Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


Download 268.98 Kb.
bet10/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

1986 yilgi Konvensiyaga kiritilgan “Umumiy xalqaro huquq (jus cogens) ning imperativ normalariga zid bo’lgan shartnomalar” haqidagi 53-modda agar shartnoma tuzilishida u umumiy xalqaro huquqning imperativ normasiga zid bo’lsa, bunday shartnoma ahamiyatsiz hisoblanadi deb belgilagan. Bu yerda yana bu mazkur Konvensiyaga tegishli bo’lganligi sababli, umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi butun davlatlar xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilinadigan va tan olinadigan, undan chetga chiqishga yo’l qo’yib bo’lmaydigan va umumiy xalqaro huquqning shunday xarakterga ega bo’lgan faqat keyingi normasi bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan norma hisoblanadi deb ko’rsatildi.


53-modda
Umumiy xalqaro huquqning fundamental prinspiga zid bo`lgan shartnomalar (jus cogens21)
Shartnoma, agar umumiy xalqaro huquqning fundamental prinspiga zid bo`lsa, haqiqiy emas deb topiladi. Ushbu Konvensiya qoidalariga ko`ra, umumiy xalqaro huquqning fundamental prinspi bu xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilinadigan va tan olinadigan norma bo`lib, unga ko`ra shartnomadagi majburiyatlarni amalga oshirish chog`ida hech qanday chetga chiqishlarga yo`l qo`yilmaydi, shuningdek, ushbu norma faqatgina bir xil xarakterdagi boshqa umumiy xalqaro huquqning normasi bilan o`zgartirilishi mumkin.


V. Xalqaro huquqning prinsiplari va yurisdiksiya. O‘zbekiston va Metal-Tech ishi 2013-yil.
Metal-Tech Ltd. v Republic of Uzbekistan (ICSID Case No. ARB/10/3).


Nizoning yuzaga kelishi. 2000-yilda Isroilning molibdenium ishlab chiqaruvchi Metal-Tech jamoa shirkati O‘zbekistonning ikki davlat korxonasi AGMK hamda UzKTJM bilan molibdenium ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan zavod qurish va uni boshqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi. Unga ko‘ra, Metal-Tech o‘zining texnologiya, nou-xou va moliyaviy mablag‘larini yangi Uzmetall deb nomlanuvchi qo‘shma korxona uchun taqdim etdi. Bundan tashqari, Metal-Tech bilan birgalikda qo’shma korxona tashkil etish xalqaro bozorga chiqish imkoniyatini ham taqdim etar edi. O‘z navbatida, O‘zbekiston korxonalari ham yangi zavodni ishga tushirish uchun binolar, qurilish materiallari, mashinalar, asbob-uskunalar hamda molibdenium xomashyosini yetkazib berdilar.
Biroq 2006-yilga kelib Toshkent viloyati prokuraturasi qo‘shma korxonaning bir qancha rasmiylariga nisbatan o‘z mansab vakolatlarini va O‘zbekiston Respublikasiga moddiy zarar yetkazishda ayblab jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir oydan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qo‘shma korxonaning molibdenium xomashyosini talab qilish va molibdeniumni eksport qilishga bo‘lgan mutlaq huquqini bekor qilish bo‘yicha qarori chiqarildi. Natijada O‘zbekiston korxonalari qo‘shma korxona borasidagi o‘z shartnomalarini to‘xtatdi va unga nisbatan bankrotlik protsedurasi boshlanadi. Metal-Techning qarshiligiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati xo‘jalik sudi tomonidan qo‘shma korxona likvidatsiya qilindi hamda 2009-yilda yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan chiqarildi.

Shundan so‘ng Metal-Tech Investitsion nizolarni hal qilish markaziga (ICSID) da’vo bilan chiqdi.
Metal-Techning da’volari. Metal-Tech o‘z da’vosida O‘zbekiston o‘z ichki huquqida belgilangan majburiyatlarini hamda O‘zbekiston-Isroil BITidagi majburiyatlarini buzganligini ta’kidlaydi. O‘z da’vosining asosi sifatida O‘zbekiston yuqorida keltirib o‘tilgan normativ-huquqiy hujjatlardagi adolatli va xolis munosabatda bo‘lish mezoni, yetarli darajada himoya qilish va kafolatlar berish qoidasi, qo‘shma korxona bo‘yicha kelishuvni buzganlikda hamda Metal-Tech mulkini qonunga xilof ravishda ekspropriatsiya qilganligini keltirib o‘tadi. Bundan tashqari, ekspropriatsiya qilishda hech qanday sabablarsiz investor mulki tortib olinganligi va diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilganligi hamda O‘zbekistonning bu harakatlari da’vogarni o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish hamda uni boshqarishdan mahrum etdi.
O‘zbekistonning vajlari. O‘zbekiston tomoni esa da’vogarning barcha da’volarini rad etdi. Shuningdek, Sud O‘zbekiston – Isroil BITiga ko‘ra mazkur ish bo‘yicha yurisdiksiyaga ega emasligini ta’kidlab, Metal-Techning noqonuniy xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha qarshi da’vo kiritdi.

Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling