-li\li,-lyi,-ly. Bu affiks variantlarining ishlatilishida ham asosan singarmonizm qonuniyatiga amal qilingan: old qator variantlari yumshoq negizlarga, orqa qator variantlari qattiq negizlarga qo’shilgan: kendli', yag’i',tatli',men’zli,biligli,yarali kabi. Lablangan –lu\-ly variantlarining qo’llanishida boshqacharoq manzara kuzatiladi; singarmonizm qonuniga binoan tarkibida lab unlilaridan biri bo’lgan bir bo’g’inli yoki so’nggi bo’g’inida shu unlilardan biri bo’lgan ikki yoki ko’p bo’g’inli qattiq negizlarga affiksning orqa qator variantlari, yumshoq negizlarga old qator variantlari qo'shiladi: otlu,tug’lu,Ko’zly,yuzlu,ko’rykly. Lekin bunday shakllar siyrak uchraydi. Ko’p hollarda lablangan unlisi bo’lmagan so’zlarga ham affiksning lablangan variantlari aksincha, lablangan unlili so’zlarga affiksning lablanmagan variantlari qo’shilish hollari mavjud: g’amlu,namlu,bag’lu, yolli'g’,qoyli',tug’li',ko’zli kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |