Sana: Fanning nomi: Adabiyot Dars o`tiladigan sinf


Download 0.6 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1409660
Bog'liq
O`lmas Umarbekov hayoti va ijodi


Sana: ___________________
Fanning nomi: Adabiyot
Dars o`tiladigan sinf:______________
Darsning MAVZU: O‘. UMARBEKOV.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga O’lmas Umarbekov hayoti va ijodi hamda ”Qiyomat qarz ”hikoyasi haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, muomala madaniyatiga o’rgatish, o‘quvchilarga estetik tarbiya berish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilar so’z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish, o‘quvchilarning savodxonligini rivojlantirish.
Shakllantiruvchi kompetensiya:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
– o‘rganilgan ifoda vositalari asosida o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda nutqiy muhitga moslasha olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Dars turi: yangi o`zlashtiruvchi, bilim, ko`nikmam malakalarini mustahkamlash va takomillashtirsh darsi, uyg`unlashtirilgan dars, takrorlash va umumlashtiruvchi dars, nazorat tekshirish darsi, olingan bilimlarni amaliyotga qo`llash darsi
Dars metodi: an’anaviy, noan’anaviy, zamonaviy (tagiga chizilsin)
Dars uslubi: suhbat, bahs, aqliy hujum__________________
Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
1. Darsning borishi:____________________________________________
Tashkiliy qism, psixologik iqlim yaratish
A) sinf xonasini tozaligiga e’tibor berish;
B) o’quvchilar bilan salomlashish;
C) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish;
D) o’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni aniqlash;
E) o’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish.
O’tilgan mavzuni so’rash
1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering:
1.Roman deb nimaga aytiladi?
2.Roman tuzilishi va hajmiga ko’ra necha turga bo’linadi?
3.Roman-dilogiyaga misollar keltiring.
4.Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi romanning qaysi tuzriga kiradi?
5.Roman-tetralogiyaga misollar ayting.
2-topshiriq. Rasmlar orqali asar nomlarini toping. (1-ilova)



1. _____________________



2. ________________________

Darsning borish rejasi:
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut


Yangi mavzu bayoni
Taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘lmas Umarbekov 1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bilan bitirgan O‘lmas o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning fi lologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o‘zbek ada biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan adib O‘lmas Umarbekov serqirra iste’dod sohibi edi. Talabalik yillarida yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yozgan bo‘lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiysiyosiy faoliyati bilan ham xalqimiz hayotida muhim iz qoldirgan. Oliy o‘quv yurtini tugatmay turib, 1956-yilda Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq. (O’lmas Umarbekov hayoti va ijodi) o‘quvchilar “Eng… Eng.. Eng…” texnologiyasi asosida ma’lumotlar berishadi Masalan:
1. Adibning eng mashhur asari qaysi? (2-ilova)
2. Eng birinchi yozilgan asari qaysi? (2 a ilova)
3. Eng birinchi qissasi qaysi? (2 b ilova)
4.Eng detektiv asari qaysi? (2 c ilova)


Yangi mavzuni mustahkamlash
Topshiriq.“Teskari test” usuli (3 –ilova )
1. ----------------------------------------?
A. Maxtumquli
B. A.Qodiriy
C. Cho’lpon
D. O’.Umarbekov
2. ----------------------------------------?
A.”Xatingni kutaman”
B. “Sevgim,sevgilim,”
C. “Yoz yomg’iri”
D. "Urush farzandi”
3----------------------------------------?
A. “Fotima va Zuhra”
B.“Qiyomat qarz”
C. “Arizasiga ko‘ra”
D. “Yer yonganda”
4. ----------------------------------------?
A. latifa
B. roman
C. qissa
D. hikoya


O’quvchilarni baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.



Uyga vazifa
O’lmas Umarbekov hayoti va ijodini o’qib o’rganish,”Qiyomat qarz”asarini o’qish


O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____________________
O`qituvchi: Lolayeva D
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling