Sana: Faoliyat turi: Eshitish qobiliyatini shakllantirish Mavzu: “K k” tovushi va xarfi bilan tanishtirish va to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish


Download 14.41 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi14.41 Kb.
#1190893
Bog'liq
eshitish qobiliyatini shakl


Sana: __________________
Faoliyat turi: Eshitish qobiliyatini shakllantirish
Mavzu: “K k” tovushi va xarfi bilan tanishtirish va to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish.
Ta’limiy maqsad: “k” tovushini to’g’ri talaffuzini shakllantirish, mazkur tovushni hosil qilish mexanizmi va uning akustik hususiyatlari bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolani mashg’ulot davomida intizom saqlash, ko’rsatmalarni to’g’ri bajarish ko’nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash. O’z nutqini nazorat qilishni tarbiyalash.
Korreksion maqsad:Artikulyasion apparat va barmoqlar motorikasini rivojlantirish. To’g’ri nutqiy nafasni shakllantirish. Fonematik idrok, so’zlarni tovush-harf analizini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar:Artikulya-sion ginnastika uchun didaktik material, Paxta, gugurt cho’pi, spirt va paxta,“k” harfi chizilgan kartochka, Ekran,Harflar chizilgan kartochka-lar, Rasmli kartochkalar,“k” harfi chizilgan raskraska .
I. Tashkiliy qism.1
- Salomlashish;
- Ob-havo, hafta kuni va yil fasli haqida suhbat;
- Bolani diqqatini mashg’ulotga qaratish.
2 Artikulyasion gimnastika
1) Massaj: Yuzimizni massaj qilishdan boshlaymiz, meni orqamdan takrorla! Qo’llarimizni isitib olamiz, barmoqlarimizni uqalaymiz, peshonamizni silaymiz(2-3marta), peshonamizdan pastga tomon burun qanotchalariga va quloqlarimizgacha silaymiz(2-3marta), labimizni ustini(2-3marta), daxanimizni(2-3marta) silaymiz.
2) Artikulyasion mashqlar:
- Lab mashqlari: Kulgu-Trubochka-Bochka-Baliqcha holatini bir necha bor takrorlash;o-a-u-i-e tovushlarini “ kuylash.”
- Til mashqlari: “Quymoq”,“Ninacha”, “Ariqcha”, “Kosacha”, “Qo’ziqorin”, “Arg’imchoq”, “Soatcha”, “Mushukcha”.
- Ovoz va nafas mashqlari: lunjlarni bir vaqtda va galma-gal ishirish, lablarni trubochka holatiga keltirib uzun va bir tekis nafas chiqarish, labni kemacha holatiga keltirib nafas chiqarish, “Fokus”mashqi.
II. Asosiy qism
“K” xarfi tasvirlangan rasm ko’rsatiladi, hamda shu xarf bilan tanishtiriladi. Yozilishi va talaffuzi o’rgatiladi.
“K” tovushini bo’ginlarda talaffuz ettirish:
a) ka-ka-ka-ak-ak-ak
ko-ko-ko-ok-ok-ok
ku-ku-ku uk-uk-uk
“K” tovushini so’zlarda talaffuz etish:
kartoshka-kamalak-karam-kakku
2.Jismoniy daqiqa: “Kun-tun” mashqlari
3.Mavzuni mustahkamlash. Savol-javob.

  1. qaysi oy va fasl nomida “k” tovushi bor?

  2. Qaysi qushning nomida “k” tovushi bor?

  3. Qaysi sabzavotning nomida “k” tovushi bor?


III.Mashg’ulotni yakunlash
Mashg’ulotga xulosa qilish: Bugun biz sen bilan “k” tovushini bo’gin, so’z, so’z birikmalari va gaplarda to’g’ri talaffuz qilishni o’rgandik.
Baholash va rag’batlantirish
Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling