Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish
O‘zbekistonning ichki qonunchiligiga berilgan talqin va uning ahamiyati
Download 268.98 Kb.
|
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu ishdan kim qancha zarar ko‘rdi
O‘zbekistonning ichki qonunchiligiga berilgan talqin va uning ahamiyati.
Mazkur ishning yana bir o‘ziga xos ahamiyati shundan iborat bo‘ldiki, ICSID “O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga ham talqin berdi. Bu vaqtga qadar O‘zbekiston tomonidan ham mazkur 10-modda Xalqaro arbitrajlarda qanday sharhlanishi mumkin ekan degan xavotir mavjud edi. Shunday qilib, ushbu 10-modda aynan biror-bir investitsion arbitrajda nizoni hal qilishga rozilikni anglatmasdan, xalqaro arbitrajlarni xalqaro investitsion nizolarni hal qilishning bir usuli sifatidagina keltirilganligi ta’kidlandi. Bunday talqin O‘zbekistonning o‘sha vaqtgacha bo‘lgan barcha xavotirlari o‘rinsizligini va bundan keyin ham ushbu modda qoidalari bo‘yicha xavotir olish o‘rinsiz ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi29. Ushbu ishdan kim qancha zarar ko‘rdi? Mazkur ishdan taraflar hech qanday foyda ko‘rmadi, aksincha, ko‘proq zarar ko‘rdi deb aytishimiz mumkin. Chunki sud o‘z qarorida ushbu ish uchun nizolashuvchi taraflar tomonidan sarflangan xarajatlarni o‘zlari qoplashlari lozimligini belgiladi. Bunga sabab qilib esa, korrupsiya faqatgina investor tomonidan amalga oshirilmaganligi va bu korrupsion munosabatlarda O‘zbekiston hukumatining aybi bo‘lganligi ta’kidlab o‘tdi. Bu xarajatlar Metal-Techda 1,7 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, javobgar taraf ushbu ish uchun 8 million dollar sarflagan edi30. Bundan tashqari, ICSID nizoni ko‘rib chiqishni o‘z ish yurituviga olmaganligi natijasida O‘zbekiston investor tomonidan unga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan bir qancha ayblovlardan qutilib qolgan bo‘lsa-da, uning obro‘yi xalqaro hamjamiyatda tushishi va investorlar oqimining kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan risk ostida qoldi. Metal-Tech investorlari esa korrupsiya jinoyatiga yo‘l qo‘yganlariga qaramasdan, ularning jinoyatlari jazosiz qolib ketdi. Biroq ular O‘zbekistondagi barcha mulklaridan ayrildilar. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ICSID xarajatlar taraflarning o‘zlari tomonidan qoplanishini belgilab, “bir tomonni boshqa bir tomonning kasriga jazolash emas, balki huquq ustuvorligini ta’minlash yaxshiroq” degan g‘oyaga asoslandi 1 Венская конвенция о праве международных договоров. Комментарий. М.:, 1997. - С.116. 2 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2006. - C. 86 3 Qarang: BMT shu masala bo’yicha hujjati. United Nations Legislative Series. Law and Practices conclusions of Treaties (ST/LEG/SER.B/3) 4Qarang: Unger I. Uber die Gultigkeit von States vertragen // Zeitschrift fur das privat und offenliches Recht der Gehenwart 5 Qarang: Gorovtsev A.M. Xalqaro huquq bilan bog’liq huquq haqida tahlimotning ayrim asosiy munozarali masalalari 6 Qarang: Durdenevskiy V.N. Sovet Ittifoqi konstitutsiyaviy huquqida xalqaro shartnomalar. B. 22 7 Qarang: PCIJ.1933. Ser.A/B. No.53 P.75 8 Black”s Law Dictionary. St. Paul. 1983. P. 518 9 Qarang: ICR.Reports. 1959 .P.209. 10 Qarang: ICJ. Reports. 1961 .P.30 11 Vattelg’ E. de. Xalqlar huquqi. M., 1980. B.350 12 Qarang: YILC.1979. Vol. II.Part Two. P. 241. 13 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. First session. 1968. P.255. 14 Qarang: Bluntschli J. Droit international codife. Paris, 1870.P. 357. 15 Qarang: Sandorski J. Op.cit. 1978.S.132 16 Талалаев А.Н. Право международных договоров. Договоры с участием международных организаций. M., 1989., - C. 162. 17 Qarang: YILC.1963. Vol. II. P. 52. 18 Qarang: YILC.1966. Vol. II. P. 247. 19 Qarang: Field D. Outlines of International Code. N.Y., 1872. Art.198. 20 Qarang: U.N. Conference on the Law of Treaties. Second session. P.94. 21 Xalqaro huquqning fundamental prinsplaridan biri hisoblanib, majburiyatning hech qanday cheklovlarsiz bajarilishi shartligi g`oyasi yotadi. 22 O‘zbekiston va Isroil o‘ratasidagi bitimning 8-moddasi 1-qismi Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon o‘rtasida ikkinchi Tomonning birinchi Tomon hududidagi investitsiyalariga nisbatan yuzaga kelgan har qanday huquqiy nizolarni imzolash uchun 1965-yil 18-martda Vashingtonda ochilgan Davlatlar va boshqa Davlatlar fuqarolari o‘rtasidagi investitsion nizolarni hal etish to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq maxsus Bitim yoki arbitraj yo‘li bilan hal etish uchun mazkur Bitim har bir Ahdlashuvchi Tomonga Investitsion nizolarni hal etuvchi Xalqaro Markaz (bundan buyon «Markaz» deb yuritiladi)ga murojaat qilish majburiyatini yuklaydi. 23 O‘zbekiston va Isroil o‘ratasidagi bitimning 1-moddasi 1-qismi «Investitsiya» atamasi barcha turdagi aktivlarni o‘z ichiga oladi va quyidagilarni ham qo‘shib hisoblagan holda hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonun va qoidalariga muvofiq tarzda qo‘llaniladi: 24 ICSID Convention Article 25 (1). The jurisdiction of the Centre shall extend to any legal dispute arising directly out of an investment, between a Contracting State (or any constituent subdivision or agency of a Contracting State designated to the Centre by that State) and a national of another Contracting State, which the parties to the dispute consent in writing to submit to the Centre. When the parties have given their consent, no party may withdraw its consent unilaterally. 25 O‘zbekiston va Isroil o‘ratasidagi bitimning 3-moddasi 1-qismi quyidagicha bayon etiladi: Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri o‘z hududida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun o‘z invyestorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun yoki istalgan uchinchi Davlat investorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun yaratilganidan ko‘ra ziyodroq imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. 26 “O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasi quyidagicha bayon etiladi. Chet el investitsiyalari bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq nizo (investitsiyaga oid nizo), taraflar kelishuviga ko‘ra, ular o‘rtasidagi maslahatlashuvlar orqali hal etilishi mumkin. Agar taraflar kelishilgan hal qiluvga erisha olmasalar, bunday nizo O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik sudi tomonidan yoxud hakamlik vositasida investitsiyaga oid nizolarni hal etishga doir O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro shartnomalarning (bitimlar va konvensiyalarning) qoidalari va tartibotiga muvofiq hal etilishi lozim. Investitsiyaga oid nizoga jalb etilgan taraflar o‘zaro kelishuvga ko‘ra bunday nizoni ko‘rib chiquvchi organni, shuningdek investitsiyaga oid nizo bo‘yicha hakamlik sudlovini amalga oshiruvchi mamlakatni aniqlashlari mumkin. Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolarni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi, shartnomada nizolarni hal qilishning xalqaro huquq normalariga muvofiq o‘zga tartibi nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir. 27 ICSID Convention Article 46. Except as the parties otherwise agree, the Tribunal shall, if requested by a party, determine any incidental or additional claims or counter-claims arising directly out of the subject-matter of the dispute provided that they are within the scope of the consent of the parties and are otherwise within the jurisdiction of the Centre. 28 Tamar Meshel. Metal-Tech Ltd. v. Republic of Uzbekistan – Is Really No One Getting Punished? http://arbitrationblog.kluwerarbitration.com/2014/01/03 .29 A.Umirdinov. Metal-Tech v Uzbekistan: No Jurisdiction Because of Corruption. http://www.cisarbitration.com/2013/12/16/. 30 A.Umirdinov. Metal-Tech v Uzbekistan: No Jurisdiction Because of Corruption. http://www.cisarbitration.com/2013/12/16/. Download 268.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling