Sa’na: 17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi


Download 73.36 Kb.
Sana27.06.2023
Hajmi73.36 Kb.
#1656665
Bog'liq
5-sinf tinchlik va osoyishtalik


Sa’na:
17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)


Kun shiori: “Osuda va farovon hayotimiz kafolati”
Maqsad: O`quvchilarda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lishini, milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lishini, sarhadlarimiz tinchligi va daxlsizligini avaylab-asrayotgan harbiylarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, vatanparvarlikni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O`qituvchi:
“Mening ezgu orzuim shuki, armiyamiz xalqimiz, millatimizning ming yillar davomida shakllangan asl qiyofasi, azaliy qadriyatlari va xislatlarini o’zida mujassam etsin, uning saflarida xizmat qiladigan farzandlarimiz o’zi tug’ilib o’sgan, voyaga yetgan, ota-bobolarining xoki yotgan muqaddas zaminimizga bir umr sadoqatli bo’lsin.
.

Posbonlar


Sizda orom qayda, Sizda tin qayda.
Siz to`yib uxlagan bitta tun qayda.
El-yurt oromini asragan zotlar,
El mehri asrasin Sizni har joyda!..

Sizni uchrataman tog`da, dalada,


Xizmatda hamisha-qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada…

Har kun oftob bilan sog` ko`rishib yuz,


Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug` bo`lsin, ko`ksi ulug` bo`lsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.

Yo`llar ravon bo`lsin, yo`llar oq bo`lsin,


Bahor maysalari ko`kchiroq bo`lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz Sizga ko`zmunchoq bo`lsin!..

Muhammad Yusuf


1991 yil 1 sentabr... Asriy orzu umidlar ushaldi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligini qo'lga kiritdi. Mustaqil davlat sifatida o'z tili, Bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga ega bo’ldi.
Xalqimiz o'zining ulug' maqsadi: Ozod va obod Vatan ravnaqi, erkin va farovon hayot qurish yo'lida ulkan ishlarga bel bog'ladi.
Har bir davlat o'z xavfsizligini ta'minlash, yurt tinchligini saqlash maqsadida o'z armiyasini shakllantiradi.
O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 1992 yil 14 yanvarda tashkil topgan.
O ’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125-moddasida: O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi deyilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 126-moddasida esa O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga egaligi aytib o'tilgan.
Download 73.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling