Ix. Xalqaro shartnomalarni haqiqiy emas deb topish
Download 268.98 Kb.
|
Shartnomaning haqiqiy emas deb topilishi uni haqiqiyligi bilan uzviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSH delegati
- Sovet Ittifoqi (SSSR
49-modda
Firibgarlik Agar davlat boshqa muzokara olib boruvchi davlatning firibgarlik harakatlari ta’siri ostida shartnoma tuzgan bo`lsa, ushbu shartnomaning haqiqiy emasligi bo`yicha da’vo qilishi mumkin. d) Davlat yoki xalqaro tashkilot vakiliga pora berib o’z tomoniga og’dirish. Pora berib o’z tomoniga og’dirish davlatlarning jinoiy qonunchiligiga ma’lum. Bu jinoyat davlatlararo munosabatlarga ham tegishli. Shunday bo’lsada rasmiy xalqaro amaliyotda bu turdagi ko’rib chiqilgan ishlar uncha ko’p emas. Sababi zamonaviy davlatlar o’zining xalqaro nufuzini o’ylab, bu kabi masalalarni ko’tarmaydi. Bunday faktlarning chop etilishi bundan tashqari mamlakat ichida hukumatga oppozitsiyani (muholifatni) kuchaytirishga yordam berishi mumkin. Bunda Xalqaro huquq komissiyasi pora berib o’z tomoniga og’dirish bu - shartnoma tuzishda davlat vakilini pozitsiyasiga katta ta’sir ko’rsatuvchi harakatlar tushunilishini ta’kidladi. Vakilga uncha katta bo’lmagan sovg’alar berish modda ta’siriga tushmaydi. Bunda pora berish yo’li bilan o’z tomoniga og’dirish harakatlari bevosita yoki bilvosita muzokara olib boruvchi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Pora berib o’z tomoniga og’dirish oqibatlari xuddi yolg’on oqibatlariga o’xshash. 1968 – 1969 yillardagi Vena konferensiyalarida yolg’on va pora berish to’g’risidagi moddalar batafsil muhokama qilingan. Chili, Yaponiya va Meksika (choyim) delegatsiyalari pora berib o’z tomoniga og’dirish to’g’risidagi moddani olib tashlashni taklif qilishdi13. Chili vakili yolg’onga tegishli pretsedentlar yo’qligiga ishora qildi. Xattoki shunday holatlarda ham, agar davlat aldangan bo’lsa, u o’zining mansabdor shaxslarini vakolatsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi. Meksika delegatsiyasi fikricha, pora berish qonuniy harakat ekanligini hech kim tasdiqlab o’tirmaydi. Ammo bu harakat yolg’on haqidagi modda bilan qamrab olingan. AQSH delegati yolg’on to’g’risidagi moddaga qarshi chiqdi, unga ko’ra boshqa davlat uni yanglishtirishi asosida davlatga o’z roziligini haqiqiy emas deb e’tirof etishga ruxsat shartnomaviy munosabatlarning barqarorligiga putur yetkazadi. Buyuk Britaniya fikri ham shunga o’xshash edi. Yaponiyaning fikricha, davlat pora olishga moyilligi bo’lgan vakilni tanlasa, uning o’zi o’z tanlovidan qiynaladi. Sovet Ittifoqi (SSSR) mazkur moddalarni olib tashlashga qarshi chiqdi. Davlatlar qadim zamonlardan tengsiz shartnomalarni tuzishda yolg’on va pora berishga murojaat qilishgan. Hammaga ma’lumki, masalan, 1903 yilgi Panama kanali to’g’risidagi shartnomani tuzishda Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Panama hukumati ataylab adashtirilgan. Download 268.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling