Mavzu: sifat so’z turkumi reja: Kirish Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti


Download 98 Kb.
bet14/16
Sana02.01.2022
Hajmi98 Kb.
#184753
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SIFAT SO’Z TURKUMI

Sifatlarning yasalishi.

Sifatlar ikki xil usul bilan yasaladi:

1)morfologik usul bilan; 2) sintaktik usul bilan.


  1. Morfologik usul bilan sifat yasalishi. Bunda sifat yasovchi qo'shimchalaar yordami bilan turli so'z turkumlaridan sifat yasaladi:

-li: a) kuchli, mevali, minishli; b) urganchli, sibirli, tog'li.

Bu qo'shimcha yana so'z birikmalarga va juft so'zlarga (ba'zan ikkinchi komponentga) qo'shilib, sifat yasaydi: qizil yuzli, oq soqolli, yer-suvli, bola-chaqali.

-ki, -qi, -aki, -i: qishloqi, pistaki, tutaki, vaysaqi, yuzaki. Ba'zan-ki yasovchisi-li qo'shimchasi bilan almashinib qo'llanishi mumkin: shunchaki-shunchalik, qishloqi-qishloqlik.

- gi(-ki,-qi): yozgi, bulturgi, tushgi, kuzgi, qishki.

-ba: bahavo, badavlat, bog'lar, kolxozlar badavlat.

-ser: serxosil, sergap, serxarakat, sertashvish, serquyosh.

-ma: qaynatma (sho'rva), ag'darma (etik), bo'yama (soch), yasama (tish).

-chil: epchil, izchil, dardchil.

-chan: ishchan, ko'ngilchan, unituvchan. Bu qo'shimcha- chang shaklida ham uchraydi. Bunday holda ma'noda farq bo'ladi, ya'ni-chan qo'shimchasidan ortiqlik, aktivlik ma'nosini -chang qo'shimchasida «ega emas», ba'zan esa «faqat o'shangagina ega» degan ma'nolarni o'taydi: ko'ylakchang, maxsichang, ishtonchang kabi.

-qoq, -qoq: botqoq, urishqoq, tirishqoq, burishqoq.

Rus tili oraliq kirgan sovet-internasional so'zlar tarkibida sifat yasovchi -on, -(a)n, -in, -iv qo'shimchalari bo'lib, ular tubandagi ma'nolarni anglatadi.-on qo'shimchasi xoslik, aloqadorlik, ma'nolarini bildiradi: revolyusiya-revolyusion, evolyusiya-evolyusion, intonasiya-intanasion, reviziya-revizion kabi.

-a (l) qo'shimchasi ma'lum holatga ega ekanlikni anglatadi.

Forma-formal, gorizon-gorizontal, norma-normal kabi.

-ik qo'shimchasi egalik, xoslik ma'nosini bildiradi: grammatik, sintaktik, kommunistik, sosialistik, pedagogik kabi.

2.Sintaktik usul bilan sifat yasalishi. Bu usulda ikki va undan ortiq so'zlarni turli yo'llar bilan o'zaro biriktirib, predmetning belgi-xususiyatini ifodalash uchun xizmat qiladigan sifatlar yasaladi. Bunday sifatlar tarkibli ya'ni, qo'shma va juft bo'ladi. Bu haqda quyida («sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari» bo'limida) ma'lumot beriladi.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling