Sana tasdiqlayman O’ibdo’ Informatika 1 – dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari


Download 457.74 Kb.
bet1/8
Sana13.06.2020
Hajmi457.74 Kb.
#118351
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sana tasdiqlayman O’ibdo’ Informatika 1 – dars. Mavzu Masalalar


SANA___________________ Tasdiqlayman O’IBDO’

_______________________________

Informatika-9. 1 – dars.
Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari

Maqsad:

Ta’limiy: O`quvchilarga masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumot berish;

Tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,
DTS: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Kompetensiya:

TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;

FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.

Dars jihozi: Tarqatma materilallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.

Texnik jixozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.

Darsning blok chizmasi




Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qim

3 daqiqa




2

O’tilganlarni takrorlash

7 daqiqa

Savol-javob, klasster, test

3

Yangi mavzu ustida ishlash

17 daqiqa

Ma’ruza, aqliy xujum

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

Klasster, blits-savol, test

5

Yangi vazifa

3 daqiqa





Darsni borishi:

I. Tashkiliy davr

1) salomlashish;

2) davomatni aniqlash.

II. Takrorlash

Elektron jadvalning imkoniyatlari;

Excel ni ishga tushirish va unda ishni tugallash;

Excelning asosiy elementlari;

Matematik formulalar;

Absolyut va nisbiy murojaat.


Inson amaliy ish jarayonida juda ko‘p masalalarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Masalalarning ba’zilari oson, ba’zilari murakkab hisob-kitob bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va o’ta tez ishlaydigan yordamchimiz bo’lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi? degan savol tabiiydir. Bu savolga javob berishdan avval bir nechta masala va ularni yechilishini ko’rib chiqaylik.

1–masala. Hajmi 20 sm3 bo’lgan jism suvga botirilganda unga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch qiymatini toping.

Masalani tahlil etamiz: fizika kursidan ma’lumki, suvga botirilgan jism o’z hajmiga teng suvni siqib chiqaradi va unga siqib chiqarilgan suv og’irligiga teng kuch ta’sir etadi, bu kuch Arximed kuchi deb ataladi.

Chizmasi:



Berilgan:

Formulalar:



= 1000

g = 9,81


FA = ρ ·V· g

Topish kerak: FA-?

Yechish: FA = 1000 · m3 · 9,81 = 0,1962 · m3 · = 0,1962 N.

Javob: 0,1962 N.

2–masala. Muhtor katak varaqqa qizil rangli qalamda asosi 16 ta katak, balandligi asosining 3/4 qismiga teng to’g’ri burchakli uchburchak chizdi. Shu uchburchakning perimetrini toping.

Masalani tahlil etamiz: birinchidan, masalani yechimini topish uchun uchburchakning qanday rangli qalamda chizilganini ahamiyati yo’qligini, ya’ni bu biz uchun “keraksiz” axborot, ikkinchidan uchburchakning togri burchakli bo’lishi muhim axborot ekanligi aniqlaymiz. Agar ikkita katak 1 sm ga tengligini e’tiborga olsak, u holda geometriya kursida masala yechilishi quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:




Chizmasi:





Berilgan:

Formulalar:

a = 16 ta katak = 8 sm

b = 8 sm · 3/4 = 6 sm

Perimetr: P uchb= a+b+c

Pifagor teoremasi: c2 = a2+b2



Topish kerak: Puchb - ?

Yechish: Pifagor teoremasidan: === 10 sm.

U holda: P uchb= 8 sm + 6 sm + 10 sm = 24 sm.



Javob: 24 sm.


3 – masala. Behzod kitobning to‘rt sahifasi va yana to‘rtta satrini o‘qidi. Kitob sahifasida qancha satr bo‘lsa, har bir satrda shunchadan belgi mavjud. Agar Behzod o‘qigan axborot 6560 bayt bo‘lsa, kitobning bir sahifasida nechta satr borligini aniqlang.

Masalani tahlil qilishga o‘tamiz.



Masalaning boshlang’ich qiymatlari:

  1. Behzod kitobning 4 sahifasi va 4 satrini o‘qigan;

  2. Behzod o‘qigan axborot 6560 bayt;

  3. sahifadagi satrlar soni satrlardagi belgilar soniga teng.

Masalaning maqsadi:

Kitob sahifasida nechta satr borligini aniqlash.



Masala shartlariga mos tenglama tuzish:

Masalada topish talab etilgan satrlar sonini x bilan belgilaymiz. U holda shartga ko’ra har bir satrda x tadan belgi bo‘ladi. Demak, kitobning bitta sahifasida ta ( x ta belgidan iborat x ta satr) belgi bor. Masala shartiga ko‘ra Behzod ta (4 ta sahifa va 4 ta satr) belgi o‘qigan. Masala shartiga asosan bu belgilarning soni 6560 bayt (bitta belgi – bir bayt) ga teng:



.

Tenglamani ko‘rinishdagi kvadrat tenglamaga keltiramiz, ya’ni masalaning shartlariga mos tenglama hosil qildik.



Tenglamani yechish ketma-ketligi:

Sizga ma’lum bo‘lgan kvadrat tenglama yechish usulidan foydalanamiz:

1) diskriminant hisoblanadi: .

2) bo‘lgani uchun ikkita yechim topiladi:



, .

Download 457.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling