Sana Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 7-dars. Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar Maqsad


Download 116.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi116.5 Kb.
#184788
Bog'liq
07-dars


Sana ____________________
Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 7-dars.
Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar

Maqsad:

1) ta’limiy: o`quvchilarga klaviatura trenajorida ishlashni o`rgatish;

2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning klaviaturdan foydalanish ko`nikmalarini rivojlantirish.



DTS: klaviaturadan foydalanishni bilish.

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

III. Yani mavzuni o`rganish.

Avvalgi darsda klaviatura trenajorida ishlashni o'rgandingiz. Unda siz berilgan harfga mos klavishni klaviaturadan qisqa vaqt ichida topish ko'nikmasiga ega bo'ldingiz. Bu darsda turli matnlarni terishni mashq qilasiz.



Avvalgi darsda klaviatura trenajorining «toshbaqa» va «o'rdak» bosqichlarida mashq qildingiz. Endi trenajor yordamida matn terishni mashq qilamiz. Buning uchun trenajorni ishga tushirib «matn terish» bosqichini tanlang. Ekranga quyidagi mashq oynasi chiqadi.

U ikkita darchadan iborat. Birinchi darchada mashq uchun matn berilgan. Ikkinchi darchaga shu matn kiritiladi. Matn kiritish vaqti hisoblab boriladi. Har bir noto'g'ri kiritilgan belgi uchun jarima beriladi. Berilgan matnni to'liq kiritib bo'lsangiz ekranga olgan bahoingiz chiqadi. Baho qo'yishda matn kiritish tezligingiz va jarimalar hisobga olinadi.



IV. Mustahkamlash uchun topshiriqlar.

1. Klaviatura trenajorini ishga tushirib «matn terish» bosqichini tanlang.

2. Birinchi darchada mashq uchun matn berilgan. Shu matnni ikkinchi darchaga kiriting.

3. Mashqni takrorlab, xatosiz yozishga harakat qiling.



V. Uyga vazifa.

Klaviatura trenajorida mashq qilsh.


Ko’rildi:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________________
Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling