Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


-modda Davlat nomidan ish olib boruvchi vakilning korrupsiyaga aralashganligi


Download 268.98 Kb.
bet7/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

50-modda
Davlat nomidan ish olib boruvchi vakilning korrupsiyaga aralashganligi
Agar davlat nomidan harakat qiluvchi vakilning boshqa muzokara olib boruvchi davlat bilan tuzgan shartnomasida korrupsiyaviy holat aralashganligi ma’lum bo`lsa, davlat ushbu shartnomaning haqiqiy emasligi bo`yicha da’vo qilishi mumkin.


9.3. Xalqaro shartnomalarning mutloq haqiqiy emasligi


a) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakillarini shartnomaga rozilik bildirishga undash.
Davlat vakillarini shartnomaga rozilik bildirishga undash diplomatik amaliyotda uchrab turadi. Napoleon 1797 yilda Avstriya vakilini do’q-po’pisa va qo’rqitish yo’li bilan uning Frantsiya bilan shartnomasini imzolashiga erishgan. 1905 yil Yaponiyaning Koreya anneksiyasi to’g’risidagi shartnomani koreya imperatori yapon harbiy soqchilari qurshovida imzolagan. 1939 yilda Chexoslovakiya ustidan protektorat haqidagi Germaniya bilan bo’lgan shartnomani chexoslavakiya prezident tomonidan imzolashiga nemis havo kuchlarining Pragani bombardimon qilish havfi bilan bog’liq holat majburlagan.
Xalqaro huquqning an’anaviy doktrinasi vakilni majburlashni kuch ishlatish asosida shartnomani haqiqiy emas deb topishning yagona holati sifatida ajratdi. I.Blyunchli fikricha, agar bir tomon vakili ikkinchi tomonning kuch ishlatish yo’li bilan shartnomaga rozi bo’lishga majburlangan bo’lsa, u holda bunday kelishuv haqiqiy emas deb hisoblanadi14. Bu qoida davlatlarga nisbatan majburlov doimiy holat bo’lgani bilan izohlanadi. Nazariya va amaliyotning tahlili shunga guvohlik beradi, unga ko’ra vakolatli shaxsni undash natijasida tuzilgan shartnomani haqiqiy emas deb hisoblash haqidagi xalqaro huquqning odat normasi qadimdan mavjud bo’lgan15.
A.N.Talalaev bu moddani sharhlash jarayonida kuch tushunchasiga juda keng izoh berdi: “...”Kuch” yoki “majbur qilish” tushunchasi zamirida kuch ishlatishning har qanday shakllari: harbiy, iqtisodiy, siyosiy, jismoniy, psixologik va boshqalar tushunilishi lozim”16.
51-modda

Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling