Mavzu: sifat so’z turkumi reja: Kirish Sifat so’z turkumining tarixiy taraqqiyoti


Sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari


Download 98 Kb.
bet15/16
Sana02.01.2022
Hajmi98 Kb.
#184753
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
SIFAT SO’Z TURKUMI

Sifatlarning tuzilishiga ko'ra turlari.
Sifatlar tuzilishiga ko'ra uch turli bo'ladi: sodda, qo'shma, juft sifatlar.

1. Sodda sifatlar. Sodda sifatlar shakli bir o'zakli, yoki biri negizli yakka so'zlardan tashkil topadi. Bunda ular: a) yakka o'zakdan iborat bo'ladi: oq, qora, yaxshi, yomon, zo'r, katta, keng, tor kabi;

b) Biror qo'shimcha yordamida yasalgan yasama sifatidan iborat bo'ladi: bolali, ommaviy, uyatchan, suvsiz kabi.

2. Qo'shma sifatlar: ikki undan ortiq o'zaklarning birikuvidan hosil bo'lgan sifatlar qo'shma sifat ataladi.

Qo'shma sifatlar bir bosh urg'u bilan aytilib, bir belgi xususiyatni ifodalash uchun xizmat qiladi. Och sariq, ko'p bolali, qalam qosh kabi.

Qo'shma sifatlar tarkibi jihatdan quyidagicha qismlardan iborat bo'ladi:

1) sifat- sifat: to'q-ko'k, och-pushti, ola-qoshqa, erka-arzanda, ijtimoiy-siyosiy kabi.

2)sifat- ot; ochiq ko'ngil, och ko'z, yalang oyoq, yolg'iz oyoq, xushfe'l, sofdil, qora qosh;

3)sifat-ot-sifat yasovchi qo'shimcha: ko'k ko'zli, o'tkir zexnli, qizil bayroqli kabi.

4)ot-ot: qo'yko'z, sheryurak, toshbag'ir, echkisoqol, bodomqovoq kabi;

5)ot-ot-sifat yasovchi qo'shimcha: temir irodali, it fe'lli kabi;

6) ot-sifatdosh: tinchliksevar, erksevar, ko'zilg'amas, ishyoqmas kabi;

7) ravish- fe'l: ertapishar, kechpishar, tezoqar kabi;

8) son-ot-sifat yasovchi qo'shimcha: to'rtbolali, ikki g'ildirakli, uch elementli, ming tishli kabi;

9) ot-qo'shimcha- bor, yo'q (so'zlari): bahosi yo'q, tengi yo'q, aqli bor, (yigit) kabi.

2.Juft sifatlar. Predmetning bir umumiy belgisini ifodalaydi, odatda ikki sodda sifatdan teng bog'lanish yo'li bilan tuziladi. Bunday sifatlar quyidagi yo'llar bilan hosil qilinadi.

Ma'nodosh ikki sinonimik sifatdan: qing'ir-qiyshiq, pishiq-puxta kabi. Bunday juft sifatlarning ba'zilarida xozirgi zamon tilida ikkinchi komponent mustaqil ma'noga ega bo'lmaydi. Ikir-chikir, eski-tuski, ola-bula, kabi.

Qaram-qarshi ma'noli so'zlar antonimik sifatlar juftlashadi: oq-qora, katta-kichik, past-baland, uzoq-yaqin, yaxshi-yomon kabi.

Juft sifatlarning qismlarning har bir mustaqil urg'u bilan aytiladi.

XULOSA


Sifatni o’rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashib boradi. O’quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so’rog‘ini berishga o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. Ona tili va o’qish darslarida

o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi.

Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistikxususiyatlarigaasoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o’rganishni talabqiladi. Sifatni tushunish uchun I sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog‘lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning

semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi.



Foydalanilgan adabiyotlar.

1.I.Karivov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., 2008.

2. NigmatovX.G., Funktsionalnaya morfologiya tyurkoyazichnix

pamyatnikov, X-XP v.v.,T.,1989.


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling