1. Xalqaro huquqda hudud tushunchasi va turlari
Download 12.02 Kb.
|
5-mavzu xalqaro huquq(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Davlat hududining huquqiy maqomi
- 3. Davlat chegarasi tushunchasi va turlari
- 4. Hududiy nizo
- 5. Qurolsizlantirilgan va betaraf (neytral) hududlar
- 6. Antarktikanipg xalqaro-huquqiy maqomi
1. Xalqaro huquqda hudud tushunchasi va turlari Xalqaro va milliy huqukda "hudud" iborasi erdagi boshqa may-donlardan ma’lum yuza (chegara) bilan chegaralangan, Yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tartibga ega bo`lgan erdagi va, shu-ningdek, erdan tashqaridagi kosmik maydonni belgilash uchun qo`lla-niladi. Xalqaro huquqda barcha hududlar o`z huquqiy maqomining asosiy turlariga qarab uch guruhga: birinchidan, davlat hududlari; ikkinchidan, xalqaro rejimga ega bo`lgan hududlar; uchinchidan, aralash rejimdagi hududlarga bo`linadi.
Davlat hududi - er maydoni bo`lib, uning doirasida davlatga xos bo`lgan hududiy ustuvorlik amalda bo`ladi. Mazkur maydon doirasida davlat oliy hokimiyatni amalga oshiradi va uni tasarruf qiladi, ma’muriy asosda (boshqarish maqsadlari kelib chiqib) uni tashkil etadi va uning (butun hududda yoki uning qismida) huquqiy tartibni o`rnatadi. 3. Davlat chegarasi tushunchasi va turlari Davlat chegaralarining asosiy vazifasi davlat hududi doirasi-ni belgilashdan iborat. Davlat chegarasi - muayyan chiziq va mazkur chiziq orqali o`tgan vertikal tekislikdir.Davlat hududi quruqlik, suv va havo chegaralari kabi turlardan iborat. Hozirgi zamon xalqaro huquqiga muvofiq chegaralarni ikki asosga ko`ra:birinchidan, xalqdar va millatlar tomonidan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini amalga oshirishlari natijasida (bu holatda davlatlarning bo`linishi yoki qo`shilishi yuz beradi va, tabiiyki, uning oqibatida yangi davlat chegaralarini o`rnatish yoki bekor qilishga zaruriyat tug‘iladi);ikkinchidan, chegaradosh davlatlar o`rtasida uncha katga bo`lmagan hududlarni almashishlari natijasida o`zgartirish mumkin. 4. Hududiy nizo Hududiy nizo davlat hududining u yoki bu qismini Yuridik taalluqliligini belgilovchi xalqaro huquq (shartnoma yoki odat) normalarining mavjudligi yoki harakatiga nisbatan tomonlarning turli (bir-biridan farq qiluvchi) nuqtai-nazarlarining mavjud-ligidan kelib chiqadi. Bu holatda shu narsani ta’kidlash lozimki, hududiy nizoni tan olish hali Yuridik taalluqliligi tugal belgi-lanmagan ma’lum hududnig mavjud ekanligini tan olish bilan ba-robardir. 5. Qurolsizlantirilgan va betaraf (neytral) hududlar Qurolsizlantirilgan hudud - davlat hududining shunday hududiki, mazkur davlat ushbu hududda mudofaa inshootlari va istehkomlarni qurish, qurollarning ma’lum turlarini joylashtirish hamda qurolli kuchlarni qisqartirish yoki ega bo`lmaslik (xalqaro) majburiyatini oladi. Bunday hududlar xalqaro bitimlar (shartnomalar) asosida manfaatdor davlatlar tomonidan o`zaro xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida yaratiladi. 6. Antarktikanipg xalqaro-huquqiy maqomi Antarktikaning qalin muz bilan qoplangan ushbu qitaning unga tutashib turuvchi suv va orollarning alohida xalqaro-huquqiy maqomi XX asr boshida bir qator davlatlar tomonidan u yoki bu asoslarda ushbu hududning alohida rayonlariga nisbatan o`z suverenitetini e’lon qilishlari va buning natijasida davlatlar o`rtasida nizolar va qurolli to`qnashuvlar kelib chiqishi bilan bog‘liq. Download 12.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling