Savol: Bunga nima sabab boʻlgan? Javob


Download 24.98 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi24.98 Kb.
#1372074
  1   2   3
Bog'liq
To\'garak Maktab 28.03.2023

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

I tur

1. 2008-yil 23-avgustda boʻlib oʻtgan, futbol boʻyicha Italiya chempionati Inter Bari uchrashuvida Salli Muntari majburiy almashtiruvga sabab boʻladi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha futbolchi tanasida suvsizlanish darajasi juda pasayib ketgan ekan.


Savol: Bunga nima sabab boʻlgan?
Javob: Ramazon.
Qabul: Ro‘za.

2. Amerikalik astronom, yozuvchi Klifford Stoll IKSga tish cho‘tkasi kabi munosabatda bo‘lishni maslahat beradi. IKSni ham tish cho‘tkasi kabi hech kimga bermaslikni va har yarim yilda almashtirib turish kerakligini ta'kidlaydi.


Savol: IKSni bir so‘z bilan yozib bering.
Javob: Parol.

3. Bir multfilmda Anna Salas ismli qizni "Boshi-dum" laqabi bilan jig‘iga tegishadi. Buning sababi esa uning otasining ULARni yoqtirishida edi.


Savol: ULARni toping.
Javob: Palindromlar.
Izoh: qizning ismi ham palindrom, ya’ni boshidan ham oxiridan ham bir xil o‘qiladi.

4. Ushbu ibora 1970-yillarda Uganda va Keniya bilan chegaradosh boshqa davlatlarni urush daxshatga solayotgan bir davrda Keniya davlatining siyosiy shiori bo‘lgan. Bundan tashqari bu ibora mahalliy aholi va qochoqlar uchun hech qanday xavf yo‘qligiga bo‘lgan ishonchni ham ta’minlagan. Shunga qaramasdan, oradan 20 yil o‘tgach uning ma’nosi “qirollik oilasi a’zosi”ga ham tushuntirib berilgan.


Savol: O‘sha a'zoning ismini toping.
Javob: Simba.
Izoh: Ibora - "Akuna matata".

5. Qadimgi yunonlar avvaliga o‘z ulfatlarini shunday atashgan. Keyinroq esa, o‘ta kambag'allashgan, lekin ozod, yegulik uchun dasturxon egasining ko‘nglini ovlovchi fuqaro shu nomga ega bo‘lgan. Biz esa odamdan ham ko‘proq, flora va faunaning ba’zi bir vakillarini ushbu nom bilan ataymiz.


Savol: Ushbu nom yoki atamani toping.
Javob: Parazit.
Izoh: Parazitos - grekchada ulfat, dasturxondosh.

6. Potbelly restorani tarmoqlarida agar siz nima buyurtma qilishni bilmasangiz devorga osilgan IKSdan foydalanishingiz mumkin.



Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling