47-modda
Davlatning shartnoma shartlariga rozilik bildirishiga bo`lgan vakolatga nisbatan ayrim cheklovlar
Agar davlat nomidan uning shartnoma shartlariga roziligini bildirish vakolatiga ega bo`lgan vakilning vakolatlarida ma’lum cheklovlar mavjud bo`lsa, uning ushbu cheklovlardan chetga chiqqanligi shartnomaning bekor qilinishi uchun asos bo`lmaydi, ushbu cheklov haqida shartnoma tuzilishidan oldin boshqa muzokara olib borayotgan davlatning ogohlantirilganligi bundan mustasno.
v) Xato.
Davlatlarning ichki huquqida xato “shaxsning huquq yoki fakt haqidagi noto’g’ri tasavvuri natijasida yoxud noto’g’ri tasavvursiz bo’lmaydigan biron bir harakatni sodir etishi yoki sodir etishga yo’l qo’yishi” holati tushuniladi8.
Ichki qonunchilikda keltirilgan xatoning ta’rifidan farqli o’laroq, xalqaro huquqda xato huquqqa emas, balki faqat faktga tegishli bo’lishi mumkin.
Bu masala bo’yicha sud amaliyoti ko’p emas. U asosan chegara to’g’risidagi shartnomalarga tegishli. Sud odatda bunday holatlarda xatolik ahamiyatli bo’lishi va uning mavjudligi isbotlanishidan kelib chiqadi. 1959 yil Xaqaro Sud tomonidan ayrim chegara hududlarining mustaqilligi to’g’risida ko’rilgan ish bo’yicha qaror qabul qilindi. Niderlandiya Belgiya tayangan 1843 yilgi bayonnomalar jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yganini e’tirof etdi. Niderlandlar xatoliklarni isbot qilib bermaganligi sababli, sud bayonnomalarni haqiqiy deb tan oldi9.
(Tepada ko’rilgan masala: Xatolikni isbot qilib berilishi yoki uni ahamiyati.
Pasda ko’rilayotgan masala: Agar da’vo qilayotgan davlat yoki tashkilot o’zi o’sha xatolikka sababchi bo’lgan bo’lsa, u haqiqiy karochi)
Xatolik to’g’risidagi umumiy qoidalardan istisno holat tarzida, unga yo’l qo’ygan tomon aybdor bo’lgan holat hisoblanadi. Vixear qoshidagi ibodatxona haqidagi Xalqaro Sud qarorida shunday yozilgan: “Agar xatolikni ko’rsatuvchi tomon, o’z harakati bilan uning mavjudligi yoki uni bartaraf etishga hissa qo’shgan bo’lsa, yoki holatlar shunday bo’lib, tomon ijobiy xatolikni o’rnatgan bo’lsa, bunday holda xatolikka yo’l qo’yilmaydi deb belgilab qo’yilgan huquq normasi hisoblanadi”10.
“Faqat shartnomaning matniga tegishli xato uning haqiqiyligiga ta’sir ko’rsatmaydi, bu holatda 80-modda qo’llaniladi” (80-modda shartnomalar matnida xatolarni tuzatishga bag’ishlangan).
Matnni ifoda qilishdagi xatolar tomonlar kelishuviga ko’ra tuzatiladi. Agar shartnoma imzolangan bo’lsa, u holda Vena konvensiyalari maxsus tartibni nazarda tutadi. (1969 yilgi Vena konvensiyasi 79-moddasi va 1986 yilgi Vena konvensiyasi 80-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |