Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


Davlat nomidan harakat quiluvchi vakilning majburlanishi


Download 268.98 Kb.
bet8/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

Davlat nomidan harakat quiluvchi vakilning majburlanishi
Davlat vakilining unga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar yoki tahdidlar bilan majburlanishi natijasida qabul qilingan shartnoma hech qanday yuridik ahamiyatga ega bo`lmaydi.


b) Davlat yoki xalqaro tashkilotlarni kuch xavfi yoki kuch ishlatish yo’li bilan majbur qilish.
Xalqaro munosabatlarning butun tarixi davomida kuch hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Shu munosabat bilan har bir xalqaro shartnomani ishlab chiqish va tuzishda tomonlarga u yoki bu darajada bosim o’tkazilish holatlari kuzatilib turadi. Huquqshunoslar bunday holatni tan olib, o’z qarashlarini bayon qilishgan.
X.Uoldok fikriga ko’ra, “majbur qilish” deganda siyosiy yoki iqtisodiy shakldagi ta’sir etish vositalaridan foydalanish tushunulmasligi lozim. X.Uoldokning quyidagi fikri e’tiborga molik: “Siyosiy yoki iqtisodiy bosimning qo’llanishi davlatlar o’rtasidagi normal munosabatlarning qismi hisoblanadi, xalqaro huquq esa shartnomaga rozilikni ifodalashda bosimning qonuniy va noqonuniy shakllari orasidagi farqni aniq ifoda qilish uchun zaruriy omillarga ega emas”. Shuning uchun xalqaro huquqning hozirgi holatida “majbur qilish” tushunchasini kuch yoki kuch xavfini noqonuniy ishlatish chegarasidan tashqari joriy qilish xavflidir17.
Jumladan, tahdid va kuch ishlatish haqidagi normalar zamonaviy huquqda o’rnatilguniga qadar majbur qilish natijasida tuzilgan tinchlik va boshqa shartnomalarga boshidan kuch ishlatib majburan tuzilgan shartnomalarning tan olinmasligi to’g’risidagi qoidalar qo’llanilmaydi deb ta’kidlanadi18. Boshqacha qilib aytganda, avval kuch ishlatish yo’li bilan majburan tuzilgan shartnomalar boshdan haqiqiy emas deb tan olinmaydi. Biroq, bu ularni hozirgi davr xalqaro huquq doirasida haqiqiy emas deb tan olish mumkinligini istisno qilmaydi.
52-modda
Davlatni tahdid yoki kuch ishlatish bilan majburlash
Shartnoma, agar uning tuzilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida o`z ifodasini topgan xalqaro huquq tamoyillarini buzgan holda kuch ishlatish yoki tahdid qilish bilan tuzilgan bo`lsa, haqiqiy emas hisoblanadi.



Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling