Samdukf biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetida ta’lim yo`nalishlariga “Tarbiya – hayot-mamot masalasi ” mavzusi asosida o`tilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”bo’yicha Bayonnoma №07


Download 23.17 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi23.17 Kb.
#1088908
Bog'liq
Axborot soati Tarbiya-hayot-mamot masalasi №7 9.11.2022


SamDUKF Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetida ta’lim yo`nalishlariga “Tarbiya – hayot-mamot masalasi ” mavzusi asosida o`tilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”bo’yicha
Bayonnoma № 07
SamDUKF Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti “Biznesni boshqarish”kafedrasi assistant o’qituvchisi tomonidan 09.11.2022 yil.Sanasida menga biriktirilgan “Bank ishi va audit”ta’lim yo’nalishi BI_21_07- guruh,BI_21_08-guruh, BI_21_09- guruhlariga “Tarbiya – hayot-mamot masalasi” mavzusi asosida o`tilgan axborot soati bayoni..
Dono xalqimiz ta'lim-tarbiyani uyg‘unlikda olib borishni afzal biladi. “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, deyilishi ham bejiz emas. Farzand tarbiyasida oila hamda jamiyatni birdek mas'ul hisoblaydi. Ulug‘ allomalarimiz bu mavzuga bot-bot e'tibor qaratgani, Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”,deya ta'kidlaganida ham katta ma'no mujassam. Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya taraqqiyoti mamlakat ravnaqi va taqdiriga daxldor masaladir.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. 
Keling, avvalo tarbiya tushunchasiga to‘xtalib o‘tamiz tarbiya nima? Ta’lim va tarbiya borasidagi ma’lumotlarni bir-biridan ayri holatda tasavvur qilish mumkin emas. Bu ikkisi bir jasaddagi bel va qorin kabidir. Biri ikkinchisisiz hech narsaga yaramaydi balki noqis bo‘ladi. Shuning uchun ham dunyo miqyosida insoniyatning, xususan, yoshlarning tarbiyasi buzilib ketayotgani to‘g ‘risida tez-tez tashvishli xabarlar tarqatiladi va bu borada odamni daxshatga soladigan raqamlar taqdim qilinadi. Vaholanki, dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, XX-XXI asrlarda avvalgi asrlardagiga nisbatan savodsizlikka qarshi keskinroq choralar ko‘rildi, ta’lim tizimi kuchaytirilib takomillashtirildi. Umumiy ta’lim kirib bormagan yurt deyarli qolmadi. Xattoki ba’zi mamlakatlar aholisi ilm-fan bo‘yicha inson ko‘zi ko‘rmagan, qulog`i eshitmagan yutuq va taraqqiyotlarni qo‘lga kiritdi. Lekin asosiy-ko‘zlangan maqsadga erishilayotgani yo‘q. Shuning uchun ham ilm-fan rivojlangan mamlakatlarda tarbiyasizlik, axloqsizlik, ma’naviyatsizlik oriyatsizlik, madaniyatsizlik va hattoki inson zotiga mutlaqo to‘gri kelmayidigan illatlar kundan-kunga keng ko‘lamda yoyilib boryapti. Albatta, buning sabablari ko‘p. Shulardan biri va eng asosiysi “Tarbiya” degan buyuk bir ne`matdan, mas’uliyatdan va vazifalardan yuz o‘girilishidir. 
Forobiyning taʼlim-tarbiya yoʻllari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U “Insonda goʻzal fazilatlar ikki yoʻl-taʼlim va tarbiya yoʻli bilan hosil qilinadi. Taʼlim faqat soʻz va oʻrgatish bilangina boʻladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, yaʼni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat boʻlgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan boʻlishi, oʻrganishidir”, deya taʼkidlaydi. Olim, oʻz navbatida, taʼlimda barcha fanlarning nazariy asoslari oʻrganilsa, tarbiyada maʼnaviy-axloqiy qoidalar, odob meʼyorlari oʻrganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Shuning uchun ushbu gʻoyalardan jamiyatning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlashda, maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilashda foydalansa, maqsadga muvofiq boʻladi.
Navoiy inson qadr-qimmati uning mol-mulki, zeb-ziynati, mansabi yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning maʼnaviy qiyofasi, axloqiy sifatlari, undan elga qanchalik naf tegishi bilan belgilanishini koʻp marta takrorlagan. Shoir sheʼrlaridan birida:
Tut bargichalik qimmating yoʻqmi?
Ipak qurtichalik himmating yoʻqmi?
-deya insonni oʻylashga, oʻylaganda ham oʻz hayotidan kelib chiqib xulosa qilishga chorlaydi. Shu ikki satrda insonning dunyoga kelishidan tortib, bu yorugʻ olamda yashashning tub mohiyat ochib berilgan.
Shoirning quyidagi soʻzlari ham tahsinga sazovor: “Kishilarning soʻz bilan naf yetkazish qoʻlidan kelmasa, loaqal koʻnglidagi andishasi yaxshi boʻlishi kerak. Koʻngli odamlarning xursandligidan xursand boʻlishi lozim. Kimning xalq gʻamidan gʻami boʻlmasa, haqiqiy odam boʻlsang, uni odam dema”.
Axborot soati davomida tayyorlangan taqdimotlar va ko`rgazmaviy qurollar yordamida ma’ruzani qiziqarli va qizg`in muzokaralar bilan tashkil etildi.
Biznesni boshqarish” S. Maxmudov
Kafedrasi o’qituvchisi


Download 23.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling