Sana: Sinf : 8 b mavzu
Download 15.16 Kb.
|
9 Atom yadrosining tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi
- III. YANGI MAVZU BAYONI
- IV. Mustahkamlash
- V. Baholash: VI. Uyga vazifa
Sana: Sinf : 8 B Mavzu: Atom yadrosining tarkibi. Darsning maqsadi : a)ta’limiy: O‘quvchilarga atom yadrosining tarkibi, protonlar, neytronlar haqida nazariy bilimlar berish. Atom tuzilishini o‘rganishdagi dastlabki urinishlar natijasida hosil bo‘lgan tushunchalarni rivojlantirib borish, Rezerford tajribalari haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berish bilan atomning murakkab tuzilishdagi zarracha ekanligini tushuntirish. Elementning tartib raqami uning yadro zaryadi inikosi ekanligini bildirish bilan davriy qonunning yangi ta’rifini o‘quvchilarga izohlab berish. b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish. s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish. g) DTS – talablari. Dars turi: Yangi bilim berish Dars uslubi: Ananaviy Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter. Darsning borishi : Tashkiliy qism Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari. II. Otgan mavzuni so’rash: Xlorning: a) kaliy; b) magniy; d) alyuminiy; e) temir bilan biri- kish reaksiya tenglamalarini yozing. Xlorning vodorod va havoga nisbatan zichligini aniqlang. III. YANGI MAVZU BAYONI Atom haqida qadimgi olimlarning fikrlarini keltirish bilan o‘quvchilarning faolligi oshiriladi. Ma’lumki, eramizdan avvalgi 460 — 370 yillarda yashagan olim Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalardan ya’ni, “atom”lardan tashkil topgan va atom bo‘linmaydi deb aytgan edi. 865 — 925 yillarda yashagan Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy atomlar bo‘linadigan zarrachalar bo‘lib, ularning ichi bo‘shliq va mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. Atomlar doimo harakatda va ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan. 979 — 1048 yillarda yashagan Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalar deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikr- larini bildirgan. Atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarralar ekanligini e’tirof etgan. 1911 yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsi- mon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atomning planetar modelini taklif etdi. Atomning markazida musbat zaryadlangan yadro borligini isbotladi. Atom yadrosining zaryadi son jihatdan elementning tartib raqami- ga teng. Atomlarning yadrolari radioaktiv elementlardan ajralib chiqayot- gan y zarrachalar bilan to‘qnashganda, ya’ni bombardimon qilin- ganda yadrodan proton va neytronlar ajralib chiqadi. Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng zarracha bo‘lib P bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vo- dorod atomining yadrosidir. Neytronlar zaryadi 0 zarrachalar bo‘lib, massasi birga teng va ular n bilan belgilanadi. Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Elektronlarning massasi protonlarning massasidan 1840 marta kichik, amalda hisoblash qiyin bo‘lganligi sababli elektron massasi 0 deb olinadi, zaryadi esa —1 bo‘lib ± bilan belgilanadi. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. Alyuminiy ning tartib raqami 13, demak uning atomi yadrosida 13 ta proton bo‘ladi. Yadro zaryadi +13. Yadro atrofida ham 13 ta elektron harakat qiladi, ya’ni manfiy zaryadlar yig‘indisi ham —13. Moddaning kimyoviy o‘zgarishlarida bo‘linmaydigan eng kichik zarrachasi atomdir. Atom musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlangan ele- ktronlardan tashkil topadigan yadro qobig‘idan iborat. Protonlar atom yadrosida joylashgan bo‘lib, massasi 1 m.a.b.ga, zaryadi musbat birga teng. Vodorod atomining yadrosida bitta proton bo‘ladi. Zaryadi +1, mas- sasi 1 m.a.b. Uning yadrosi atrofida bitta elektron harakat qiladi. Atomning nisbiy massasi uning yadrosidagi protonlar va neytronlar yig‘indisiga teng. Ar=N+Z Ar — nisbiy atom massasi; N — tartib raqami; protonlar soni; Z — neytronlar soni. Kimyoviy elementlarning xossalari ular atomlari yadrosining za r yadiga davriy ravishda bog‘liq. Dars davomida o‘quvchilar faolligini oshirish va o‘quvchilar o‘zlashtirgan IV. Mustahkamlash: 1. Kremniy (T/r=14) va argon (T/r=18) elementlarining atomi yadrosidagi neytronlar sonini aniqlang. 2. Tartib raqami 35 bo‘lgan brom (Br) ning atom massasi 80. Atom yadrosida neytronlar soni nechta? 3. Geliy va radon elementlari yadrosidagi protonlar va neytronlar sonini hisoblang. 4. Magniy, kremniy va rux elementlarining qaysi birining yadrosida neytronlar soni protonlardan ko‘p? V. Baholash: VI. Uyga vazifa: 1-2 topshoriqlar. Download 15.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling