Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish


-modda Ichki qonunchilik qoidalarining shartnomalar tuzish vakolatiga ta’siri


Download 268.98 Kb.
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi268.98 Kb.
#1459518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy

46-modda
Ichki qonunchilik qoidalarining shartnomalar tuzish vakolatiga ta’siri
1. Hech bir davlat o`zining ichki qonunchiligiga to`g`ri kelmasligini ro`kach qilib, buni shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi bo`yicha asos qilib keltira olmaydi, ichki qonunchilikdagi ushbu nomuvofiqlik yuqori darajada hamda fundamental ahamiyatga ega bo`lgan qoida buzilgan hollar bundan mustasno.
2. Agar o`zining doimiy amaliyotidan kelib chiqib hamda vijdonan harakat qilayotgan davlatga ushbu nomuvofiqlik obyektiv ravishda ayon bo`lsa, nomuvofiqlik yuqori darajada deb e’tirof etiladi.

Shu bilan birga keltirilgan modda faqat umumiy normani belgilab bergan. Aniq masalalarni hal etishda xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan ta’riflangan qator qoidalarga tayanish lozim. Jumladan, agar ichki huquq buzilishiga kiritilgan shartnoma kuchga kirib, tomonlar uni amalga oshirishni boshlagan bo’lsa, uni faqat boshqa tomon roziligi bilan tugatish mumkin. Shartnoma tugatilishini talab qiluvchi davlat boshqa tomonlar oldida javobgarlikka tortilishi lozim.




b) davlat va xalqaro tashkilot roziligini ifodalovchi huquqiy vakolatlarning maxsus cheklovlari doirasidan chetga chiqilishi.


Qadimdan xalqaro huquqda shunday qoida mavjud, unga ko’ra muzokaralarni olib boruvchi vakilga berilgan yo’riqnoma, delegatsiyaning ichki hujjati hisoblanadi. X.Uoldok agar vakilning vakolatlari muayyan qoidalar bilan cheklangan bo’lsa, uning bu cheklovlarga amal qilmasligi kelishuvning haqqiqiyligiga ta’sir qilmaydi degan modda loyihasini taklif etdi. Agar bu cheklovlar boshqa kelishuvchi davlatlarga yetkazilsa, unda bu holat istisno tariqasida ko’riladi.
Xalqaro bitimlar (kelishuvlar) ning xavfsizligini ta’minlash uchun xalqaro huquq Komissiyasi davlatning o’z vakiliga bergan maxsus yo’riqnomasi boshqa davlatlar bilan shartnoma tuzishdan oldin ularga yetkazilgan holda ular uchun ahamiyat kasb etishi mumkin degan qoida bo’lishi lozim deb xisobladi.

Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling