Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


Download 268.98 Kb.
bet11/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

Sud qarori. 2013-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston hamda Isroil kompaniyasi bo‘lmish Metal-Tech o‘rtasidagi xalqaro investitsion nizo bo‘yicha ICSID o‘z qarorini chiqardi. Qarorda arbitraj quyidagilarni keltirib o‘tdi. Avvalo, ICSID da’vogarning da’volari hamda javobgarning qarshi da’volari bo‘yicha O‘zbekiston – Isroil BITi hamda O‘zbekistonning milliy huquqiga ko‘ra hech qanday yurisdiksiyaga ega emasligini ta’kidlaydi. Chunki, mazkur Metal-Techning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyasiga (agar investitsiya deb aytish to‘g‘ri bo‘lsa) korrupsiya aralashgan edi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bir qancha shaxslar, O‘zbekiston hukumatining ba’zi amaldorlari, o‘sha paytdagi yuqori lavozimdagi amaldor hamda uning ukasiga taxminan 4 million AQSH dollarini ular tomonidan ko‘rsatilgan ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi xizmatlar uchun Metal-Tech taqdim etgan edi. Bu esa o‘zbek milliy qonunchiligida korrupsiya sifatida baholanar edi.
Sud qarorining ahamiyatli bandlari
Investitsiyaning qonuniyligi. ICSID o‘zining qarorida nizolashuvchi taraflarning da’vosi hamda qarshi da’vosi bo‘yicha u hech qanday yurisdiksiyaga ega emasligini quyidagicha asoslaydi. Birinchidan, bizga ma’lumki, xalqaro arbitrajlarda nizolar ko‘rib chiqilishi uchun taraflarning roziligi bo‘lishi talab qilinadi. ICSID esa mazkur ishda qo‘llanilayotgan BITning 8-moddasi 1-qismiga ko‘ra22 O‘zbekistonda aynan shunday rozilik mavjud emasligini aniqladi. Chunki, BITning 1-moddasi 1-bandiga ko’ra23 har qanday ko‘rinishdagi aktivlar shartnoma taraflari bo‘lgan davlatlarning qay biri hududiga investitsiya kiritilgan bo‘lsa, aynan o‘sha davlatning qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq bo‘lishi ta’kidlanadi. O‘zbekiston tomoni esa mazkur modda nafaqat investitsiya kiritilgan vaqt, balki u qanday idora etilganligini ham o‘z ichiga olishini bildirgan bo‘lsa-da, ICSID ushbu talabni faqatgina investitsiya kiritilayotgan vaqtda u o‘sha paytdagi qonunlarga muvofiq bo‘lishi kerakligini anglatadi deb talqin qildi va javobgarning talablarini rad etdi (para 193).
Biroq keyinchalik ishni ko‘rib chiqish jarayonida Metal-Tech investitsiyani kiritish vaqtida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganligini, ya’ni hukumatning ba’zi amaldorlariga katta miqdorda pora berilgani va bu umumiy loyihaning 20%ni tashkil etishini aniqladi hamda keltirilgan dalillar O‘zbekiston qonunchiligini yetarli darajada buzilgan deb topish uchun asos bo‘lishini aytib, mazkur holatda Metal-Techning investitsiyasi BITning 1-moddasi 1-bandiga mos kelmasligini ta’kidladi.
Javobgar bo‘lmish O‘zbekiston tomoni ham investor investitsiya loyihasini kiritish uchun bir qancha amaldor shaxslarga pora berganligi va shu yo‘l bilan o‘z investitsiya loyihasini hukumat tomonidan tasdiqlanishiga erishganligini keltirib, bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, xalqaro tamoyillarni hamda xalqaro ommaviy tartibni investor tomonidan buzilganligini ta’kidladi. Bu ayblovlarga qarshi da’vogar hech qanday hujjat va dalil keltira olmadi.
Shu sababli ham Metal-Techning da’volari BITning 8-moddasi 1-bandiga to‘g‘ri kelmasligini, bu esa O‘zbekiston ishni ICSIDda ko‘rib chiqilishi uchun rozi emasligini anglatishini keltirib o‘tdi. O‘z-o‘zidan bu holatda ICSID konvensiyasining 25-moddasi 1-bandi24ga binoan ICSID hech qanday yurisdiksiyaga ega bo‘lmaydi (paras. 372-373). Bundan tashqari, ushbu vaziyatdagi O‘zbekistonning roziligi mavjud emasligi nafaqat da’vogarning da’volariga nisbatan ICSIDning yurisdiksiyasi mavjud bo‘lmasligini, balki O‘zbekiston tomonidan bildirilayotgan qarshi da’volar bo‘yicha ham yurisdiksiyasi yo‘qligini ham anglatishini keltirib o‘tdi (para. 413).
Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim. ICSID ishni ko‘rib chiqish jarayonida “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” (bundan keyin MFN rejimi) qoidasi bilan ham duch keldi. Metal-Tech tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiya BITning 1-moddasi 1-bandiga mos kelmagan bo‘lsa-da, Metal-Tech BITning 3-moddasi25 2-bandiga tayangan holda ushbu moddada belgilangan MFN rejimiga asosan Gretsiya - O‘zbekiston BITsining 1-moddasi 1-bandida investitsiyaga berilgan ta’rif Isroil-O‘zbekiston BITiga ham tatbiq etilishi lozimligini da’vo qildi.
Ammo ICSID MFN rejimini qo‘llash bo‘yicha keltirilgan shikoyatni rad etdi va uni quyidagicha asosladi: birinchidan, investitsiya shartnomada belgilangan doirada bo‘lishi zarur. Chunki investitsiya va investor tushunchasi shartnomada aniq belgilangan bo‘lib, MFN ham shu shartnomaning bir qismi sifatida qo‘llaniladi. Ikkinchidan, Isroil-O‘zbekiston BITining 7-moddasi (c) bandiga ko‘ra MFN rejimi investitsiya tushunchasiga nisbatan tatbiq etilmasligi aniq va ravshan qilib ko‘rsatilgan edi. Shunday qilib, ICSID Metal-Tech tomonidan keltirilgan MFN rejimini tatbiq etish bo‘yicha da’voni MFN rejimini talqin qilgan holda rad etdi va bu vaziyatni mezbon mamlakat foydasiga hal etdi.
ICSID ishni o‘z yurisdiksiyasiga olmaganligi sabablari
Da’vogar tomonidan javobgar “O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi26ga binoan ICSIDda ish ko‘rib chiqilishiga rozilik bergan degan da’vo ham keltirildi. Mazkur Qonunning 10-moddasiga ko‘ra, arbitraj investitsion nizolarni hal etishning bir vositasi sifatida belgilab berilgan bo‘lib, bu esa O‘zbekistonning ICSIDda nizoni hal etish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri roziligini anglatmasligi hamda unda aniq bir arbitraj nomi keltirilmaganligi ICSID tomonidan ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda, ICSID konvensiyasining 46-moddasi27 bo‘yicha javobgar tomonidan ham qarshi da’volar bildirildi. Javobgar o‘zining qarshi da’vosida da’vogarning noqonuniy xatti-harakatlari hamda noto‘g‘ri ayblovlari natijasida javobgar tomonidan ko‘rilgan zararning qoplab berilishini talab qildi. ICSID mazkur holat bo‘yicha ham yurisdiksiyaga ega emasligini, chunki, ushbu nizoda 46-moddada belgilab qo‘yilgan rozilik mavjud emasligini ta’kidladi.

Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling