Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


Download 268.98 Kb.
bet1/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy


IX. XALQARO SHARTNOMALARNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH


9.1. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi

Mazkur masalaga 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasida belgilangan V bo’limining 46-53-moddalarida “Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va to’xtatib turish” nomli qismida o’z aksini topgan. Haqiqiy deb topish tushunchasi BMT Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan yoritib berilmagan, ammo uni tushuntirib berish borasidagi harakatlari bo’lgan.


A.N.Talalaev fikriga ko’ra, “Haqiqiylik tushunchasi qonuniylik tushunchasidan kengroq, bu xalqaro shartnomaning nafaqat xalqaro huquqqa moslik jihati, balki unda [xalqaro huquqiy sub’ektivlikka ega bo’lgan tomonlarning mavjudligi, ularning roziligi va boshqa jihatlari bo’yicha xalqaro shartnomaning huquqiy mukammalligidir1.
I.I.Lukashuk ta’kidlashicha, bu fikrga to’liq qo’shilib bo’lmaydi. Huquqiy sub’ektivlikka ega bo’lish, xohish – irodalar kelishuvining mavjudligi xalqaro huquq tomonidan ham tartibga solinadi2.
Vena konvensiyalariga ko’ra, shartnomaning haqiqiyligi shartnoma normalarga muvofiq tuzilganligi va ular tomonidan o’rnatilgan tartibda e’tiroz bildirilish mumkinligini anglatadi. Shartnomalarga nisbatan haqiqiylik prezumpsiyasi mavjud – har bir shartnoma u Konvensiyalar tomonidan o’rnatilgan normalar asosida boshqacha holat isbotlanmagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Shartnoma uni tuzish tartibi to’g’risidagi moddalarning buzilishi natijasida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.(need searching)
Vena konvensiyalariga muvofiq shartnoma haqiqiyligi yoki shartnoma majburiyligiga rozilik masalalariga faqat Konvensiyalarni qo’llash asosida e’tiroz bildirilishi mumkin. Shartnomaning amal qilishini tugatish, uning denonsatsiyasi yoki undan ishtirokchining chiqishi faqat shartnomaning o’zini yoki Konvensiyalarni qo’llash natijasida amalga oshishi mumkin. Bu qoida shartnomaning amal qilishini to’xtatib turishda ham qo’llaniladi (42 - modda).
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy bog’liq. Ikkala tushuncha ham bir vaqtda rivojlangan. Shu bilan birga shartnomaning haqiqiy emas deb topilish tushunchasi o’z xususiyatlariga ega. Oldin har bir shartnoma, hattoki aldov va zo’ravonlik yo’li bilan majburlashni o’z ichiga oluvchi shartnomalar ham haqiqiy emas deb hisoblanmagan. Shartnomaning haqiqiyligi to’g’risida XIX asrdan gapira boshlangan.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xalqaro huquq doktrinasida shartnomalar haqiqiy emas deb topilishining turli kontsepsiyalari mavjud bo’lgan. Holat 1969 yil Shartnomalar huquqi to’g’risida Vena konvensiyasi qabul qilingandan so’ngina o’zgargan.
Vena konvensiyasi o’z preambulasida taraflarning erkin xohish-irodasidan kelib chiquvchi roziligi tamoyili va shartnomalarni vijdonan bajarish tamoyili bilan bir qatorda, “va’daga vafo qilish lozimligi”ni anglatuvchi “pacta sunt servanda” tamoyilining universal, hamda fundamental tamoyil ekanligini ta’kidlagan. Kelishuv taraflarning erkin xohish-irodalari asosida yuzaga kelgan haqiqiy rozilikka asoslangan bo‘lishi shart. Shu sababli agarda rozilikda nimadir kamchilik mavjud bo‘lsa xalqaro shartnoma bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, kelishuvning mazmuni imperativ normalar (jus cogens)ga (→ Chapter 2) zid kelsa ham xalqaro shartnoma haqiqiy emas deb topiladi . Lekin xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish ushbu xalqaro shartnoma bilan aloqador bo‘lgan vaziyatlar bo‘yicha huquqiy barqarorlikka ham katta putur yetkazish ehtimoli mavjud. Shu sababli qat’iy shartlar va aniq belgilangan protsess o‘rnatilishi zarur. Vena konvensiyasi xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sakkizta holat bilan chegaralanib, ulardan boshqa bekor qilish sabablarini tan olmaydi
Shartnomaning haqiqiy emasligi nisbiy va mutloq bo’ladi. Nisbiy haqiqiy emaslik shartnomani e’tirozli qiladi, chunki zarar ko’rgan davlat uning haqiqiy emasligini isbotlashi yoki munozarali holatlar mavjudligiga qaramasdan uning amalda bo’lishiga rozi bo’lishi mumkin. Bu esa bunday hollarda estoppel qoidasi(agar davlat o’z konstitutsiyaviy cheklovlariga murojaat qilishdan yoki shartnomadan kelib chiquvchi huquqlardan foydalanishdan oldin muayyan bir vaqt o’tsa, unda u yoki bu cheklovlarga murojaat etish huquqidan mahrum bo’ladi.) qo’llanishi mumkinligini anglatadi. Nisbiy haqiqiy emaslik quyidagi holatlarda yuzaga keladi:

  • shartnomalarni tuzish vakolatlariga ega davlat ichki huquqining o’ta muhim normalari va xalqaro tashkilot qoidalarining aniq buzilishi;

  • davlat va xalqaro tashkilot roziligini ifodalovchi huquqiy vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi;

  • xato;

  • aldov;

  • davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga og’dirib olish.


Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling