Sindao shahri, xxr, 2018 yil 10 iyun Muhtaram janob Si Szinpin! Hurmatli davlat rahbarlari! Majlis ishtirokchilari!
Download 39 Kb.
|
1-BLOK GUMANITAR(4-JAVOB)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sammit
- Shanxay sakkizligi” rahbarlarining birinchi uchrashuvi
- Yevroosiyo qit’asi
- Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!
- Birinchidan va eng asosiysi – aholi
- SHHT Yoshlar kengashi
- Har yili
- Muhtaram do‘stlar! SHHT Bosh kotibi
- Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Sharipovich Jeenbekovni SHHT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi(Sindao shahri, XXR, 2018 yil 10 iyun) Muhtaram janob Si Szinpin! Hurmatli davlat rahbarlari! Majlis ishtirokchilari! O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi nomidan Sammitning barcha ishtirokchilarini qutlayman, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi janob Si Szinpinga samimiy qabul va uchrashuvimiz yuksak darajada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bizning xitoylik sheriklarimiz Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik davrida juda samarali va muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirdi. Bugun qabul qilinadigan SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi mazkur ishlarning muhim natijalaridan biridir. Go‘zal Sindao shahridagi Sammitimiz “Shanxay sakkizligi” rahbarlarining birinchi uchrashuvi sifatida tarixda qoladi. Bu chuqur ramziy ma’noga ega bo‘lib, aynan “8” raqami xitoy xalqida omad va taraqqiyotni ifodalaydi. Tashkilotimiz aholisi birdaniga bir yarim milliardga ko‘paydi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati sezilarli darajada kengaydi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Hindiston va Pokistondek davlatlarning SHHT faoliyatida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratadi. Ayni paytda Tashkilotimizning mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish, Yevroosiyo qit’asi xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashning muhim mexanizmi sifatidagi roli kuchayib bormoqda. SHHT yanada muvaffaqiyatli rivojlanib boraverishiga qat’iy ishonamiz. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Markaziy Osiyo barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlash Tashkilotimizning asosiy maqsadlariga erishish, uning oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omillardan biridir. Shu munosabat bilan mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllanganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman. Biz qisqa vaqt ichida mintaqadagi o‘tkir muammolar, jumladan, chegara, savdo, transport va suvdan foydalanish masalalarini amaliy hal qilish yo‘lida ancha katta marralarni bosib o‘tishga erishdik. Shu bilan birga, Afg‘onistonda tinchlikka erishish, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qolmoqda. Barcha tomonlarning oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan tinchlik muzokaralarini tez fursatda boshlashni bir ovozdan ma’qullagani Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan yaqinda Toshkentda o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning asosiy natijasi bo‘ldi. Ishonchim komil, “SHHT – Afg‘oniston” muloqot guruhi doirasida biz Afg‘onistonning tinch taraqqiyotini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘sha olamiz. Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari! Biz SHHT doirasida ko‘plab natijalarga erishdik. Shu bilan birga, Tashkilot doirasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Shu munosabat bilan barchamiz quyidagi masalalarga e’tibor qaratishimiz lozim. Birinchidan va eng asosiysi – aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish. SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman. Ishonamizki, ushbu Dasturni amalga oshirishda SHHT Yoshlar kengashi haqiqiy “lokomotiv” vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston ushbu tuzilma faoliyatida faol ishtirok etadi. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘lidagi hamkorligimizni yanada kuchaytirishni taklif etaman. Ikkinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiyani kuchaytirish. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonning SHHTga a’zo davlatlar, uning kuzatuvchilari va sheriklari bilan savdo hajmi o‘ttiz foizdan ziyod oshdi. Bizning fikrimizcha, tovar ayirboshlash hajmi yanada oshishini ta’minlash uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish zarur. Biz, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish tarafdorimiz. Uchinchidan, SHHT makonining transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish – strategik vazifamizdir. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mintaqalararo transport loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. Bizga jahonning eng yirik bozorlariga eltadigan yangi va eng qisqa yo‘nalishlar kerak. O‘zbekiston Mozori Sharif – Hirot, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l liniyalarini qurish tarafdori. Aynan shu maqsadda O‘zbekistonda SHHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l bo‘yicha idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, SHHTning Xalqaro transport-logistika assotsiatsiyasini ta’sis etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etamiz. To‘rtinchidan, Innovatsiya dasturlari va loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni birlashtirishga da’vat etamiz. Bizning sherikligimiz yuqori texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, muqobil energetika va zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishi va keng joriy etishga qaratilishi lozim. Har yili SHHT mamlakatlari hukumatlari va ishbilarmon doiralari ishtirokida Axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish forumini o‘tkazishni taklif etamiz Beshinchidan, Jahon sayyohlik tashkiloti bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsadga muvofiq va g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. O‘zbekiston birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan tamaddunlar chorrahasi – Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm universiteti tashkil etishni taklif qiladi. Mazkur o‘quv muassasasida turizm sohasining eng yaxshi mutaxassislari dars berishi, barcha a’zo mamlakatlardan talabalar tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Muhtaram do‘stlar! SHHT Bosh kotibi lavozimiga Vladimir Imomovich Norov nomzodini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun Sizlarga samimiy minnatdorlik bildiraman. So‘zim yakunida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi janob Si Szinpinga Sindaodagi tarixiy Sammitning muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga shaxsan katta hissa qo‘shgani uchun yana bir bor chin qalbimdan minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Sharipovich Jeenbekovni SHHTga raislikni qabul qilgani bilan tabriklayman hamda ushbu sharafli va mas’uliyatli missiyani bajarishda unga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. E’tiboringiz uchun rahmat. Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling