Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish
Download 268.98 Kb.
|
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2. Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi a) Shartnoma larni tuzish vakolatlariga tegishli davlat ichki huquqi normalari va xalqaro tashkilot qoidalari.
- Garvard loyihasida
- V.N.Durdenevskiy 6
- Grenlandiyaning bosib olishi to’g’risidagi Norvegiyaning bayonoti
- Shuning uchun tashkilot ustavining maqsad va prinsiplariga zid bo’lgan shartnoma kelishuvi, uning haqiqiyligi uchun ahamiyatsiz deb ko’rilmaydi.
Mutloq haqiqiy emaslik shartnomaning boshidan hech qanday kuchga ega emasligini, uning noto’g’ri tuzilganligini bildiradi. Mutloq haqiqiy emaslikni keltirib chiqaruvchi holatlar:
davlat yoki xalqaro tashkilot vakilini majburlash; davlat yoki xalqaro tashkilotni kuch ishlatish xavfi yoki uni qo’llash bilan majburlash; shartnomaning umumiy xalqaro huquq imperativ normalariga zidligi. 9.2. Xalqaro shartnomalarning nisbiy haqiqiy emasligi a) Shartnoma larni tuzish vakolatlariga tegishli davlat ichki huquqi normalari va xalqaro tashkilot qoidalari. Gap o’ta jiddiy muammo haqida bormoqda. Bir tarafdan, davlatlar o’z mustaqilligi tufayli shartnomalarni tuzishda o’z organlarining vakolatlarini belgilash huquqiga ega. Ammo, boshqa tarafdan davlat huquqiy tizimi turlicha bo’lgan boshqa davlatlarning tizimini anglash ancha mushkul3. Ularga bunday majburiyatni yuklash shartnoma taqdirini ichki huquqiy tizim xususiyatlariga tobe qilib qo’yishni bildirishi mumkin. Ushbu holatni hisobga olib, konstitutsiyaviy cheklovlar qay tarzda bu huquqqa ega bo’lgan davlat vakilining xalqaro huquq bo’yicha shartnomaga berilgan kelishuvi haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aniqlash zarur. Aksariyat boobro’ olimlar shartnoma kelishuvi konstitutsiyaviy tartibning buzilishi uni davlat uchun majburiy emas qilib qo’yishini isbotlardi. Shu fikrni Sh.Russo, P. Shelli, bildirishgan. Shartnomalar to’g’risidagi 1928 yilgi Gavana konvensiyasiga ko’ra, shartnomalar davlatning vakolatli ma’murlari tomonidan “uning ichki huquqiga muvofiq” tuzilishi kerak. Xuddi shunga o’xshash pozitsiya Shartnoma huquqi haqidagi Garvard loyihasida ham bayon etilgan. (21 –modda). Bunday qoida shartnomalarning barqarorligini ta’minlay olmasligini e’tiborga olgan ayrim mualliflar davlatning ichki huquqiga muvofiq tuzilmagan shartnoma xalqaro maqomga ega bo’lishi mumkin, ammo u mamlakat ichida bajarilmaydi deb hisoblaydi (G.Ellinek, E.Zeligman,)4.5. Keltirilgan kontsepsiyaning mantiqsizligi aniq. Shartnoma nafaqat xalqaro sohada, balki davlat ichida ham majburiy bo’lishi mumkin. “Agar xalqaro shartnomani kontragent – davlatlar ichida bajarish mumkin bo’lmasa, xalqaro shartnomaning xalqaro – huquqiy kuchga ega ekanligi haqida gapirish behuda va quruq savsatadir”, deb yozgan V.N.Durdenevskiy6. Haqiqatdan, mamlakat ichida amalga oshmaydigan bunday nomukammal shartnomalar xalqaro huquqqa mos kelishi amrimahol, chunki hozirgi paytda shartnomalarning katta qismi mamlakat ichidagi voqealarga aloqador. Ikkinchi kontsepsiyaning mohiyati shundan iborat ediki, shartnoma qabul qilinishining konstitutsiyaviy tartibi davlatning ichki ishi hisoblanadi va u shartnomani amalga oshishini ta’minlaydi. Boshqa davlatlar bu tartibni amalga oshirishda aralashish huquqiga ega emas, shuning uchun davlatning qonuniy vakili tomonidan qabul qilingan shartnoma ichki huquqning u yoki bu chekinishlaridan qatiy nazar bajarilishi shart deb hisoblanadi. (O’ZING PISHIRGAN OSHNI O’ZING YEYSAN) Shu bilan birga shartnomalarni tuzishga oid bo’lgan ichki huquqni butunlay e’tiborga olmaslik ham noto’g’ri bo’lar edi. Bu davlat irodasini aks etmagan shartnomalarni tuzishga keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ayni xalqaro huquq ichki huquqning buzilishi qaysi holatlarda shartnomaning kuchga ega ekanligiga e’tiroz bildirish uchun asos bo’lishini belgilab beradi. Xalqaro sud amaliyoti aytilganlar bo’yicha bir qator dalillarga ega. 1933 yil Xalqaro sudning Doimiy palatasi tomonidan Sharqiy Grenlandiya haqidagi ish ko’rilayotganda, Norvegiya o’z tashqi ishlar vazirining bayonoti bajarilish kuchiga ega emas deb tasdiqladi, chunki Konstitutsiyaga muvofiq muhim masalalar bo’yicha vakolatlar davlat Kengashiga kiritilgan bo’lishi va u tomondan tasdiqlangan qirol aktiga asoslangan bo’lishi kerak. Palata o’z qarorida Norvegiya konstitutsiyaviy huquqining, kelishuvning haqiqiy kuchga ega ekanligiga ta’sirini e’tiborga olmay, uni ish uchun ahamiyatsiz deb hisobladi. Palata xalqaro huquqda tashqi ishlar vaziri davlat irodasini ifodalash uchun majburiyatlarni qabul qilishda vakolatli deb belgiladi. Bu holatda huquqqa zid bo’lgan holat sifatida Grenlandiyaning bosib olishi to’g’risidagi Norvegiyaning bayonoti va unga tashqi ishlar vaziri ham rozilik bildirishi asosli deb tan olinmayd(jiddiy holat)7. Davlatlar amaliyotida shartnoma bilan kelishuvning nokonstitutsiyaviyligi dalil qilib keltirilgan bir necha holatlarni ko’rish mumkin. Biroq bunday dalillar boshqa davlatlar tomonidan juda kam hollarda tan olingan. Tashkilotlarning davlatlar bilan tenglashtirilishi ayrim qiyinchiliklarni tug’diradi. Ko’rib chiqilayotgan modda butunlay davlat huquqiga emas, balki faqat shartnomalarni tuzish vakolatlariga doir qoidalarga tegishlidir. Huquqning boshqa prinsip va normalariga qarshilik e’tiborga olinmaydi, chunki ular xalqaro-huquqiy ahamiyatga ega emas. Gap tashkilot haqida borganda, uning ustavi tashkilot va uning a’zolariga vazifa yuklovchi xalqaro-huquqiy akt hisoblanadi. Shuning uchun tashkilot ustavining maqsad va prinsiplariga zid bo’lgan shartnoma kelishuvi, uning haqiqiyligi uchun ahamiyatsiz deb ko’rilmaydi. Download 268.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling