasa, bir ko`sa: juda ko`hna bo`lib ketgan pir ko`sa, uch yuzdan oshgan, to`rt yuzga yanashgan juda qari ko`sa, yo yilidan adashgan, balki besh yuzga kirgan...(Rav.40). Misoldagi ko`hna so`zi ning ifoda ma`nosi «qadimiy, eski» sifatida anglashilsa, nutqda bog`li qurshovda so`z ma`nosi jonsiz predmetdan jonli predmetga o`tkazilgan. Shu so`z orqali ijodkor ko`saning juda ham qariligini bo`rttirib ko`rsatgan. v) ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar: miskin (A.i=3; R.i=1), mungluq (A.i=15), g`amgin (A.i=4; R.i=1), maylis (mayus) (A.i=1) kabi. qaytay men ham bexush bo`lib yotaman (Alp.152). Esiga olsa ko`ngli maylis parishon (Alp.393). Mungluq singling senga arz qip turibdi, // qalmoqlarda checham jabr ko`ribdi (Alp.74). Insonning hayot qiyinchiliklaridan ruhiy jihatdan juda qiynalganligi, ruhiy iztiroblari, chorasizlikdan boshi qotib qolgan holatini aks ettirish uchun ijodkor mungluq, miskin, mayus (maylis) kabi so`zlarni o`rinli ishlatgan. g) kishining hayotiy holatini ifodalovchi sifatlar: boy (A.i=20; R.i=2), gado (A.i=3; R.i=1), yetim (A.i=10; R.i=3), bechora (A.i=4; R.i=12). Boysari boy edi, Boybo`ri esa shoy edi (Alp.14). Rostin desam, shu sag`irning qulisan (Alp.365). Menday g`arib qonlar yig`lab qolmaymi (Alp.152). 2. Shakl – ko`rinishni bildiruvchi sifatlar: keng (R.i=4), tor (R.i=6), kachkil (R.i=1), past (A.i=8; R.i=2), o`rta (A.i=2; R.i=4), go`shtdor (R.i=2) kabi. Oqqiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz, o`zi to`lgan sog` qiz, o`rta bo`yli chog` qiz, o`ynagani bog` qiz, uyqichi emas sog` qiz, eri yo`q toq qiz, ko`p kalondimog` qiz, o`yinga qulayroq qiz, to`g`ri ishga bulayroq qiz, qora ko`z, bodomqovoq qiz, sinli siyoh qiz, tanasi to`sh qo`ygan keng qiz, urushqoq emas jo`n qiz, et ko`targan go`shtdor qiz, biqini tor to`shdor qiz, kachkil bet, past burun, o`rta bo`yli, qizil chiroyli, keng manglayli, qulog`i yupqa, iyagi sergo`sht, qoshi ko`proq bir-biriga tutash, ko`zi qisiqnoma qiz, boybichcha monand, og`ir ko`chgan qiz edi (Rav.46). Keng, go`shtdor, tor, kachkil, past, o`rta, yupqa, sergo`sht so`zlarning «sifat belgi», «barqaror belgi», «umumiy baho», «shakl-ko`rinish» ma`nolarida birlashib, inson tasvirini, uning qiyofasini chizib berishda qo`llangan. Ular o`zaro farqlovchi ma`nolar – keng-tor «antonim belgi», keng – «me`yor ortiq», tor – «me`yor kam», sergo`sht, go`shtdor «sinonim belgi», «me`yor teng» kabi ifoda ma`nolarida voqelashgan. 3. Hajm-o`lchov, masofa bildiruvchi sifatlar: uzoq (A.i=28; R.i=6), uzun (A.i=3; R.i=4), kalon (A.i=1; R.i=1), kalta (A.i=3; R.i=2), yaqin (A.i=55; R.i=4), chuqur (A.i=6) kabi. Yo`lning uzog`ini bergin iloyim (Alp.270). Olis edi, men yaqinlab qolaman (A.271). Ravshanbek qarasa, bir katta bog`: o`zi juda kalondumog`, to`rt yog`ining devori uzun, kalta emas – baravar choppo-choq (Rav.19). Yaqinmikan, uzoqmikan qo`shqanot? // qisqa yiroqligin shunda bilaylik (O.30). Semizi irkillab, og`iri echkiday dirkillab yurgan qizlar qutulmay, menga bir gap bo`ldimi? (Alp.266). Sifat belgi tushinchasini bildiruvchi so'z turkumlaridan biri. Sifat predmet belgisini bildiradi: tiniq suv, qizil olma, aqlli qiz,kuzgi ishlar, quyuq choy, yosh bola. Sifat deb predmetning doimiy belgisini bildiradigan qanday? qanaqa? so'roqlaridan biriga javob bo'ladigan mustaqil so'z turkumiga aytiladi, Sifat mustaqil so'z turkumi sifatida quyidagi leksik-semantik, morfologik, sintaktik belgilarga ega: Sifatlarning belgi tushunchasini ifodalash uning leksik-semantik xususiyati sanaladi: qizil-rang tushunchasini ; jajji-hajm tushunchasini bildiryapti. Sifatlarning morfologik belgilari: A) belgi tushunchasiga nom bo'ladi, qanday? qanaqa? So'roqlaridan biriga javob bo'ladi. B) belgini bevosita yoki bavosita ifodalashiga ko'ra asliy va nisbiy sifatlarga ajratiladi. V) sifat belgini darajalab ko'rsata oladi: katta-kattaroq, eng katta, kap-katta. G) sifat yasalishi sistemasiga ega: yeyishadi, ko'rpalik, fusunkor. D) sifat turlanish va tuslanish xususiyatiga ega emas.
Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling