Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


Download 268.98 Kb.
bet12/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

Sud qaroriga sharh

Mazkur, ICSID tomonidan chiqarilgan qaror o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu qaror xalqaro hamjamiyatga xalqaro ommaviy-huquqiy munosabatlarda shaffoflikni ta’minlaganligi, bunday xalqaro ommaviy tartibga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirganlik taraflarga foyda keltirmasligini ko‘rsatib qo‘yganligi hamda ICSID korrupsiya aralashgan ishlarni ko‘rib chiqmasligini namoyon etganligi bilan ham e’tiborga loyiqdir.
ICSID tomonidan ishni ko‘rib chiqishning rad etilishi.
Avvalo, ish ko‘rib chiqilar ekan ICSID ish bo‘yicha yurisdiksiyasi mavjud emasligini ta’kidlab, uni javobgarning ushbu ish ICSIDda ko‘rib chiqilishiga roziligi mavjud emasligi bilan izohladi. Shuningdek, qarorda Metal-Tech tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganligi xalqaro huquq hamda ko‘plab mamlakatlarning huquqiga zid ekanligini qisqacha keltirib o‘tdi (para 290)28. Biroq biz mazkur holatga kengroq to‘xtaladigan bo‘lsak, bu vaziyatda xalqaro huquqning shaffoflik prinsipi buzilganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Shaffoflik prinsipi xalqaro odat huquqining asosiy prinsiplaridan hisoblanib, xalqaro ommaviy tartibga rioya etilishi lozimligini anglatuvchi tamoyil sifatida tan olinadi. Korrupsiya esa xalqaro ommaviy tartibga zid xatti-harakat sifatida baholanadi. Shu sababli ham ICSID tomonidan Metal-Techning investitsiyasi avval boshdanoq xalqaro odat huquqiga ko‘ra ham, mamlakatlarning ichki huquqiga ko‘ra ham qonuniy investitsiya emas edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Metal-Tech o‘rtasida kelib chiqqan nizoga o‘xshash xalqaro pretsedentlar ham mavjud. Ulardan biri WDF va Kenya Respublikasi o‘rtasidagi ish bo‘lib, 2006-yilda Investitsion nizolarni hal qilish markazi (ICSID) ga kelib tushgan. Nizo WDF, Isle of Man kompaniyasi va Kenya aeraporti ma’muriyati (Kenya hukumatiga tegishli bo‘lgan) o‘rtasida kelib chiqqan. Nizoga asosiy sabab 1989-yilda tuzilgan shartnoma bo‘yicha Nairobi hamda Mombasa xalqaro aeroportlarida Duty-Free binolarini qurish, ta’mirlash hamda ulardan foydalanish borasida ishlar olib borishi bo‘ldi. Shundan so‘ng, WDF o‘z mulklaridan mahrum qilinganligi va 1989-yilgi shartnomaning buzilishi bo‘yicha ICSIDga murojaat qildi.
Ishni ko‘rib chiqish jarayonida avval boshidan CEO va WDFning aksiyadorlari Kenyada o‘z bizneslarini davom ettirishlari uchun Kenya Prezidentiga pora berganliklari (personal donation) uning summasi esa 2 million dollarni tashkil etganligi aniqlandi. Keyinchalik Kenya hukumati WDFning mulklari ustidan nazoratni o‘z qo‘liga ola boshladi. CEOni esa BAAga deport qilib yubordi. Kenya Oliy sudi esa mulklar hukumat ixtiyoriga o‘tganini tasdiqladi.
ICSID ishni ko’rish jarayonida 1989-yildagi shartnoma pora berish yo‘li bilan tuzilganligini aniqladi va bu shartnoma haqiqiy emas deb topilishiga asos bo‘lishini, WDFning oldida ikki yo‘l bo‘lganligi, (1. pora bermasdan Kenyada biznes faoliyatini amalga oshirmaslik; 2. pora berish yo‘li bilan Kenyada biznes qilishdek nopok yo‘l) biroq, WDF ikkinchi yo‘lni tanlaganligini ta’kidlab o‘tdi. Pora aralashtirish Xalqaro ommaviy tartibga zidligi, shuningdek, Angliya va Kenya qonunlarida ham ommaviy tartibga zid deb topilganligi sababli ICSID da’voni rad etdi hamda mazkur ish bo‘yicha yurisdiksiyasi mavjud emasligini ta’kidladi.
Demak, ICSID O‘zbekiston va Metal-Tech ishiga qadar ham korrupsiya va pora aralashgan ishlar bo‘yicha o‘z yurisdiksiyasini rad etib kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta, ushbu vaziyatda shaffoflik prinsipining tilga olinayotganligiga ko‘pchilik shubha bilan qarashi mumkin. Biroq shaffoflik prinsipi xalqaro odat huquqining asosiy prinsiplaridan ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, Xalqaro Sud statutining 38-moddasida xalqaro odat ham xalqaro huquqning manbasi hisoblanadi va xalqaro huquqning bir qismi bo‘lgan xalqaro investitsion nizolarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin bo‘ladi.

Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling