Savol va topshiriqlar


Download 16.16 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi16.16 Kb.

Savol va topshiriqlar

1. Korrupsiya: uning tarixiy ildizlari.

2. Korrupsiyaga qarshi kurash usullari.

3. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarida fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishi.

4. Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti.

5.Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni.

6. Korrupsiyaga qarshi kurashda jahon tajribasi.

7. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi farmoni.



Javoblar:

1. Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Korrupsiya (lotincha Corrumpere - buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishni anglatadi. Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan ke;ib chiqqan deb taxmin qilinadi.

2. Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud: Ichki nazorat – bu usul boshqaruv apparatining o’zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar yaratishni taqozo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Tashqi nazorat – bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutuilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko’proq erkinlik berish va h.k. Saylov tizimi orqali kurashish – demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyngi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o’tkazish eng samarali usul hisoblanadi.

3. Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning ongini shakllantirish orqali ham amalga oshiriladi. Ya’ni, korrupsiyaning salbiy oqibatlarini to’g’ri tushuntirish, mamlakatga ta’sirini ko’rsatib berish bilan boradi. Har bir shaxs jamiyatning to’laqonli ishtirokchisi ekanligni anglab yetishi lozim.



5. 2017-yil 4-yanvardan kuchga kirgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida korrupsiyaga shunday ta’rif berilgan: “korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”. Soddaroq aytganda, korrupsiya davlat idoralarida ishlovchi shaxslarning o’z amalidan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo’yishlari, pora evaziga sotishlari yoki sotib olinishlari, noqonuniy moddiy yoki nomoddiy boylik orttirishlaridir.

6. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o’rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlarining ahamiyati yanada ortadi. Ya’ni korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo’lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligni oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo’lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Download 16.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling