Sana: Darsning mavzusi: Sonli ifodalar. Darsning maqsadi: Ta’limiy


Download 97.19 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi97.19 Kb.
#1653312
Bog'liq
Ochiq dars tayyori


Sana:_____________
Darsning mavzusi: Sonli ifodalar.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga sonlarning yozuvda uch xil ifodalanishi, raqamlarning harfiy ifodasini to‘g‘ri yozish, raqamlarda chiziqchaning to‘g‘ri ishlatilishi haqida tushuncha berish; mavzu borasidagi egallagan bilim , ko‘nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish;
Tarbiyaviy:o‘quvchilarda sportga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalash. TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
Rivojlantiruvchi: darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, chiroyli va to‘g‘ri yozish malakasini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, savol-javob, «Aqliy hujum», Ha va Yo‘q, zinama-zina, ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: komyuter, mavzuga mos rasmlar, tarqatma materiallar, test. Rag‘bat kartochkalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan she’riy salomlashadi.
O‘qituvchi:
-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,
Latofatga boylarim, ham sho‘xi quvnoqlarim.
Tinglab mening so‘zlarim,olgansiz saboqlarim,
O‘ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.
-Hozir matematika darsi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa 5-misolni o‘qituvchi tekshirdi. O‘qituvchi misolning bajarilishini tekshirib chiqadi. Vazifani to‘g‘ri, ishlagan o‘quvchi rag‘bat kartochkasi bilan rag‘batlantiriladi.
O‘qituvchi darsi mustahkamlash uchun savol-javob o‘tkazdi.
Ha va Yo‘q ta’limiy o‘yini:
O‘quvchilarning javoblari to‘ldiriladi va umumlashtiriladi.
Savol va topshiriqlarga to‘liq javob bergan guruhga rag‘bat kartochkasi beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi o‘quvchilarga sonlar yozuvda uch xil ifodalanishini tushuntiradi.
-Dastlab odamlar sonlarni rim raqamida ifodalaganlar. Keyinchalik arab raqamlari o‘ylab topilgan. Arab raqamlarini yozish keng tarqalgan va shu kungacha bu raqamlardan keng foydalanib kelinmoqda. Chunki rim raqamlari yozuvda qiyinchilik tug‘diradi. Son qanchalik o‘sib borsa, uning rim raqamidagi belgilari ko‘payib ketadi. Arab raqamlarining afzalligi esa 0 dan 9 gacha bo‘lgan sonlar asosida yoziladi. Mavzudan qoida keltirib chiqiladi.
1) misol.
7 + 5 – 8 =? (6 + 5) – 9 =?
Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 3-misol doskada ishlandi.
O‘qituvchi mashhur olim al-Xoramiyning hind hisobiga yangilik kiritganligi haqida qisqacha so‘zlab beradi. Doskada 3-misol o‘quvchilar tomonidan bajarildi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘qituvchi yangi mavzuni “Tarmoqlash metodi” orqali mustahkamlaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun o‘z-o‘zini baholash usulida «Besh qadam» deb nomlangan test topshiriqlarini bajariladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga test tarqatadi. O‘quvchilar testni mustaqil bajaradilar.
O‘quvchilar test javobini ekran orqali tekshiradilar va o‘z-o‘zini baholaydilar.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar,darsimiz oxirlab bormoqda.
-Ana endi faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash taqdimoti.Buning uchun eng ko‘p rag‘bat kartochkasi sanaladi va Eng faol guruh, Eng chaqqon guruh, Eng bilimdon guruh nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.

Ikki bizga do‘st emas


Uchni yomon ko‘ramiz
To‘rt bo‘lsa ham mayliga
Beshdir bizning do‘stimiz
VI. Uyga vazifa.
5-misol.

Download 97.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling