Sana: Sinf : 8 b mavzu


Download 16.39 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi16.39 Kb.
#1190225
Bog'liq
5 Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi.


Sana:
Sinf : 8 B

Mavzu: Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi.


Darsning maqsadi :


a)ta’limiy: O‘quvchilarga elementlarning toifalanishi zaru riyat ekanligini tushuntirish. Elementlarni toifalash uchun dastlabki urinish. Elementlarning metall va metalmaslarga bo‘linishi haqida ma’lumotlar berish. Amfoter elementlar, amfoter elementlarning oksidlari va gidroksidlari xossalarini izohlab berish.
b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
g) DTS – talablari.


Dars turi: Yangi bilim berish
Dars uslubi: Ananaviy
Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


II. Otgan mavzuni so’rash:

  1. 30,4 g temir (II)-sulfat tuzi eritmasiga rux bo‘laklari solindi. Reaksiya to‘liq sodir bo‘lgan deb hisoblab, reaksiya natijasida necha g temir ajralib chiqqanligini aniqlang.



Yechish. Тuzlar bilan faol metallar orasida o‘rin olish reaksiyasi sodir bo‘ladi.
J:11,2 g Fe


III. YANGI MAVZU BAYONI
Kimyoviy elementlar ko‘zga tashlanadigan belgilariga asoslanib
dastlab metallar va metalmaslarga toifalangan.
Deyarli barcha metallar o‘ziga xos yaltiroq, elektr va issiqlikni
o‘tkazadigan, bolg‘alanuvchan bo‘lib, metalmaslar esa bunday xossalarga ega emas. Barcha metallar (simobdan tashqari) qattiq, metalmaslar esa qattiq (oltingugurt, uglerod, kremniy, yod), suyuq (brom) va gaz (kislorod, vodorod, xlor) holatda bo‘ladi.
Metallar hamda metalmaslar kimyoviy xossalari bilan ham farq-
lanadi.
Tipik metallarning gidroksidlari asos, metalmaslarning idroksid-
lari esa kislota.
Metallarning gidridlari qattiq moddalardir. Metalmaslarning gid-
ridlari esa uchuvchan birikmalardir.
Metallar bilan metalmaslarni aniq chegara bilan ajratib qo‘yish
mumkin emas. Ayrim elementlar tashqi alomatlari bilan metalga
o‘xshasada, lekin metalmasdir. Masalan, yod.
IV. Mustahkamlash:

Moddalarning asoslilik, kislotalilik va amfoterlilik xossalarini puxta o‘rgatish uchun quyidagi mustaqil ishni bajarish maqsadga muvofiqdir.


1. Asoslarning eng muhim kimyoviy xossalarini ayting va zarur
reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Kislotalarning eng muhim kimyoviy xossalarini ayting va zarur reaksiya tenglamalarini yozing.


V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 1-4 topshoriqlar.
Download 16.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling